K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Download 6,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet261/281
Sana29.01.2022
Hajmi6,9 Mb.
#415491
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   281
Bog'liq
avtomillarda ishlatiladigan ashyolar

SINTETIK YELIMLAR, QOPLOVCHI,
QISTIRMA, ELEKTROIZOLATSION VA
YOG‘OCH MATERIALLAR
12. 1.
 Sintetik yelimlar
Yelimli birikmalardan foydalaniladigan sohalar muntazam ke-
ngayib bormoqda. Bunga sabab shuki, ular payvand va boshqa 
birikmalarga nisbatan qator afzalliklarga ega. Chunonchi, ular bi-
lan turli xil materiallarni biriktirish mumkin, bunda buyum kon-
struksiyasining massasi kamayadi. Bundan tashqari, yelimlarni 
biriktirish texnologiyasi juda oddiy. Sanoatda ishlab chiqariladigan 
yelimlar bilan materiallar, qotishmalar, shisha-keramika, plastmas-
sa, yog‘och va boshqa ko‘pgina materiallarni biriktirish mumkin. 
Yelimli birikmalardan foydalanilganida mablag‘ va mehnat sarfi 
ancha kamayadi, konstruksiyaning korroziyaga chidamliligi ortadi, 
birikmalardagi zo‘riqish kamayadi. 


296
Avtomobilsozlikda yelimlardan dastlab shovqinni izolatsiyalov-
chi va salonning bezash materiallarini yopishtirishdagina foydala-
nilgan. Bunda, asosan, tabiiy kauchuk va bitum asosidagi yelim va 
germetiklardan foydalanilgan. XX asrning 60- yillarida esa tormoz 
kolodkalarini yopishtirishda fenolli yelimlardan foydalanila bosh-
landi. Zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarila boshlanishi nati-
jasida avtomobilsozlikda yelim va germetiklardan foydalanish sez-
ilarli darajada ortdi. Avtomobil sanoati uchun maxsus 15 nomdagi 
yelimlar va 10 nomdagi germetiklar ishlab chiqarila boshlandi. Ho-
zirgi kunga kelib, yelim va germetiklarning assortimenti yana-da 
kengaydi. So‘nggi yangiliklardan biri avtomobillarning saloniga 
o‘rnatiladigan orqani ko‘rish ko‘zgusini avtomobilning old oynasi-
ga yopishtirishda akril yelimlardan foydalanishdir. 
Yelimlar yordamida biriktirish quyidagi afzalliklarga ega:
– xususiyatlari, elastiklik moduli va qalinligi har xil bo‘lgan 
turli materiallardan tayyorlangan buyumlarni biriktirish mumkin;
– juda yupqa listlarni ham biriktirish mumkin (yupqa listlarni 
boshqa usullarda biriktirilganida yuklanish konsentratsiyasining 
yuqoriligi tufayli detal ishdan chiqishi mumkin);
– boshqa usullar asosida tayyorlash mumkin bo‘lmagan murak-
kab shaklli buyumlarni tayyorlash mumkin;
– konstruksiyani kam xarajat qilgan holda va tezlik bilan yig‘ish 
imkoniyati mavjudligi, shuning bilan bir paytda, konstruksiyaning 
bir necha elementlarini biriktirish mumkin;
– yelim asosida hosil qilingan birikmalarning mustahkamligi bir 
qator hollarda boshqa usullarda hosil qilingan birikmalarning mus-
tahkamligidan yuqori, tannarxi esa past bo‘ladi;
– yuklanish yelimli birikmalarda yuza bo‘yicha teng taq sim-
lanadi, yuklanish konsentratsiyasi minimal bo‘ladi;
– boltli va parchin mixli birikmalar o‘rniga yelimli birikmalar-
dan foydalanish konstruksiya massasini kamaytiradi. 
Yelim qotganida biriktiriladigan sirtlarga yaxshi yopishadigan 
parda hosil qiluvchi moddadir. Yelim kompozitsiyasi tarkibiga 
asosiy yelimlovchi komponentdan tashqari qotirgichlar, qotishni 
297
te
zlatgichlar, plastifikatorlar, to‘ldirgichlar, erituvchilar (ishlatish 
oson bo‘lishi uchun) kiradi. Yelim, odatda, yuqori haroratda qotir-
gichlar ta’sirida qattiq holatga o‘tadi. 
Yelimli birikmalarning ish harorati uncha yuqori emas, kamdan 
kam holda 350°C dan ortadi. Bu ularning asosiy kamchiligidir. Le-
kin 500°C va undan yuqori haroratda ham ishlay oladigan yelim-se-
mentlar yaratilgan. Yelim tarkibidagi erituvchilar yelim qotganida 
bug‘lanadi. Buning natijasida yelim kirishib, birikmalarning mus-
tahkamligi pasayadi. Shuning uchun bug‘lanmaydigan, balki par-
da bilan reaksiyaga kirishadigan erituvchi qo‘shilgan yelimning 
xossalari yaxshilanadi. To‘ldirgichlar (kvars changi, chinni changi, 
metall oksidlar) ham yelimning kirishishini kamaytiradi va, ayni 
vaqtda, pardaning mustahkamligini, issiqlik o‘tkazuvchanligini 
oshiradi. Yangi polimer materiallardan foydalanilganida yelimli 
birikmalarga xos kamchiliklar bo‘lmaydi hamda ular ishlatiladigan 
sohalar ko‘payadi. 
Parda hosil qiluvchi asosiy modda turiga ko‘ra barcha yelimlar 
tabiiy va sintetik yelimlarga bo‘linadi. Tabiiy yelimlarga hayvonot 
yelimlari (kazein, albumin, glyutin yelimlari) va o‘simlik yelimlari 
(kraxmal, dekkstrin, tabiiy kauchuk, guttapercha asosida tayyorlan-
gan yelimlar) kiradi. Ular texnikada kam ishlatiladi. 
Sanoat miqyosida ishlatiladigan yelimlar termoplastik yoki 
termoreaktiv sintetik smolalardan olinadi. Termoplastik yelimlar 
etilen, propilen, metilmetakrilat va hokazolar polimerlari asosida 
tayyorlanadi. Ular asosan kam yuklanish tushadigan birikmalar-
da ishlatiladi. Kengroq tarqalgan termoreaktiv yelimlar (fenol-
formaldegid, karbamid, epoksid yoki boshqa yelimlar) issiq holda 
va sovuqlayin qotadigan xillarga bo‘linadi. Sovuqlayin qotadigan 
yelimlar xona haroratida qotadi. Ularga qotirgich bevosita ishlatish 
oldidan qo‘shiladi. Qaynoq holda yelimlaganida, odatda, ancha 
mustahkam birikma hosil bo‘ladi, yopishish jarayoni tezlashadi, 
Yelimlar asosiy xillarining tavsifi va ular yordamida hosil qilinadi
-
gan birikmalarning xossalari 12. 1- jadvalda keltirilgan. 


298

Download 6,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish