Узбекстан тарийхы лекция



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/169
Sana27.01.2022
Hajmi1,54 Mb.
#414213
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   169
Bog'liq
ozbekiston tarixi fani predmeti vazifalari va uning organish manbalari

> 
Moddiy 
> 
manbalar 
> 
> 
> 
> 
> 
> 
Yozma 
> 
manbalar 


yoritishga bag`ishlangan bir qator kitoblar -Shihobiddin an-Nasaviyning «Sulton Jaloliddin 
Manguberdi hayoti tafsiloti» (T.: O`zbekiston, 1999), Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma» (T.: 
O`zbekiston,1996), Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» (T.: Sharq, 1997), Ibn 
Arabshohning «Amir Temur tarixi. Ikki jildlik» (T.: Mehnat, 1992), Hofiz Tanish al-
Buxoriyning «Abdullanoma» (T.1999), Mulla Muhammad Solihning «Shayboniynoma» 
(T.1989), Bayoniyning «Shajarayi Xorazmshohiy» (T.1991) va boshqalar qimmatli manba 
sifatida diqqatga sazovordir. 
Bizgacha etib kelgan bunday moddiy va yozma manbalar O`zbekiston tarixini 
o`rganishda muhim ahamiyatga ega. O`zbekiston Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik 
instituti, Sharq qo`lyozmalar fondi dunyodagi eng yirik qo`lyozmalar xazinalaridan hisoblanadi. 
Bu erda 40 mingdan ziyod qo`lyozma nusxalari, 30 mingdan ortiq toshbosma kitoblar va 10 
mingdan ortiq Sharq tillarida yozilgan hujjatlar mavjud. Shuningdek, Vatanimiz tarixiga oid 
muhim qo`lyozma hujjatlar, nodir kitoblar, qimmatli ma`lumotlar horijiy mamlakatlardagi ilm 
maskanlari, kutubxonalarda saqlanmoqda. Ana shu qo`lyozma hujjatlar va kitoblarning hozirgi 
o`zbek tiliga tarjima qilinishi va nashr etilishi Vatanimiz tarixini yanada to`laroq, xolisona 
yoritilishiga, tariximiz sahifalaridagi «oq» va «qora» dog`larning barham topishiga 
ko`maklashadi. 
O`zbekiston tarixiga doir tarixiy manbalar haqida ma`lumotlar B.Ahmedovning 
«O`zbekiston xalqlari tarixi manbalari» (T.1991), T.Saidqulovning «O`rta Osiyo xalqlari 
tarixining tarixshunosligidan lavhalar» (T.1993) nomli kitoblarda to`laroq berilgan, o`quv 
jarayonida ulardan foydalanish zarur. 
O`zbekiston tarixini o`rganishda etakchi zamonaviy tarixchi olimlarimiz tomonidan 
yaratilgan tarixiy asarlar, darslik va o`quv qo`llanmalar muhim o`ringa ega. Ulardan eng 
muhimlarining nomlari, mualliflari haqidagi ma`lumotlar mazkur darslikning oxirida, 
foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati bo`limida berilgan bo`lib, ularni o`qish, o`rganish talabalarga 
tavsiya etiladi. 
Tariximiz to`g`risida to`la tasavvur hosil qilish uchun O`zbekiston tarixi davlat muzeyi, 
Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O`lkani o`rganish va boshqa muzeylar, Samarqand, Buxoro, 
Xiva, Shahrisabz, Qarshi, Urganch, Toshkent va boshqa shaharlar, ulardagi tarixiy yodgorliklar 
bilan yaqindan tanishish zarur. 
Ajdodlarimiz qoldirgan moddiy va ma`naviy yodgorliklar bilan tanishar ekanmiz, ularda 
xalqning mehnati, fikr-o`ylari, orzu-umidlari, his-tuyg`ulari mujassamlashganini qalban his 
etamiz, anglab etamiz. Ana shunda bu tarixiy yodgorliklarning chiroyli ko`rinishidan 
huzurlanibgina qolmasdan, ajdodlarimizga, xalqimizga, millatimizga nisbatan mehr-
muhabbatimiz ortadi, Vatanimiz bilan faxrlanamiz. 
3. Barkamol avlodni shakllantirishda Vatan tarixining ahamiyati. 
O`zbekiston tarixi yoshlarga xalqimizning o`tmishi, tarixi haqida bilim berish bilan bilan 
chegaralanib qolmaydi, u yoshlarni vatanparvar, ma`naviy jihatdan komil fuqaro etib 
shakllantirishga xizmat qiladi. Vatanimiz tarixi «Har bir fuqaroni, jumladan, yoshlarimizni boy 
madaniy merosimizni qadrlashga, uni ko`z qorachig`iday avaylab-asrashga, yurak-yurakdan 
iftixor qilishga o`rgatadi. O`zimizning boy o`tmish merosimizdan madad va ibrat olishga imkon 
beradi. Odamlar qalbida ezgulik tuyg`ularini uyg`otib, bugungi avlod kimlarning avlodi, 
kimlarning zoti va vorislari ekanini anglashga undaydi». 
Mustaqillik qo`lga kiritilgach, Vatanimiz tarixida burilish pallasi, ma`muriy-
buyruqbozlik boshqaruviga asoslangan totalitar tuzumdan erkin, demokratik tuzumga o`tish davri 
boshlandi. O`tish davrida eski ideallar, g`oyalar, odatdagi tafakkur va axloq me`yorlari buziladi, 
milliy qadriyatlar qayta baholanadi, al`ternativ nuqtai nazarlar paydo bo`ladi, allaqachon 
unutilgan qarashlar qayta uyg`onadi, ziddiyatlar keskinlashadi. Vujudga kelgan murakkab 
sharoitda birovlar tarixning borishini bilish mumkin emas, deb talvasaga tushsa, boshqalar 


eskirgan, rad etilgan «haqiqat»ga yopishib olib, tarix g`ildiragini orqaga qaytarishni orzu qiladi, 
urinadi. Tarixiy tajriba va saboqlar esa dunyoda nimalar o`zgardi, nima uchun o`zgardi, qanday 
qarashlardan tezroq xolis bo`lish kerak, degan savollarga javob topishga, yangi jamiyat 
qurishning al`ternativ yo`llarini mushohada qilib, eng to`g`risini topishga, xatoga yo`l 
qo`ymaslikka undaydi. Bunda tarix to`g`ri yo`lni ko`rsatuvchi kompas bo`lib xizmat qiladi. 
Davlat mustaqilligini o`z qo`liga olgan ozod, hur O`zbekistonda Vatan, istiqlol taqdiri 
bugungi baxtli avlodlar qo`lida. Mustaqillikni asrab-avaylash, mustahkamlash, mamlakatimizni 
keyingi avlodlarga yanada qudratli, obod, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlangan holda etkazish 
zamonamizning dolzarb vazifasiga, talabiga aylandi. Bu mas`uliyatli, ayni paytda sharafli 
vazifaning qay darajada ado etilishi bugungi avlodlarga, xususan yoshlarga, ularning ma`naviy 
barkamolligiga bog`liq. «Biron bir jamiyat, - deb ta`kidlaydi Yurtboshimiz Islom Karimov, - 
ma`naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma`naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay 
hamda mustahkamlamay turib o`z istiqbolini tasavvur eta olmaydi». 
Har 
qanday 
jamiyat 
taraqqiyotining 
asosiy 
kuchi 
ma`naviyat 
va 
ma`rifatdadir. 
Ma`naviy 
barkamollikni 
tarbiyalashda 
Vatan 
tarixi 
muhim 
omildir. 
«Ma`naviyat, 

deb 
yozadi 
Islom 
Karimov, 

o`z 
xalqining 
tarixini, 
uning 
madaniyati 
va 
vazifalarini 
chuqur 
bilish 
va 
tushunib 
etishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi», ...tug`ilib o`sgan yurtida o`zini boshqalardan 
kam sezmay, boshini baland ko`tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak... 
Tarixiy xotirasi bor inson - irodali inson». 
Insonda tarixiy xotira o`z Vatani tarixini, o`z xalqi, ajdodlari tarixini bilish orqali 
shakllanadi. Yaqin o`tmishda mustamlakachilar, totalitar tuzum mutasaddilari ko`pgina 
xalqlarni, jumladan, o`zbek xalqini o`z tarixidan judo qilish, ularni o`z o`tmishiga loqaydlik 
bilan qaraydigan, nasl-nasabini eslolmaydigan manqurtlarga aylantirish siyosatini yuritdi, 
amaliyotda esa xalqimiz tashqi dunyodan butunlay uzib qo`yildi, uning bir necha ming yillik boy 
tarixi soxtalashtirildi, uni yoshlarga o`qitish va o`rgatishga izn berilmadi. 
Mustaqillik sharofati bilan Vatanimiz tarixi o`z o`rnini topdi, barcha o`quv maskanlarida 
talaba-o`quvchilarga Vatan tarixini o`qitish davlat siyosati darajasiga ko`tarildi, Vatan tarixini 
o`qitish yo`lga qo`yildi. Vatanimiz tarixi millatning, yoshlarning haqiqiy tarbiyachisiga 
aylanmoqda. Bu borada Prezident Islom Karimovning «Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq 
xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo`lmaganidek, o`z tarixini 
bilmagan xalqning kelajagi ham bo`lmaydi», «Tarix - xalq ma`naviyatining asosidir», «Tarixiy 
xotirasiz kelajak yo`q», «O`zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi», «Inson uchun tarixdan 
judo bo`lish - hayotdan judo bo`lish demakdir»
4
degan ifodali so`zlari va ko`rsatmalari 
dasturilamal bo`lib xizmat qilmoqda. 
Tarix talaba-o`quvchilarda olam yagona va yaxlit, O`zbekiston uning ajralmas bir qismi, 
olamda sodir bo`ladigan voqea, hodisalar umumiy va o`zaro bog`lanishda, uzluksiz harakatda 
ekanligi to`g`risida to`g`ri tasavvur, tushunchalarni shakllantiradi. 
O`z o`tmishini, ajdodlari tarixini yaxshi bilgan insonning irodasi kuchli bo`ladi, uni har 
xil aqidalar girdobiga tushishdan saqlaydi. O`tmishni bilgan, tarix saboqlarini anglab etgan inson 
hozirgi zamonni yaxshi tushunadi, kelajakni to`g`ri tasavvur etadi. Muxtasar aytganda, Vatan 
tarixi talaba-o`quvchilarda xalqning o`tmishi, hozirgi zamoni va kelajagi yagona tarixiy jarayon 
degan tushunchani shakllantiradi. Bu o`z navbatida yoshlarni tarixiy jarayonlarning oddiy 
kuzatuvchisi bo`lib qolishdan saqlaydi, ularni olg`a intilishga, taraqqiyotga ko`maklashishga 
undaydi. 
O`zbekiston tarixi talaba-o`quvchilarga bugungi kunda mamlakatimizda amalga 
oshiralayotgan demokratik islohotlarning mohiyati va natijalarini, milliy, huquqiy davlatchilikni 
barpo etish, demokratik, fuqarolik jamiyat qurish, ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini 
shakllantirish jarayonlarini o`rgatadi. Bu o`z navbatida yoshlarda ilmiy dunyoqarashni, siyosiy 
madaniyatni tarbiyalaydi, jamiyatda o`z o`rnini to`g`ri belgilashga ko`maklashadi. 
Xalqimizning buyukligi, kuchi, uning boy ma`naviy merosga ega ekanligi bilan 
belgilanadi. Xalqimizning ma`naviy poydevori juda qadimiy va mustahkam. Ajdodlarimiz 


etishtirib bergan o`nlab, yuzlab jahonga mashhur olimu-ulamolar, me`moru-binokorlar, 
naqqoshlar, zargarlar, hunarmandlar, davlat arboblari, xalq qahramonlari hayoti, dunyoda 
birinchilar qatorida bunyod etilgan ilm va ta`lim maskanlari faoliyati talaba-o`quvchilar uchun 
katta ibrat maktabi, tarix sabog`idir. Kelajak sari intilayotgan yoshlar uchun bu boy ma`naviy 
meros mustahkam tayanchdir. Uning zaminida tinimsiz va mashaqqatli mehnat, har qanday 
to`siqlarni engish, ilmga va ziyoga intilish kabi xislatlar yotadi. Bunday xislatlar Vatan tarixini 
o`qitish orqali yoshlarga singdiriladi. 
Vatan tarixi xalqimizning asrlar davomida ko`pgina xalq, elatlar bilan ahl, hamjihat 
bo`lib yashaganligidan, yurtimizda turli diniy e`tiqodlar erkinligi va inoqligi bo`lganligidan 
guvohlik beradi. Bu mustaqil O`zbekistonda yashovchi turli dinlarga e`tiqod qiluvchi 120 dan 
ortiq millat va elatlar o`rtasida tinchlik, milliy totuvlik, birodarlikni yanada mustahkamlashga 
xizmat qiluvchi tarixiy saboqdir. 
Kelajagi buyuk davlat qurayotgan bugungi avlodlar uchun o`zbek davlatchiligi tarixi, 
ming yillar davomida shakllanib, takomillashib kelgan siyosiy-huquqiy institutlar, qonun-
qoidalar tajribasi O`zbekistonning mustaqilligini yanada mustahkamlash, huquqiy davlat, 
demokratik jamiyat qurishda mustahkam tayanch va madadkordir. 
Tarixiy xotira, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma`naviy merosni egallash talaba-
o`quvchilarda halollik, odillik, rostgo`ylik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, ilmga intilish kabi 
insoniy fazilatlarni shakllantirishga ko`maklashadi. 
Vatan tarixi yoshlarda jamiyatda ertaroq mustaqil faoliyat yuritish, o`z qobiliyatini 
to`laroq ochish va hayotga tatbiq etish sifatlarini shakllantiradi, Vatan, xalq taqdiri uchun 
mas`uliyatni o`z zimmasiga olish kabi yuksak ma`naviy burchni tarbiyalaydi, milliy g`oya bilan 
qurollantiradi. 
Shu boisdan Vatan tarixini har tomonlama, chuqur o`rganish muhim ahamiyatga molik 
vazifadir. Mamlakatimizda mustaqillik sharofati tufayli bog`chalardan tortib Oliy o`quv 
yurtlarigacha bo`lgan ta`lim-tarbiya tizimlarida O`zbekiston tarixi fanini o`qitishga davlat 
darajasiga ko`tarilgan vazifa sifatida katta e`tibor berilmoqda, g`amxo`rlik qilinmoqda. «Tarix 
millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari 
tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat 
manbaiga aylanmoqda». 
Nazorat uchun savollar: 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish