Sut tishlar qatorida ko`plab uchraydigan kariyes.
Kariyesning bu turi bolalar yoshigagina xos bo`lib, unda 8,10 va ba’zan butun 20 ta
sut tishlari kariyes jarayoniga berilishi mumkin. Bunday hollarda bir tishning o`zida,
uning har xil sathlarida bir necha kariyes kavaklarini aniqlash mumkin.
Kariyes jarayonini bunday tusda kechishini adabiyotlarda o`tkir, juda o`tkir,
gullayotgan, yugurgi kariyes deb xam yuritiladi. Ko`plab uchraydigan mazkur kariyes
bolaning sut tishlari qatorini butunlay buzilishiga olib kelishi mumkin.
Tez kechuvchi ko`plab tishlarni shikastlantiruvchi bunday kariyes jarayoni
ko`pchilik hollarda boshdan kechirilgan og`ir kechuvchi o`tkir yuqumli kasalliklar
(qizamiq, skarlatina, qizilcha, angina va boshqalar)dan so`ng rivojlanishi mumkin.
Surunkali xastaliklardan (tonzillit, bronxitlar va boshq.) so`ng ham shunday holatlar
kuzatilgan. Ko`p tishlarni shikastlaydigan kariyes jarayonida kariyes jarohatlari
tishlarning barcha yuzalarida uchrashi qayd qilingan. Bunday ko`plab tez kechadigan
kariyes jaryoni tish toj qismini qisqa muddatlarda yemirilishiga, pulpa to`qimasining
nekroziga va tishlarning faqat ildiz qismigina saqlanib qolishiga sabab bo`ladi. Jarayon
ketma-ket chiqayotgan tishlarning barchasiga tarqaladi va bolaning 3-4 yoshida barcha
sut tishlari uqalanib, yemirilib ketishi oqibatida tishsizlikka olib kelishi mumkin.
Tishlardagi ko`plab uchraydigan kariyes jaryoniga sabab bo`luvchi omillardan biri
Raxit kasalligidir. Bugungi kunda raxit kasalligining erta bolalik davrida (1 yoshgacha)
tarqalish ko`rsatkichi 55-70%ni tashkil etadi. Raxit kasalligining asosida kaltsiy-fosfor
almashinuvining buzilishi, almashinuv jarayonini boshqarib turuvchi D vitamini
metabolitlari, qalqonsimon va qalqonsimonorti bezlar faoliyatining buzilishi yotadi.
Og`ir kechuvchi raxit jarayonidan so`ng bolalarda ba’zan “gipokaltsiyemik markaz”
shakllanadi. Bunday “markaz”ning shakllanishi uzoq yillar davomida gipokaltsiyemiya
va yuvenil osteopatiyalarning klinik belgilarini yuzaga keltiradi.
Tish-jag` sistemasi raxit kasalligida “o`qqa” tutiladigan (mishen) a’zo hisoblanadi
deydigan bo`lsak xato qilmagan bo`lamiz. Raxit kasalligida tish-jag` sistemasi
shakllanishining buzilishi, tishlar mineralizatsiyasining tugallanmay qolishi, doimiy
tishlar kurtaklari hosil bo`lishida chetga chiqish hollari, jag`lar rivojlanishining orqada
qolishi, tishlar va tishlar qatori anomaliyalari, erta yoshda uchraydigan ko`plab sut
tishlari kariyes raxit kasalligi bilan sanab o`tilgan tish-jag` patologiyalari o`rtasida
patogenetik bog`lanish borligidan dalolat beradi. (1 rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |