156
borni mingan kishining maqsad-murodiga yetishida tulporning
xizmati beqiyos maqtovga loyiq. Bugun Boychiborni mingan
sohib haqida ham eshitganlar bor. Ammo Boychibor ta’rifining
o‘zi bir olamcha bor:
Bir ot bo‘lgan — Boychibor,
O‘zbek eli tomonda.
Uning dong‘i to‘rt yoqqa
Yoyilib ketgan ekan.
Otni mingan har yigit
Murodga yetgan ekan.
Chavandoz ko‘p
jang qiladi, dushmanni qiradi. Uning shashti,
kuchi, g‘ayrati zo‘r. Bularning hammasi Boychibor bilan, avvalo,
suyumliligi bilan, kuchi, jasorati bilan bog‘liq holda beriladi:
Bo‘lib o‘tar ne jang, suronlar
Dushman bosdi misli mo‘r-malax,
Dod-faryodga to‘lib yer, falak,
Daryo bo‘lib oqardi qonlar.
Qonli janglarning birida chavandoz mardlarcha halok bo‘-
ladi. Bu ot uchun og‘ir judolik. U qayg‘u-g‘amga botadi. Alamzada
bo‘lib yurgan otga dushman mingan
zahoti Boychibor uni zarb
bilan yelkasidan uloqtirib yuboradi:
Sapchidi ko‘kka tulpor,
Yov ustidan toyrildi.
Òepki yeb, bo‘lib abgor,
U jonidan ayrildi.
Òo‘lan Nizom shu zaylda bedov otning egasiga sodiqligini,
sohibi uchun jon berishga ham tayyor ekanligini ko‘rsatib qol-
may, balki xalqdagi „Ot aylanib qozig‘ini topadi“ maqolini ham
asarga singdirib yuboradi.
Chovkar halok bo‘lgan sohibining qoshiga kelib yig‘lab, yuz-
ko‘zidan hidlab tursa, egasidan judo bo‘lgan, jangda uni yo‘qotib
qo‘ygan Boychibor esa o‘z makoniga — xo‘jasining uyiga talpinadi.
Butun el-yurt „yerni titratib“, „tepib-kishnab“
kelgan Boy-
chiborni ko‘rib, hayron va hayrat bilan yoqa ushlab qoladi:
Ot keldi uyin tanib,
Hidladi ostonani.
Òulpor turar o‘rtanib,
Yurti shu — sog‘ingani.
157
Shundan vafodor tulpor —
Nomi sevib alqandi.
U haqda takror-takror —
Kuylanib doston qoldi.
„Boychibor“ dostoni orqali shoir bolalarni ona-Vatanni
sevishga, uning har bir qarich yeri uchun qon to‘kishga, hay-
vonlarni, ayniqsa, otlarni sevishga — ularni ehtiyotlab parvarish
qilishga o‘rgatadi.
„Olmaxon“ ertak-dostonida Sobir ismli bolakayning o‘jarligi,
qo‘pol-qo‘rsligi, olmaxonga nisbatan noo‘rin
xatti-harakati tanqid
qilinadi.
Òo‘lan Nizom marhum shoir Cho‘lpon to‘g‘risida „Cho‘l-
pon“, o‘zbek mumtoz adabiyotining otashin kuychilaridan
biri Bobarahim Mashrab haqida „Ruhi ravonim“ kabi doston-
lar ijodkori hamdir. Cho‘lponning ona shahri Andijonda Òo‘-
lan Nizom qalamiga mansub „Cho‘lpon“ spektakli bir necha
yillardan beri namoyish qilib kelinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: