Talabalar bilimini baholash Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.
ON va YN turlarini o‗tkazish, shuningdek talabalarning bilimini baholash tegishli kafedra
mudiri tomonidan tashkil etiladigan komissiya tomonidan amalga oshiriladi; komissiya tarkibi
tegishli fan professor-o‗qituvchilari va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi;
Institutda yakuniy nazorat turlarini o‗tkazilishi uchun maxsus Ishchi guruh shakllantiriladi.
Ma‘ruza, amaliy mashg‗ulotlarini qoldirgan yoki JNda qonikarsiz baho olgan va ularni
qayta topshirmagan talaba oraliq nazoratga kiritilmaydi.
Talabalar tegishli fan bo‗yicha YaN turi o‗tkaziladigan muddatga qadar ON turini topshirgan
bo‗lishlari shart.
ON turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‗yicha «2» (qoniqarsiz) baho
bilan baholangan talaba YaN turiga kiritilmaydi. YaN turiga kirmagan yoki kiritilmagan,
shuningdek ushbu nazorat turi bo‗yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba
akademik qarzdor hisoblanadi. Talaba uzrli sabablarga ko‗ra ON va (yoki) YaN turiga
kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet
dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.