Natijalarni umumlashtirish (yakun yasash bosqichi)
Qayta bog‘lanish varaqasi
Trener ishtirokchilarga qayta bog‘lanish varaqalarini tarqatadi va taklif etilgan savollarga
javob berishlarini so‘raydi. So‘rovnoma turiga qarab, ishtirokchilar javobga mos keluvchi katakka
biror belgi qo‘yishlari yoki o‘z javoblarini yozishlari mumkin. Savollar o‘rganilayotgan mavzuga
(yoki umuman seminar mavzusiga) tegishli bo‘lib, ishtirokchilarga o‘z munosabatini ifoda etishga
yordam beradi. So‘rovnomaga berilgan javoblar kichik guruhlarda o‘zaro qiyoslanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |