14 Mart 2020
16415
IIV Akademiyasiga nomzodlarni tanlash va o'qishga qabul qilish tartibi bo'yicha davra
suhbati o'tkazildi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Buxoro akademik litseyida bo'lib o'tgan uchrashuvda IIV Akademiyasi
Kriminologiya kafedrasi katta o'qituvchisi podpolkovnik B.A.Umirzakov, litsey o'qituvchi-xodimlari, profilatika inspektorlarining
jamoat tartibini saqlash bo'yicha yordamchilari hamda 143 nafar 3-bosqich o'quvchilari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda so'zga chiqqan podpolkovnik B.A.Umirzakov IIV Akademiyasi kunduzgi ta'lim shakliga qabul qilish tartiblari
haqida gapirib o'tdi. Jumladan, Davlatimiz rahbarining 2017 yil 16 avgustdagi «Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash,
qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-3216 qaroriga
asosan 2020/2021 o'quv yilidan boshlab Akademiya kunduzgi ta'lim shakliga qabul faqat idoraviy akademik litseylar, harbiy
akademik litseylar bitiruvchilari, ichki ishlar organlari xodimlari, shuningdek profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini
saqlash bo'yicha yordamchilari tarkibidan amalga oshirilishini ma'lum qildi.
Shuningdek, nomzodlarni tanlash va o'qishga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 1 dekabrdagi 958-son qarori 1-
ilovasi bilan tasdiqlangan «O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining kunduzgi ta'lim shakliga nomzodlarni tanlash va
o'qishga qabul qilish tartibi to'g'risida Nizom»ga asosan amalga oshirilishi, Nizomga muvofiq, Akademiyaga o'qishga kirishni
xohlagan fuqarolar o'zlarining yashash joyidagi ichki ishlar organiga ariza bilan, ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy
xizmatchilari xizmat o'tash joyi bo'yicha rahbar nomiga bildirgi bilan murojaat qilishlari tartibini tushuntirdi.
Akademiyaga o'qishga kirish uchun nomzodlarning arizalari (xodimlarning bildirgilari) qabul yilidan oldingi yilning 15
noyabridan qabul yilining 15 fevraliga qadar qabul qilinishi, qabul quyidagi bosqichlarda tashkil etilishi haqida ma'lumot berdi:
dastlabki tanlov; maxsus kasbiy tanlov; yakka tartibdagi yakuniy suhbat.
Dastlabki tanlov quyidagi tadbirlarni o'z ichiga oladi:
xujjatlarni to'plash va o'rganish; tibbiy ko'rikdan o'tkazish.
Maxsus kasbiy tanlov quyidagi tadbirlarni o'z ichiga oladi:
hujjatlarni o'rganish; tibbiy ko'rikdan o'tkazish; psixofiziologik o'rganish;
yozma ish (bayon yoki insho); umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
chet tillarini o'zlashtirganlik darajasini baholash.
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat huquqshunoslik, O'zbekiston va jahon tarixi, adabiyot, ma'naviyat asoslari va milliy istiqlol
g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar fanlari bo'yicha o'tkazilishi belgilanganligini ta'kidladi.
Tadbir yakunida IIV Akademiyasi hayoti xaqida tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi. Ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan
savollarga javob olishdi.
Kunning 2-yarmida hozirda amaliyot o'tayotgan IIV Akademiyasi bitiruvchi bosqich (3-bosqich) kursantlari bilan uchrashuv
o'tkazilib, oldinda ularni kutayotgan davlat imtihonlari, diplom ishi, amaliyotning borishi haqida suhbatlashildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati
Bo'lishish:
Chop etish
Asosiy
Yangiliklar
Kadrlar siyosati
Barcha toifalar
Bilasizmi?
Huquqbuzarliklar profilaktikasi
Huquqiy savodhonlikni oshirish
Huquqni muhofaza qilish organlarining faoliyati
Ijtimoiy himoya
Interpol xabarlari
Iqtisodiy jinoyatchilik va korruptsiyaga qarshi kurash
Jamoatchilik bilan aloqalar
Jamoatchilik fikri
Jinoyat va hodisalar
Jinoyat va jazo
Kadrlar siyosati
Kriminalistika
Migratsiya masalasi
Narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash
O'zbekiston yangiliklari
Qahramonlik solnomasi
Sport tadbirlari
Tanlov va tenderlar
Ta’lim va malaka oshirish
Tergov departamenti xabarlari
Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash
Tibbiyot yangiliklari
Transportda xavfsizlik
Vazirlik yangiliklari
Xalqaro hamkorlik
Xavfsiz turizm
Xorijiy hamkorlarning yangiliklari
Xotin-qizlar bilan ishlash
Yoshlar siyosati
Yo’l-transport hodisalari
Do'stlaringiz bilan baham: |