Tamaki mahsulotlarini qo‘llash, chekishning organizmga ta’siri:
◼
O‘limning darajasi chekilgan sigaretalar soni bilan barobar ortib boradi va chekuvchilar
o‘rtasidagi o‘lim ko‘rsatkichi chekmaydiganlarga qaraganda 30-50 foiz yuqori bo‘ladi;
◼
Rak kasalliklaridan o‘lim ko‘rsatkichi chekmaydiganlarga nisbatan chekadiganlarda 20 foiz
ko‘p uchraydi, o‘pka raki bilan og‘riganlarning 95 foizi chekuvchilar bo‘lganlar, shuningdek,
chekish (nos ham) og‘iz bo‘shlig‘i, tomoq, halqum, qizilo‘ngach rakining asosiy sababchisidir;
◼
Kishi bitta sigareta chekkanda qon-tomirlarining siqilib turishi vaqti oshib, yurakning urishi
15-20 taga ko‘payadi.
◼
Yurak infarktlari, stenokardiya kasalliklari chekuvchilar orasida chekmaydiganlarga qaraganda
12-15 marotaba ko‘p. 35-40 yoshgacha yurak infarktga uchraganlarning 80 foizi sigaretalarni
o‘smirlikdan chekkanlar hisoblanadilar;
◼
Kashandallik mushaklar kuchi tezkorligini kamaytiradi, xotirani susaytiradi, jinsiy maylni
so‘ndirib, bepushtlikka olib borishi mumkin;
◼
Kashandalik naslga ham ta’sir etib, jismoniy yoki aqliy zaif farzandlar tug‘ilishiga yoki
tug‘ilgan farzandlarning giyohvandlikka moyil bo‘lishlariga sabab bo‘ladi;
◼
Chekuvchi yigitlar kelajakda o‘z bolasi bo‘lganda, ayoli homilasining chala yoki o‘lik
tug‘ilishi, jismoniy va aqliy ko‘rsatkichlarining past bo‘lishi kabi holatlarga sabab bo‘lishi
mumkin;
◼
Kashanda nafaqat o‘z sog‘lig‘i, balki, chekilgan xona, transport vositasi yoki ish joyi kabilarda
oila a’zolari, hamrohlari, birga ishlaydigan xodimlar sog‘liqlarini xavf ostiga qo‘yadi,
qo‘shimcha noqulayliklar hamda muammolarni keltirib chiqaradi;
◼
Tamaki kuli, gugurt va sigaret qoldiqlari hamda tutuni uyda, jamoat va ish joylarida
qo‘shimcha chiqit sifatida havoni va atrof-muxitni ifloslaydi.
“Ko‘zi ojiz va yo‘l boshlovchi” mashqi (5 daqiqa)
Maqsad:
•
Ishtirokchilarni o‘z tajribalari orqali tobe bo‘lish qanchalik murakkab ekanligini anglashga
undash;
•
Oilada, do‘stlar davrasida, sinfda munosabatlar haqida o‘ylash;
•
O‘z hayotiy roli va pozitsiyalarini anglash;
•
O‘z salomatligi qadriga yetish;
•
O‘z sherigiga ishonch bildira olish va unga sazovor bo‘la olishni o‘rganish.
Jihozlar. Ko‘zlarni bog‘lash uchun tasma yoki sharflar.
Jarayon. Mashq juftliklarda o‘tkaziladi. Har bir juftlikda “ko‘zi ko‘r” va uning “yo‘l
boshlovchi”si tanlanadi.
Trener ko‘rsatmasi
•
Hurmatli yo‘lboshlovchilar, siz o‘z sherigingizni o‘z ortingizdan boshlab borasiz. Uning
ko‘zi ko‘rmaydi. Juftingizni atrof-olam bilan tanishtiring.
Ishtirokchilar xona bo‘ylab tarqaladilar. (Xonadan tashqariga chiqishga ruxsat berish mumkin).
“Yo‘l boshlovchi” “Ko‘zi ko‘r”ni o‘z ortidan boshlab yuradi yoki uning ortidan harakatlanadi,
atrofdagi predmetlar, odamlar, jihozlar bilan tanishtiradi. Ozroq vaqt o‘tgach, ishtirokchilar
rollarini almashadilar. Mashq tugagach, muhokama o‘tkaziladi. Ishtirokchilar “Ko‘zi ko‘r” va
“Yo‘l boshlovchi” sifatida o‘zlarini qanday his qilganliklari haqida fikrlarni bildiradilar.
•
Qaysi rolni ijro etish qulay bo‘ldi?
•
O‘z sherigingizga ishonch bildira oldingizmi?
•
Bu mashqdan qanday xulosa qilish mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |