207
vezikulyar nafasning susaygani, bundan tashqari, qisqa muddatli erta paydo bo‘ladigan
krepitasiya eshitiladi. Ayrim vaqtlarda plevra ishqalanishi shovqini eshitiladi.
Kasallikning II bosqichda bemor yo‘talganda temir zangi rangidagi balgam ajraladi.
(o‘zgargan gemoglobin borligi sababli). Bemorning umumiy holati anchagina ogir bo‘lib, o‘pkani
yalliglangan tomonida paypaslab ko‘rilganda ko‘krak qafasi elastikligi kamayligi, og‘riq
borligi, tovush dirillashi kuchayganligi aniqlanadi. Perkussiya qilinganda esa o‘ta bo‘g‘iq
tovush eshitiladi. Auskultatsiya qilinganda esa bronxlar nafas shovqini eshitiladi.
III bosqichda shilliqli va yiringli balg‘am ajrala boshlaydi, paypaslanganda, perkussiyada
va auskultatsiyada bu o‘zgarishlar II bosqichdagiga o‘xshash bo‘ladi.
Kasallikning IV bosqichida esa tana harorati krizis yoki lizis yo‘li bilan pasayib, shilliqli
balg‘am ko‘proq ajrala boshlaydi. Bemorning umumiy holati yaxshilana boshlaydi.
Paypaslanganda og‘riqning kamayginini yoki yo‘qolganini, tovush dirillashi pasayganligini,
ko‘krak qafasi rezistentligining tiklanayotganini aniqlash mumkin. Perkussiya qilinganda bir
oz bo‘g‘iq tovush, auskultatsiya qilinganda, bromxovezikulyar nafas shovqini, dag‘al
krepitatsiya va ho‘l xirillash eshitilishi mumkin.
Krupoz zotiljamda nafas olish a‘zolaridan boshqa a‘zolarida ham sezirarli o‘zgarishlar
o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkin.
Yurak- tomirlar sistemasida yurak urishi tezlanishi, arterial qon bosimining pasayishi
mumkin. Yurak tonlari susatadi. Bu o‘zgarishlar qari, holsizlangan bemorlarda ko‘proq jiddiy
oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Markaziy nerv sistemasida bo‘ladigan patologik o‘zgarishlar ko‘proq spirtli ichimliklarni
istemol qiladigan bemorarda yuz beradi.
Buyrak sistemasidagi o‘zgarishlar: kasalning siydagi kamayadi, uning solishtirma og‘irligi
oshadi. Ayrim hollarda siydik bilan oksil ajralib chiqadi.
Kasallikning to‘liq aniqlash uchun bemorning qonini, balg‘amini, siydigi, qon oqsilini
laboratoriyada tekshirish kerak. Bemorning qonini umumiy aqnaliz qilinganda qonda
leykositlar soni neytrofillar hisobiga ko‘payadi (leykositoz). Leykositlar formulasi chap
tomonga siljiydi, eritrositlar soni ko‘payadi. Eritrositlarning cho‘kishi tezlashadi. Qonda yirik
dispers oqsillarning nisbiy miqdori ortadi. Bemorning balg‘amidagi o‘zgarishlar kasallikning
kechish bosqichlari bog‘liq ravishta I bosqichda shilliqli, II bosqichda qon aralash (temir
zangiga o‘xshash), III-IV bosqichlarda shilliqli va yiring aralash bo‘ladi.
Krupoz zotiljam kasallikni aniqlashda rengen usuli bilan tekshirish muhim rol
o‘ynaydi. Oldingi va tomondan tushirilgan rentgen tasvirlarda kasallangan o‘pka bo‘lagi
soyasining zichlashganligini ko‘rish mumkin. Rentgenogrammada yallig‘lanish o‘pkaning
qaysi bo‘lagidaligini, hajmini aniqlash mumkin.
Krupoz zotiljam kasaligining asoratlari o‘pkada va o‘pkadan tashqarida bo‘lishi
mumkin.
I. O‘pkadagi asoratlari: o‘pkada absyess, plevraning yallig‘lanishi, nafas qisish
belgilarining paydo bo‘lishi, o‘pkaning surunkali yallig‘lanishga o‘tishi hisoblanadi.
II. O‘pkadan tashqarida bo‘ladigan asoratlarga infeksion toksik shok, o‘tkir yurak – qon
tomirlarlar sistemasi yetishmovchiligi, buyrak yetishmovchiligi, oshqozon- ichak shilliq
qavatida yaralar vujudga kelishi, DVS sindrom, infeksion-allergik miokardit,
endokardit, perikardit, meningit, nefrit, gepatit kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: