Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro tibbiyot instituti Ichki kasalliklar propedevtikasi kafеdrasi



Download 14,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet306/393
Sana28.01.2022
Hajmi14,95 Mb.
#414749
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   393
Bog'liq
ichki kasalliklar propedevtikasi

3. Paroksizmal taxikardiya. 
Bunda yomir urishining keskin tezlashish huruji vujudga 
keladi (daqiqasiga 160-200 marta urish). 
4. Miltillovchi aritmiya. 
Bunda tomir urish to‘lqini har xil kuch va balandlikda, xilma – xil 
bo‘ladi, tartibsiz uradi. 
5. Yurak blokadasi. 
To‘liq ko‘ndalang, bunda tomir urishi siyrak, 1 daqiqada 40 tadan 
kam, to‘g‘ri, jismoniy yuklamada tezligi o‘zgarmaydi. Kam hollarda oqsoqlanuvchi tomir urishi
kuzatiladi (p. alternans), bunda bir tekis kuchli va kuchsiz tomir urish to‘lqinlari almashinib turadi. 
Tomir urishining alohida ko‘rinishlaridan biri paradoksal tomir urishi hisoblanadi, bunda nafas 
olish vaqtida tomir urishi juda kuchsiz bo‘lib qoladi yoki yo‘qoladi, bunday tomir urishi yopishqoq 
mediastinoperikarditda va yurak sistolasini qiyinlashtiruvchi diafragma bilan perikard yopishib 
qolganda kuzatiladi. 
Tomir urish tarangligi quyidagicha aniqlanadi: arteriya uchta barmoq bilan tekshiriladi, 
bunda proksimal qo‘yilgan barmoq bilan shunday bosim kerakki, distal qo‘yilgan barmoq tomir 
urish tebranishini sezmasligi kerak. Tarangligiga qarab tomir urishi qattiq (p. durus), yumshoq (p. 
mollis) yoki o‘rtacha taranglikda bo‘lishi mumkin. Tomir urishning to‘laligi arteriya hajmining 
maksimal va minimal tebranishi o‘rtasidagi farq bilan aniqlanadi. Tomir urishi to‘liq (p. plenus) 
yoki bo‘sh (p. vacuus) bo‘lishi mumkin. 
Tomir urishning to‘la emasligi ko‘pincha arterial bosimning pastligini aks ettiradi va o‘tkir 
tomir yetishmovchiligi belgisi hisoblanadi. 
Tomir tarangligi va to‘laligidan tomir urishining kattaligi kelib chiqadi, bundan yurak – 
tomir sistemasining qanday ishlashi aniqlanadi. 
Og‘ir kechadigan yurak – qon tomir yetishmovchiligida tomir urishining o‘zgarishi 
kuzatiladi. Bu vaqtda yurak qisqarishi tezlashib tomir tarangligi vato‘laligi buziladi, u zo‘rg‘a 
qo‘lga unnaydi, bunga tomirning bilinar – bilinmas ipsimon urishi (p. filiformis) deyiladi. 
Tomir urishning holati tomir urish to‘lqinlarining ko‘tarilishi va pasayish tezligiga bog‘liq 
bo‘ladi. Tomir urishi tez (p. celer) va sekin (v. tardus) bo‘lishi, bir vaqtning o‘zida ham tez, ham 
baland bo‘lishi mumkin (p. celer et altus).


245 
Bu aorta qopqoqlarining yetishmovchiligiga xos bo‘ladi, chunki bu vaqtda qonning chap 
qorinchaga qaytib tushishi natijasida diastola bosimi keskin pasayadi va sistolik bosim ortib 
qonning otilish hajmi ko‘payadi. 
Tomirning sekin urishi bir vaqtning o‘zida kichik bo‘lishi ham mumkin (p. tardus et parvus). 
Bunday tomir urishi aorta chiqish joyining torayishiga xos. Bunda qonning chap qorinchadan 
aortaga otib chiqarilishi qiyinlashadi, natijada aortada bosim pasayadi. 
Uncha to‘liq bo‘lmagan va to‘liq tomir urishida asosiy tomir urish to‘lqinidan so‘ng 
ikkilamchi to‘lqin vujudga keladi, bunday tomir urishi dikrotik (p. dicroticus) tomir urishi deb 
ataladi. Ular yuqumli kasalliklarda chekka arteriyalarning tarangligi pasayib ketganda va yurak 
muskullari yallig‘lanishida kuzatiladi. 
Arteriya devorining holatini aniqlash uchun tomir yoniga sirg‘anib tushadigan paypaslab 
o‘tkaziladi. Arteriyada qo‘shuvchi to‘qima rivojlanib chandiq hosil bo‘lganda yoki uning devoriga 
kalsiy tuzlari yig‘ilganda uning ayrim qismlari qattiqlashib qoladi va paypaslaganda ezilmaydi. 
Ba‘zi hollarda tomir urishi ikki qo‘lda ikki xil bo‘lishi mumkin (p. differens). Tomir
urishining har xilligi uning kattaligi bilan aniqlanadi. Bu holat tug‘ma yoki tomirlarning tashqaridan 
ezilishi natijasida kelib chiqishi mumikin (chandiq, shish, limfa va boshqalar). Ikki tavaqali teshik 
torayganda chap bo‘lmacha kattalashadi, natijada chap o‘mrov osti arteriyasini ezib chap qo‘ldagi 
tomir urishi sustlashishiga sabab bo‘ladi. 
Tomir urishini yelka, uyqu, son, tizza osti, tovon va boshqa arteriyalarda ham tekshirish 
mumkin. Tizza osti va tovon arteriyalari urishini aniqlash oyoq arteriyalarining ichki devori 
yallig‘lanib bitib qolganda katta ahamiyatga ega (endoarteriit). 
Yurak – qon tomir sistemasining ba‘zi bir kasalliklari qo‘l va oyoqdagi tomir urishining 
kattaligi har xil bo‘ladi. Aorta bo‘ynining torayishida ―koarktatsiya‖ oyoqlarida tomir urishi keskin 
susayadi, qulay va uyqu arteriyalarida odatdagidek bo‘ladi. 
Takayasi kassaligida tomir urishining aniqlanmasligi, yirir arteriyalarning yallig‘lanib, bitib 
qolishi natijasida tomir urishining susayishi yoki yo‘qolishi kuzatiladi. 

Download 14,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish