10
3 rasm.
Sirkulyar kariyesda tish toj qismining
sinishi.
Sut tishlarining sirkulyar kariyesi nurlanish oqibatida sodir bo`ladigan kariyes
jarayoniga juda o`xshab ketadi. Radiatsiya nurlari ta’sirida yuzaga kelgan kariyes
jarayoni ham tishlarning bo`yin qismida rivojlanib, jadal kechishi oqibatida tish toj
qismining sinib tushishiga va tishsizlikka olib keladi. Bunday holatlar to`qimalardagi,
a’zolardagi yomon sifatli o`smalarni nur yordamida davolashdan so`ng kuzatiladi.
Sut tishlarida sirkulyar kariyes rivojlanishi quyidagi omillarga bog`liq bo`ladi: sut
tishlarining toj qismi homila davrida rivojlanishini inobatga olsak, ularning
strukturasining shakllanishi homiladorlikning kechishiga bog`liq; sut tishlarining bo`yin
qismi bola tug`ilishi bilan rivojlana boshlanishini nazarda tutsak, bunda tug`ilgan
chaqaloq hayotning yangi sharoitiga tushib qoladi. Interplatsentar oziqlanish tabiiy
ovqatlanish bilan almashinadi, u sun’iy yoki ona suti bilan oziqlanish bo`lishi mumkin.
Ovqatlanish sharoiti, yashash sharoiti, har xil kasalliklar, o`tkir respirator kasalliklar tish
emali va dentini rivojlanishini buzishi mumkin. Shu paytda tish bo`yin qismi qattiq
to`qimalari juda nozik, minerallashuv jarayoni poyoniga yetmagan bo`lib yuqorida
ko`rsatilgan omillar uni tugallanmay qolishiga sabab bo`ladi. Bunday holat sut tishlari
bo`yin qismining kariyesga nisbatan moyilligining oshishiga sabab bo`ladi.
Sirkulyar kariyes asosan muddatidan oldin tug`ilgan gipotrofik, raxitga chalingan,
sil kasalligi mavjud bo`lgan, sun’iy ovqatlantirilgan bolalarda uchraydi. Bunday
holatlarda mineral tuzlar (Sa) minerallashgan suyaklar tarkibidan yuvilib chiqadi.
Sirkulyar kariyes uchun jarayonning jadal ravishda tish pulpasiga tomon tarqalishi,
yo`nalishi xarakterlidir. Shuni aytish joizki sirkulyar kariyes oqibatida sodir qilingan
o`tkir pulpitlarda bolalar shikoyati bo`lmaydi va ular shifokorga murojaat qilishmaydi.
Bunga quyidagilar sabab bo`lishi mumkin: 1) Organizmning qarshiligi susaygan
bolalarda pulpa nekrozi biror-bir belgi bilan ma’lum bo`lmaydi, jarayon sekin-asta
surunkali tus oladi va surunkali periodontitga aylanadi. 2) Sirkulyar kariyes jarayonida
tish ildizi pulpasi o`zining toj qismidan ikkilamchi dentin hosil bo`lishi oqibatida
ajraladi. Tishning toj qismi sinib tushganda yaroqli bo`lgan ildiz pulpasi tashqi
muhitdan ikkilamchi dentin hisobiga ajraladi. U o`z navbatida sog`lom periodontni
saqlab qoladi va bunday tish ildizi bir muncha vaqt o`z vazifasini bajarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: