Matnazar Abdulhakim tarjimasi
Jonam ba fidoiy on, ki u ahil buvad,
Sururi qadamash nihi agar sahl buvad.
Xoji, ki bidoni yaqin do’zaxro
Do’zax ba jahon suhbati noahil buvad.
Mazmuni :
Ahil bo’lgan odamga jonim fido bo’lsin,
Uning qadami boshim - u kezimda bo’lsa ham, bu menga
yengildur.
Agar do’zaxni aniq ko’rishni istasang,
Dunyo do’zaxi bu – noahil odam suhbati.
Shoirning bu ruboiysi “zamon ahlidan nolish va ijtimoiy
tengsizlikni ifodalovchi ruboiylar” guruhiga kiradi . Ushbu
ruboiyning mazmun - mohiyati odamlarni ahillikka chorlash
hamda birlikka chaqirishdir.
Pahlavon Mahmud Chingizxonning qonli yurishlari natijasida
mamlakatga yetkazilgan og`irjarohatlar hali bitmagan bir davrda
yashagan. Bu davr O’rta Osiyo va ayniqsa, Xorazm tarixining eng
og‘ir davri edi. Pahlavon Mahmud Vatan boshiga tushgan bu
sonsiz-sanoqsiz balolar,to‘fonlarning shohidi bo‘lgan. Shoir
mana shu tarixiy baxtsizliklarni bir ruboiyga sig‘dirib, uni obrazli
tasvirlangan;
Davron g’amidan ko’zumni giryon ko’rdum,
Har ranj- u balo borki, bearmon ko’rdum.
Nuh mingga kirib, ko’rgan edi bir to’fon,
Men Nuh emasmas - da, mingta to’fon ko’rdum.
Mazmuni :
Dunyo g’amidan ko’zimda yosh ko’rdim,
Neki balo bo’lsa, bearmon ko’rdim.
Nuh ming yil yashab ko’rdi birgina to’fon,
Men Nuh emasman, lek ming “to’fon” ko’rdim.
Ushbu ruboiy ham zamondan nolish tipidagi ruboiylar sirasiga
kiradi. Ruboiyda Nuh payg`ambar bilan bog’liq to`fon rivoyatiga
ishorat berilgan va bu obraz orqali shoir talmeh san’atini ham
qo’llagan.
Filning kuchi senda bo’lsa ham mo’rdek bo’l,
Har ikki jahon mulki bilan o’rdek bo’l.
Ko’rsang - da hayotda aybini har kishining,
Hech narsani sezmaguvchi bir ko’rdek bo’l.
Qitoliyning tariqat suluki (yo’l ; axloq ; solikning tariqat yo’liga
o’tish jarayoni) ruhida yozilgan ushbu ruboiysida insonlarni
kuchi filnikidek bo’lsa ham o’zni kamtar tutishga, ikki jahon
mulkining sohibi bo’lsa ham yalang’och gadodek yurishga,
birovlarni aybini sezmaguvchi ko’rdek bo’lishga, ya’ni birovdan
ayb qidirmaslikka keng da’vat etadi.
Aqli uqalo payravi his kay gardad,
Zar az hasadi hasud mis kay gardad.
Nomard sag ast, mard daryoyi muhit
Daryo badahoni sag najis kay gardad.
Mazmuni :
Oqil odamlarning aqli qachon hisga tobe bo’ladi ?!
Oltin hasadchining hasadidan qachon mis bo’ladi ?!
Nomard itdir, mard katta daryo
Daryo qachon it og’zidan iflos bo’ladi ?!
Ushbu ruboiyda yozilishicha, oqil, dono odam hech qachon
hisga berilmaydi, chunki bungauning aqli bunga yo’l qo’ymaydi.
Oqil hisga beril-maganidek, hasadchining hasadidan ham oltin
misga aylanmaydi. Shoir nomard insonlarni itga mengzaydi,
mard esa katta daryoga qiyoslanadiva bu daryo hech qachon
itning og’zidan iflos bo’lmaydi. Daryo suvi teskari oqmaganikabi
mardham o’z ahdida hech qaytmaydi. Shoir ushbu ruboiysi-da
tashbeh va irsolu masal badiiy san’atlaridan juda mohirona
foydalangan. Pahlavon Mahmud ko’pgina ruboiylarida oqillik,
mardlik,jasurlikni, muhtojlarga beminnat saxovat ko’rsatishni,
o’zi uchun esa hech narsa ta’ma qilmasliknitarg’ib etgan hamda
botinda ilohiy ma’rifatni kashf etish, riyozat bilan irfoniy
kamolot sari borishni hidoyat etadi :
O’z nafsingga bo’lgin amir, shunda mardsan
O’zgalarga bo’lma haqir, shunda mardsan.
Yiqilganni tepib o’tish mardlik emas,
Aftodaga bo’lsang dastgir, shunda mardsan.
Mard uldirkim, o’z nafsining amiridir, ya’ni u o’z nafsini
boshqara oladi ; o’zgalarga bo’lmas haqir, ya’ni u boshqalarga
aslo razillik, tubanlik qilmaydi. Yiqliganni tepib o’tgan mard
emas,balki nochor, abgorlarga yordamchi va homiy bo’lmoq
mard ishidir. Qitoliy nazdida, inson birtariqatga kirishi uchun ,
avvalo , mard va oqil bo’lmog’i darkor. Shundagina u haqiqiy
murshidlikdarajotiga oson erisha oladi.
Pahlavon Mahmud har bir ash’orini juda falsafiy bitadi ,
mushtariylarni chuqur mushohada qilishga undaydi. Uning har
bir baytining zamirida chuqur mazmun yotadi. U insonlarni
komillikka, saodatga chorlaydi. Ruboiylari orqali xalqqa tariqat
va vahdat ul- vujuddan saboq beradi hamda ularni ilohiy ishqqa
o’rgatadi
Gul qo’lda , qadah bongi quloqda bo’lsin !
Dunyo g’amidan kech – u uzoqda bo’lsin !
Suv nag’masi ostida , bulut soyasida
Jom qo’lda mudom , ko’za quchoqda bo’lsin !
Ushbu ruboiyni ikki usulda tahlil qilish mumkin. Birinchi tahlil
quyidagicha , ushbu ruboiyda dunyoning g’amlariga tupurib
yashash, undan uzoq yurish kerakligi aytilgan. Buning soz davosi
esa bulut soyasida va jilvalanayotgan suvning yonida doim
ko’zani quchib, jomni bo’shatmayichishdir. Ikkinchi yondashuv
bo’yicha bu tasavvufiy yo’g’rilgan, tariqat suluki asosida
yozilganruboiydir. Tasavvufda qadah, jom – ko’ngil yoki so’fiy
qalbini bildiradi, dunyo esa nafsoniy xuruj, shaytoniy istaklar
makonidir. Shuning uchun ham ruboiyda o’tkinchi dunyoning
g’am - g’ussalariga e’tibor bermaslikka, ulardan kechishga, o’zni
uzoq tutishga da’vat etilgan.
Gul – Alloh go’zalligi, ma’shuqa timsoli, orif yuragida paydo
bo’ladigan dard va alam.Qitoliyning ko’plab ruboiylarida tuban,
bevafo va o’tkinchi dunyoga ko’ngil bermaslik va buning asosiy
davosi maydan mast-u sarxush bo’lishlik bosh mavzu qilib
tasvirlanadi :
Bosh bo’lsa tiniq, xush yoqadi toza sharob
Kayf oshsa agar oqqusi ko’z yoshi shitob.
Chunki bu tuban dunyo vafoni bilmas,
G’amdan qutulib, quvonchga payvasta bo’lar.
Quyidagi ruboiyda esa Puryoyvaliy umr hech qachon bir tekisda
kechmasligini, u goh shirin,goh taxir bo’lishini insonlarga
tushuntiradi. Lekin bu narsalar oqilning g’am chekishiga
umumanarzimaydi, ammo bu dunyoda xor- u zor yashash unga
og’irlik qilishini baytda qistirib o’tadi :
Umring mayi goh shirin, gohi taxir
Goh atlas - u goh bo’z bo’lar egningda, axir.
G’am chekkali arzimas bular oqil uchun
Bu dunyoda xor - u zor yashash unga og’ir.
Pahlavon Mahmudning juda ko’p ruboiylari pandnoma tarzida
yozilgan. Kishilarni hidoyatga boshlovchi, barkamollik sari
yetaklovchi ruboiylari talaygina :
Se sad Ko’hi Qofro ba hovan sudan
Nuh Toqi falak ba xuni dil andudan.
Sad sol asiri bandi zindon budan
Beh zon ki damo hadami nodon budan.
Mazmuni :
Uch yuzta Ko’hi Qofni kelida tuymoq
To’qqiz osmonni yurak qoni bilan bo’yamoq,
Yuz yil zindonda asir bo’lib yotmoq
Bir lahza nodon bilan hamsuhbat bo’lmoqdan yaxshidur.
Shoir ushbu ruboiy orqali nodon , johil va kaltafahmlikni qattiq
qoralaydi. Zimdan xalqni ilmolishga da’vat etadi. Shoir uchun
nodon bilan bir lahza hamsuhbat bo’lishdan o’tadigan og’ir jazo
yo’qdir. Undan ko’ra uch yuzta Ko’hi Qofni kelida tuyish, to’qqiz
osmonni yurak qoniga bo’yash va bir asr zindonda asir bo’lib
yotish afzaldir.
Badfe’l kishi hamisha dilxasta bo’lar
Unga talab eshigi mudom basta bo’lar.
Gar yaxshi - yomon bilan chiqishsa har kim
G’amdan qutulib, quvonchga payvasta bo’lar.
Mazmuni :
Badfe’l dam doim dil og’ritguvchi bo’lar
Unga talab eshigi hamisha bog’liq bo’lar.
Kimki ham yaxshi, ham yomon bilan chiqishsa
G’am ko’rmay, quvonch ila hamroh bo’lar.
Ruboiydan shu narsa ko’rinib turibdiki, shoir badfe’llikni
qoralab, insonlarni samimiylikka va ahillikka chorlamoqda. Bu
ham shoir ijodidagi pand-noma ruhida yozilgan ruboiylardan
biridir.
Kimni qarama katta gapirgay so’zni
Tortishni tilar guldek o’ziga ko’zni.
O’z soyam ila so’zlashaman men tun - u kun
Ko’rgan kabi oyinada go’dak o’zni.
Qitoliyning ushbu ruboiysida zamon ahlidan nolish ruhiyati
yaqqol ko’zga tashlanadi. Shoir dastlabki baytida insonlarning
katta gapirib gerdayishi hamda boshqalarning e’tiborini o’ziga
jalb qilishi kabi illatlarni qattiq qoralaydi. Natijada shoir o’z
soyasidan yaxshi sirdosh topolmaydi va tun - u kun u bilan
so’zlashadi. Oxirgi misrada u oyinada o’zini go’dak timsolida
ko’radi. Bu esa shoirning illatlardan xoli ekanligini, ruhan pokligi
va ma’nan uyg’oqligini ko’rsatib turibdi.Shoiro’zini go’dakka
qiyoslab go’zal tashbih qiladi.
Pahlavon Mahmud she’riyatda ham, falsafada ham Umar
Xayyomning zakovatli davomchisidir. Fors adabiyotida
Xayyomdan so‘ng faqat ruboiy yozgan boshqa bir shoir yo‘q.
Pahlavon Mahmud Xayyomning falsafiy va badiiy g‘oyalarini
rivojlantirgan, unga o‘z asri ruhini bergan.
Pahlavon Mahmud ruboiylarini o‘qigan kishi o‘zini qandaydir
ma’naviy pokiza, ruhiy tetik va ulug‘vor his etadi, chunki bu
ruboiylarda shu ruh singdirib yuborilgan.
Pahlavon Mahmud ruboiyotida o‘zining barakali aksini topgan
shaxs irodasi hamdaumum manfaatlari, qaynoq ehtiroslar
hamda bu ehtiroslarni mo‘tadillashtirguvchiyakka shaxs murod-
maqsadlari bilan boshqalarning istak hamda orzu-umidlarini
sbatiga jiddiy e’tibor qaratilganligining guvohi bo‘ldik.
Bu manbalarda ta’kidlanishicha, yakka odamning umum jamoa
bilan,muayyan shaxsning mavhum mezonlar bilan,
tuyg‘ularning aql bilan, shuningdek,mavjud jihatlarning yuz
berishi zarur bo‘lgan jihatlar bilan munosabatlaridagi
muvozanat va mutanosiblik nihoyatda muhimdir. Mazkur
masalalarga tegishli ohanglarning Pahlavon Mahmud ijodida
ham yaqqol barqurib turishi buyuk mutafakkir bobomizning
umumjahoniy tafakkur mevalaridan, jumladan, birinchi
navbatda (albatta Qur’oni Karim hamda hadisi shariflardan
keyin) yunon falsafasining antik asarlaridan bahramand
bo‘lganligini ko‘rsatadi. Shunisi ayonki, javonmardiylik ahd bel
bog‘ini bog‘lagan har bir insonning umumxalq manfaatlariga
xizmat qilishi masalasi mazkur tariqatning mohiyatini tashkil
etadi.
Bu tariqat odobining barcha fazilatlari, xislat-xususiyatlari,
talablari o‘zgalar nafsining mayllari bilan yakka shaxs nafslari
mayllarinin gmuvozanatini ta’minlash ehtiyojidan kelib chiqib
tarkib topgan.
Yunon Antik davr tafakkur sarchashmalarining sohiblaridan
bo‘lmish Homer,Hesiodsingari mutafakkirlarning ijodlarida
umummanfaatlarning yakka shaxs manfaatlari bilan to‘qnash
kelishidan bunyod bo‘lgan ziddiyatlar tahlili muhim o‘rin
tutadi. Shunisi diqqatga sazovorki, yunon falsafasining ilm
tonglarida nur sochgan xulosalar bilan hazrati Pahlavon
Mahmudning teran misralarida yaqqol hamohangliklar seziladi.
Ruboiy:
Ko‘p chekdimu dard, bo‘lmadim hech shod, darig‘,
G‘urbatda bu jon, qilmadi faryod, darig‘.
Afsus-nadomat yuki elkamda manim,
Diydor qiyomatga chabarbod, darig‘.
Ruboiy lirik qahramoning ruhi umumkayfiyat bilan ixtilofda
ekanligi, qahramoning o‘z dardini anglamagan zamondoshlari
bilan hamkayfiyat emasligi, el bilan shaxs o‘rtasidagi bir-birovni
o‘zaro anglash sodir bo‘lmayotganligi sababli,mazkur zamonda
hatto diydor ehtimoli (bu erda, ma’naviy diydor ko‘zda
tutilayotgan bo‘lsa kerak ) ham yo‘qligi shaxs va umum
manfaatlarinin mos emasligidan aniq xabar berib turibdi.
Pahlavon Mahmudning ruboiyotiga jangovarlik tuyg‘usi,
tasavvufiy odobikrom fazilatlaridan tashqari, fidokorlik, el-yurt
uchun, do‘stu chun jondan kechish ohanglari ham muhim o‘rin
tutadi. Biz mana shu boradagi fikrlarga ham shoir
misralari bilan Antik davr, xususan, Homer asarlaridagi voqealar
o‘rtasidagi ohangdoshliklarni tuyamiz. Chunonchi, Axill, garchi
o‘z halokatini oldindan bilsa ham, Gektor bilan jangga hech
ikkilanmasdan ravona bo‘ladi. “Olis-olislarda volidalardan, xuddi
ushbu yerda halok bo‘lurman, jangdan tislanmagum, bilsam-da
buni” – deydi uning halokatini bashorat qilgan otga javoban
Axill. Umuman, yunon adabiyotida, xususan Homer asarlaridagi
qahramonlarni jangning nima bilan tugashi unchalik
qiziqtirmaydi. Ular uchun eng muhimi Vatan uchun, do‘st uchun
jondan kechishgacha tayyor turish. Yunon adabiyoti
qahramonlari, aytish mumkinki, shavkat uchun, shon uchun
jang qiladilar. Pahlavon Mahmud hazratlari ruboiylaridan bir
qanchasida jangovarlik ruhi oshkor va bu jihatning tarixiy
asoslari ayon. Asoslar esa, Arastuning falsafiy, mohitana teran
asarlari hamda qimmat fikrlaridir.
Pahlavon Mahmudga nisbat beriladigan "Hazrati Paxlavon
ruboiylari"ning qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston FA
Sharqshunoslik institutida saqlanadi.
Pahlavon Mahmud oʻz asrining donishmandi edi, u oʻzining
uzoq umri davomida hayotni mushohada etib, toʻgʻri xulosalar
chiqargan, bu hol uning ruboiylarida yorqin aks etib, ularni
hikmatli soʻzlar darajasiga koʻtargan. Mana shulardan biri:
Qora tosh sira ham boʻlmas lojuvard,
Toza qalbga yuqmas aslo changu gard,
Quloq solgin Puryoyvaliy soʻziga,
Qoʻrqoqlardan biron chiqqanmidi mard!
Rost aytadi bu ulugʻ donishmand, yomon odamdan faqat
yomonlik, yovuzlik kutish mumkin, mardlikka, vallomatlikka,
ezgulikka u qobil emas!
Pahlavon Mahmudning nodonlardan, johillardan nafrati shu
qadar zoʻrki, uni shoirning oʻz tili bilan aytmasdan boshqacha
ta’bir bilan tushuntirish imkondan xorijdir.
Pahlavon Mahmudning muhabbat mavzuidagi ruboiylarini olib
koʻraylik. Pahlavonning ishq mavzuidagi ruboiylari fikrning
ravshanligi, mazmunning teranligi, mahbubga munosabatning
samimiyligi, lirik qahramonning ma’shuqa rizosi uchun har
qanday fidokorlikka hozirligi, obrazlarning rang-barangligi,
xulosalarning favqulodda va kutilmaganligi bilan kishini
hayratda qoldiradi. Chunonchi:
Na choraki malomatdur vatanim,
Ishq oʻldirdi, sevgi mening kafanim.
Jannat bogʻlarida sen oʻtir, zohid,
Men—mast bulbul, doʻzax mening chamanim.
Soʻragin, goʻzalim, kerak boʻlsa jon,
Jon emas, soʻragin hattoki imon.
Faqat yaqinroq kel, qilma intizor,
Sen harna istasang bergum begumon.
Dedi yorim: «Yana nima gʻaming bor?
Xayoling band etdi qaysi goʻzal yor?»
Qoʻllariga berib oyna, dedimki:
Kimning aksin koʻrsang—shu menga dildor.
Pahlavon Mahmudning nazar-e’tiboridan molparast,
dunyoparast, boshqacha aytganda, oltin-kumush bandalari ham
chetda qolmagan. Mol-dunyoga, oltin-kumushga sajda qiluvchi
bu toifa: «ema, ichma, boʻl baxil, boy boʻlmasang men kafil»,
shiori ostida ish koʻradilar. Bu toifa boy boʻladi, lekin gadodan
battar kun kechiradi. Ular boyligini bolasidan ayaydi. Mahmud
Pahlavon ana shu toifa ustidan istehzo qilib bunday deydi:
Ey hoja, sen nechun buncha bexabar,
Xayolingda kecha-kunduz kumush, zar,
Dastmoyang-ku bu olamda bir kafan,
Buyurganmi senga kafan, kim aytar?
Professor To’xtasin Jalolovning Pahlavon Mahmud
ruboiylari haqida fikrlari:
Pahlavon Mahmud ruboiylarini oʻqigan kishi oʻzini qandaydir
ma’naviy pokiza, ruhiy tetik va ulugʻvor his etadi, chunki bu
ruboiylarda shu ruh singdirib yuborilgan.
Xoʻsh, bu qudratli ruhning sarchashmasi qayerda? Bu Pahlavon
Mahmudning shaxsiy e’tiqodlari ifodasimi yoxud biror tabaqa,
guruhning gʻoyaviy dasturimi?
Koʻhna manbalar, jumladan Farididdin Attorning «Tazkiratul
avliyo» kitobida aytilishicha, bu pokiza ruh tarixda futuvvat yoki
juvonmardlik nomi bilan mashhur bir oqimning, bir ijtimoiy
tabaqaning dasturilamalidir.
Juvonmardlar xalqqa beminnat xizmat qilib, muzdini haqdan
talab qilish shiori ostida ish tutganlar.
Eron olimlaridan Said Nafisiy «Sarchashmai tasavvuf dar Eron»
nomli asarida: «Futuvvat — juvonmardlik guruhining ulugʻ
peshvolaridan biri mashhur shoir Pahlavon Mahmud
Xorazmiydir», — deb ta’kidlaydi. Shu olimning uqtirishicha,
Oʻrta Osiyoning dovyurak isyonkorlari — sarbadorlar ham
juvonmardlar guruhiga mansub boʻlganlar.
XIII—XIV asrlarning bir daraja uyushgan mehnatkash tabaqasi,
shubhasiz, shahar hunarmand-kosiblari edi. Bular temirchilar,
qurolsozlar, misgarlar, duradgorlar, koʻnchilar, moʻynadoʻzlar,
toʻquvchilar, tikuvchilar va me’morlardan iborat katta kuch
edilar. Juvonmardlar mana shu hunarmandlar guruhining
jangovar namoyandalari sifatida maydonga chiqdilar.
Juvonmardlar guruhining hayot prinsiplari mardlik va uning
bezagi: marhamat, shafqat, muruvvat, saxovat va olijanoblik
asosiga qurilgan. Juvonmardlar elga xizmat qilishni, aftodalarga
dastgir boʻlishni, muhtojlarga marhamatu zaiflarni himoya
qilishni oʻzlari uchun sharaf deb bilganlar.
Professor Ye. E. Bertel's «Soʻfizm va soʻfiylik adabiyoti» nomli
kitobida: «Futuvvat hunarmandlarning yashirin tashkiloti» —
deb ataydi.
Yosh olimlarimizdan Yoqubjon Ishoqov futuvvat —
juvonmardlik harakatidan bahs etib: «Hunarmandlar guruhining
ilgʻor qarashlari va intilishlarini ifodalagan bu yoʻnalish oʻsha
davrdagi ilgʻor kuchlarning ma’lum qismi uchun ma’naviy zamin
boʻlgan» deydi.
Pahlavon Mahmud futuvvat — juvonmardlik harakatining
tashkilotchisigina emas, uning ma’naviy rahnamosi edi.
Shoirning mardlik va olijanoblik ruhidagi ruboiylari shundan
dalolat berib turibdi:
Olam fili qaytarolmas jur’atimiz,
Charxdan zoʻrroq qudratimiz, shavkatimiz,
Gar chumoli kirib qolsa safimizga—
Sher etajak uni darhol davlatimiz,
Oʻz nafsingga boʻlgin amir, shunda mardsan,
Oʻzgalarga boʻlma haqir, shunda mardsan,—
Yiqilganni tepib oʻtish mardlik emas,
Aftodaga boʻlsang dastgir, shunda mardsan.
Ustoz Navoiy ham bu borada gʻoyat porloq bir fikr aytganlar,
tabarruk uchun shu baytni keltiraman:.
Muruvvat barcha bermoqdur, yemoq yoʻq,
Futuvvat barcha qilmoqdur, demoq yoʻq.
Pahlavon Mahmud 79 yil umr koʻrdi. (1247—1326). Oʻzining
barakali umri davomida shoir talay tarixiy voqealarning shohidi
boʻldi, koʻp kuzatishlar, mushohadalar oʻtkazdi.
T. Jalolov, 1975 yil
Ruboiylar
1
Oʻzgalarni menga takyagoh qilma,
Muhtoji vaziru podshoh qilma.
Karamingdan qora sochim oqardi,
Oq sochim-la zoru roʻsiyoh qilma.
2
Gul yuzida bulut niqobdur hanuz,
Koʻngillarda mayli sharobdur hanuz,
Uxlamagin, gʻaflat vaqtimi hozir?
May ich jono, zero oftobdur hanuz.
3
Gul yogʻadi yuzlaringdan subhvor,
Gul yogʻadi xulqingdan ham chun bahor,
Lahza sari rangga toʻlib bu olam—
Gul yogʻadi chehra ochib bu roʻzgor .
4
Jahon chehra—ranggu roʻyi oʻzingsan,
Aql daryo—uning suvi oʻzingsan,
Gul bargida shabnamdayin oʻtirma,
Bu boqchaning rangu boʻyi oʻznngsan.
5
Umrimiz daraxtin past qilma, rabbi,
Borliq sharobidan mast qilma, rabbi,
Oʻzing karam bir-la mard yigitlarni
Nokaslarga zeridast qilma, rabbi.
6
Yiroqdan qarasam labing purxanda,
Ozod edim, tagʻin boʻlibman banda.
Ozodlikdan har bir banda erur shod
Men shundan shod—senga boʻlibman banda.
7
Dilim yana dilbar domiga tushdi,
Ne dilbar, sitamgar domiga tushdi,
Birining bandidan qutulmay hanuz,
Boshqa laripaykar domiga tushdi, |
Do'stlaringiz bilan baham: |