Jamoa an'analari-
jamoa a'zolari tomonidan birdek qo'llab-quvvatlanuvchi barqarorlashgan odat.
Jamoaning norasraiy tuzilmasi
— jamoa a'zolari o'rtasidagi shaxslararo ma'naviy-psixologik
munosabatlarning umumiy tizimi, shuningdek, jamoada mikroguruhni tashkil qiluvchi ayrim shaxslar o'rtasidagi
tanlash munosabatlarining mazmuni.
Jamoaning rasmiy tuzilishi-
turli ко'rinishdagi jamoa faoliyatini yo'lga qo'yishning tashkiliy jihatlari.
Jinsiy tarbiya-
o'zida shaxsni jinsiy jihatdan chiniqtirish, ularni tozalik va ozodalikka o'rgatish, o'z sog'ligi
uchun g'amxo'rlik qilish va mas'uliyatli bo'lishni ta'minlashga qaratilgan pedagogik faoliyat mazmuni.
Do'stlaringiz bilan baham: |