132
5. 7- jadvalning davomi
Shell
SAE 20W
Seell
SAE–
30 Shell
Super Plus
X–100SAE
20W–40Motor
Oil SAE 15W–
40SAE 15W–50
SAE 10W–
30SAE 10W–
40SAE 10W–50
Motor moylarining unifikatsiyasi.
Tarkibida samaradorligi
yuqori qo‘shilmalar kompozitsiyalari bo‘lgan yuqori sifatli motor
moylaridan foydalanish qulay bo‘lgan
sharoitlarda moylarni tako-
millashtirishda motor moylari va boshqa moylash materiallarini
unifikatsiya qilish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Moylar assor
-
timentining turli-tumanligi ularni ishlab chiqarishdagina qiyin-
chiliklarni keltirib chiqarib qolmay, balki, ayniqsa, tashish, saqlash
va ishlatish (ayniqsa, korxonada turli xil markadagi avtomobillar
bo‘lganida) jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklarni kel-
tirib chiqaradi.
Bu jihatdan moylarning assortimentini kamaytirish va moylar-
ni unifikatsiya qilish bo‘yicha ish dasturi istiqbolli hisoblanadi.
Birinchi bosqichda A va Б guruh moylarini yuqori guruh moylar
-
iga almashtirish,
shuningdek, transmission va gidravlik moylar-
ning sifatini oshirish ko‘zda tutiladi. Bunda bir xil xususiyatlarga
ega bo‘lgan, bir-birini o‘zaro aynan almashtiruvchi moylar ishlab
chiqarishga barham beriladi. Natijada ishlab chiqarilayotgan moy-
lar markalari soni ikki barobarga qisqaradi.
Ikkinchi bosqichda barcha mavsumlarda ishlatiladigan va uni-
versal moylardan keng ko‘lamda foydalanish rejalashtiriladi. Bu-
ning natijasida ham moy assortimenti taxminan
ikki barobarga qis-
qaradi.
Yuqori darajada kuchaytirilgan dvigatellar uchun past haroratlar-
da qotadigan М–4
3
/6Г
2
; М–4
3
/8Г
2
; М–4
3
/6В
2
; М–8ДМ; М–4
3
/8Д
markali moylarni, shuningdek, yagona motor-transmission moylar-
ni ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Benzinli va
dizelli dvigatel-
larda barcha mavsumlarda ishlatiladigan universal moy sifatida
M–63/10B markali moydan foydalanish mumkin. Bu moyning ish
133
muddati odatdagi tavsiya etilgan moylarga nisbatan 2–3 barobar
ortiq bo‘lishi bilan birga, bu muddatda dvigatelning texnik-iqti-
sodiy ko‘rsatkichlari yomonlashmaydi. M–63/10B moyini 10 ta
mar kadagi moy o‘rnida ishlatish mumkin. Bu moy odatdagi moy-
larga nisbatan qimmatbaho bo‘lishiga qaramay,
iqtisodiy jihatdan
samaralidir.
Sintetik moylardan foydalanish muhim yangi yo‘nalish bo‘lib,
ular moyning ish muddatini 3,5 barobargacha oshiruvchi yuqori
ekspluatatsion xususiyatlarga ega bo‘ladi. Ularni benzinli va dizel-
li dvigatellarda ishlatishdan tashqari, tarkibiga tegishli qo‘shilma
qo‘shib gidravlik tizimlarda va gidromexanik transmissiyalarda
foydalanish mumkin.
Sintetik moylar yuqori qovushoqlik indeksiga ega (150–170),
oquvchanlik xususiyatini yo‘qotish harorati mineral moylarga nis-
batan past (minus 65°C gacha). Sintetik moylarni almashtirmay
20 ming km gacha masofani bosib o‘tish mumkin, alohida olingan
navlaridan foydalanilganida esa bu ko‘rsatkich 80–100 ming km ni
tashkil etadi.
Sintetik motor moylari bir tomondan, mashinalarning ishonch-
li ishlashini ta’minlasa, ikkinchi tomondan
moylarni unifikatsiya
qilinishini yaxshilaydi.
Moylash materiallarining ekspluatatsion xususiyatlarini baho-
lash pasport ma’lumotlarining Davlat standarti talablariga mos
-
ligini tekshirishdan boshlanadi va moyning umumiy holdagi ish
sharoiti yoki ma’lum bir agregat yoki uzelda ishlashga yaroqli-
ligini aniqlash bilan tugallanadi. Bunda dvigatelni qizdirmay ish-
ga tushirishga ruxsat etilgan kritik qovushoqlik miqdoriga binoan
eng past harorat (motor moylari uchun) yoki avtomobilning ravon
harakatlana olishini ta’minlovchi harorat (transmission
moylar
uchun) aniqlanishi talab etiladi.
Motor moylari va boshqa moylash materiallarining tarkibi, xu-
susiyatlari va ishlatilish sharoitlari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar
zarur bo‘lganida maxsus (spravochnik) adabiyotlardan foydala-
niladi.