O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)


* Turkiston – turkiy aholi o‘rnashgan o‘lka



Download 20,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/264
Sana29.01.2022
Hajmi20,45 Mb.
#416696
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   264
Bog'liq
ozbekiston tarixi 7-sinf

* Turkiston – turkiy aholi o‘rnashgan o‘lka


85
O‘zbek xalqining
tashkil topishi
Shuningdek, o‘zbeklar etnogeneziga Turk xoqonligi dav-
rida O‘rta Osiyoning markaziy mintaqalari va Xorazmga kelib 
o‘troqlashgan turkiy qabilalar faol ta’sir ko‘rsatadi. Turkiy elat-
lar va mahalliy o‘troq aholi o‘rtasidagi etnik-madaniy munosa-
batlarning rivoji natijasida turkiy qatlam madaniy yutuqlarining
mahalliy madaniy-xo‘jalik an’analar bilan jadal uyg‘unlashuvi 
yuz berdi. VII asrdan boshlab o‘lkamiz «Turkiston» nomi bilan 
atala boshlagan. 
VIII asrdan arab va ajam xalqlarining 
O‘rta Osiyoga kirib kelishi mintaqadagi 
etnik jarayonlarga katta ta’sir etmagan 
bo‘lsa-da, bu davrda Movarounnahrdagi o‘troq va yarim o‘troq 
turkiyzabon aholi, sug‘diylar va Xorazmning tub yerli aholisi
o‘z hududlarida qolib, arablar hukmronligi ostida yagona is- 
lomiy e’tiqod birligi uyg‘unlashdi.
IX asrda Movarounnahr mintaqasida yaxlit turkiy etnik
qatlam, jonli turkiy til muhiti vujudga kela boshladi va o‘z
navbatida sug‘diylar va boshqa mahalliy etnoslarda ham tur- 
kiylashish jarayoni jadallashgan. Bu davrda Movarounnahr va
Xorazmda turkiy etnik qatlam kuchli etnik asosga ega bo‘lib,
bu qatlam asosining aksariyat ko‘pchiligini o‘troqlashgan turkiy 
etnoslar tashkil qilgan.
Qoraxoniylar davrida Movarounnahr va Xorazmda siyosiy
hokimiyat turkiy sulolalarga o‘tishi munosabati bilan sodir 
bo‘lgan etnik jarayon o‘zbek xalqining shakllanishida yakuniy 
bosqich bo‘ldi. Aynan mazkur davrda o‘zbek xalqiga xos etnik 
omillar shakllangan. Bu davrda o‘zbeklarning umum elat tili qa-
ror topdi.
Shunday qilib, asrlar osha yurtimizda sodir bo‘lgan o‘ta
murakkab siyosiy vaziyatda, muttasil davom etgan etnik jarayon- 
lar natijasida IX–XII asrlarda o‘zbek xalqi shakllandi. Uning
asosiy, o‘q ildizini o‘lkamizda muqim yashab kelgan o‘troq
ziroatkor va mirishkor chorvador tub yerli aholi tashkil etdi.
Bunday ikki turli turmush tarzidagi aholi qadimdan ikki tilda: 
sug‘d
va
turk
tillarida so‘zlashgan. Mazkur o‘ziga xos ikki tur-
kum tillar asosida «sug‘d yozuvi» va «turkiy run bitik»lari imlo-
si yuzaga kelgan. Shubhasiz, asrlar davomida kengayib borgan 
o‘zaro iqtisodiy va madaniy aloqalar natijasida o‘zbek va qator 


86
qardosh elatlarning ota-bobolarini uyg‘unlashib, birikishiga olib 
kelgan. Hali yozuv yuzaga kelmasdan avval boshlangan bunday 
ulkan etnogenetik jarayonning izlari yurtimizning joy nomlarini 
ma’nosida o‘z ifodasini topgan.

Download 20,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish