28-mavzu. O’zga gapli qurilma (2 soat ma’ruza, 2 soat amaliy mashg’ulot)
O’zga gap va undan nutqda foydalanishning o’ziga xos xususiyatlari. O’zga gap turlari: ko’chirma
gapli qurilma, o’zlashtirma gap. Ko’chirma gapli qurilmaning tarkibiy qismlari: muallif (avtor) gapi va
ko’chirma gap, ularning o’zaro bo g’lanishi. Ko’chirma gapning muallif gapiga nisbatan prepozitiv,
postpozitiv va inpozitiv holatlarda qo’llana olishi ko’chirma gapli qurilmalarning o’ziga xos xususiyati
ekanligi. O’zlashtirma gap, uning o’ziga xos xususiyatlari. Ko’chirma gapli qurilmalarda tinish
belgilarining ishlatilishi. Ko’chirma gapli qurilmalarni o’zlashtirma gapga aylantirishning o’ziga xos
xususiyatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |