“Lider sifatlari” mashqi (15 daqiqa)
Maqsad
•
Ishtirokchilarda lider tushunchasini mustahkamlash.
•
Liderga xos xususiyatlarni saralash.
Jihozlar
. Har bir ishtirokchi uchun sifatlar ro‘yxati, ruchka
Trener so‘zi.
–
Omadli lider bo‘lish uchun ma’lum bir sifatlarga ega bo‘lish kerak. Bu sifatlar qanday
bo‘lishi kerak?
Har bir ishtirokchiga tadqiqotchilar tomonidan ajratilgan sifatlar ro‘yxati tarqatiladi.
Ishtirokchilar bu ro‘yxatga o‘zlari to‘g‘ri deb bilgan liderga xos bo‘lgan sifatlarni qo‘shishlari
mumkin.
–
Ro‘yxatni o‘qib chiqing va omadli lider uchun zarur bo‘lgan 10 ta sifatni ajrating. Endi
ushbu sifatlardan o‘zingizda mavjud bo‘lganini belgilab chiqing va 2 ta ro‘yxatni solishtiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |