Sulton Muham-
mad
o‘z hukmronligining so‘ngida
«Davlat kengashi»
ni ta’sis
etadi. Kengashga 6 nafar bilimdon vakillar jalb etiladi. Unda
eng dolzarb masalalar muhokama etilib, qaror qabul qilinsa-da,
ammo u amalda ijobiy natija bermaydi. Ana shunday vaziyatda
u jangari mo‘g‘ul qabilalarining Chingizxon boshliq bosqiniga
duchor bo‘ldi.
1.
Mo‘g‘ullar davlati qanday vujudga keldi?
2.
Chingizxon qaysi qo‘shni davlatlarni bosib oldi?
3.
Chingizxon va Xorazmshohning elchilik aloqalaridan tub
maqsadlari nima edi?
4.
Chingizxon va Xorazmshoh aloqalari nima uchun keskin-
lashdi?
5.
Qanday sabablar Xorazmshohlar davlatini siyosiy inqirozga
olib keldi?
Do'stlaringiz bilan baham: |