Tomir urish maromi.
Odatda tomir urish to‘lqinlari bir xil vaqt oralig‘ida davom etadi -
tomir urish to‘lqini maromli (p. regularis). Qator patologik holatlarda bu marom buziladi (p.
irregularis). Tomir urishini paypaslab quyidagi aritmiyalarni aniqlash mumkin:
1. Sinus aritmiyasi,
bunda nafas olganda tomir urishining tezlashishi va nafas chiqarganda
sekinlashishi, bolalarda esa fiziologik holat sifatida nafas aritmiyasi kuzatiladi.
2. Ekstrasistoliya.
Bunda ritmik
tomir urish fonida navbatdan tashqari to‘lqin hosil bo‘lib, u
davomli pauza (to‘xtalish) bilan kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |