Узбекстан тарийхы лекция


«Tarix millatlarning o`tmishi, taraqqiyoti hamda tanazzulining sabablarini



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/169
Sana27.01.2022
Hajmi1,54 Mb.
#414213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169
Bog'liq
ozbekiston tarixi fani predmeti vazifalari va uning organish manbalari

«Tarix millatlarning o`tmishi, taraqqiyoti hamda tanazzulining sabablarini 
o`rganaturg`on ilmdir». 
Abdurauf Fitrat 
Tarixni o`rganish, bilish – bu kishilik jamiyatining rivojlanish qonuniyatlarining 
taraqqiyotning mavjud bosqichidan yangi bosqichiga o`tish jarayonini, insonlarning inqirozli, 
turg`unlik holatiga tushish sabablari va bu holatdan chiqish yo`lidagi tajribalarini, har bir zarrasi 
qimmatga tushgan o`tmish sabog`ini umumlashtirish, tushunib etish, anglab olish demakdir. 
Tarix fani tarixiy jarayonning qonuniyatlari va tendentsiyalarini tushunib etishga, hozirgi 
zamonni to`g`ri anglab olishga, kelajakni asosli ravishda ko`ra bilishga ko`maklashuvchi ilmdir. 
Tarix ko`p qirrali, keng qamrovli fan bo`lib, uni alohida mamlakatlar va xalqlar tarixi, 
mintaqalar tarixi, jahon tarixi kabilarga bo`lib o`rganish ham mumkin. 
Har qaysi mamlakat, har bir xalq o`zining uzoq va betakror tarixiga ega bo`lganidek, 
O`zbekistonning, o`zbek xalqining tarixi ham boy va sermazmundir. Qadim zamonlardayoq 
Turon, Turkiston deb e`tirof etilgan ona Vatanimiz turli tarixiy yozma va arxeologik manbalarga 
ko`ra Xitoy, Hindiston, Eron, Misr, Rim kabi qadimiy va buyuk mamlakatlar qatori dunyoda 
mashhurdir. Vatanimiz jahon tarixining turli xalqlar, tsivilizatsiyalar tutashgan eng qaynoq 
chorrahalaridan biri sifatida butun insoniyat tarixining borishiga ma`lum darajada ta`sir etib 
bordi. Shu bilan birga ajdodlarimiz hayotiga boshqa xalqlar, tsivilizatsiyalarning ham ta`siri 
bo`ldi. Ming yillar davomida o`zbek xalqining fors, hind, yunon, arab, rus va boshqa xalqlar 
bilan ma`lum darajada arala
щ
uvi sodir bo`lgan, ularning madaniyati, fani, san`ati va umuman 
turmush tarzi bir-biridan bahra olgan, mushtaraklashgan. 
O`zbekiston xalqining boy va qadimiy davlatchilik tajribasi bor. Hozirgi O`zbekiston 
hududida dastlabki mustaqil davlat tuzilmalari miloddan avvalgi birinchi ming yillik 
boshlaridayoq paydo bo`lib, qariyb 3000 yil davomida takomillashib borgani va dunyo 
davlatchiligi rivojida eng yuksak darajaga ko`tarilgani jahonga ma`lum. 
Vatanimiz tarixi o`zbek xalqining jahon tarixi va madaniyati xazinasiga ulkan hissa 
qo`shganligidan guvohlik beradi. Buyuk bobolarimiz – Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu 
Nasr Farobiy, Ahmad al-Farg`oniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad inb 
Ismoil al-Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, AmirTemur, 
Mirzo Ulug`bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa yuzlab allomalarimiz 
bilan nafaqat o`zbeklar, balki butun turk dunyosi, qolaversa, butun er yuzi xalqlari faxrlanadilar. 
Ajdodlarimiz barpo etgan Samarqand, Buxoro, Xiva kabi ko`hna shaharlar bugungi 
kunda jahon miqyosidagi ziyoratgohga aylangan. O`zbekistonga tashrif buyurayotgan xorijiy 
davlat va jamoat arboblari, ziyoratchilar bu shaharlarni, ulardagi ajoyib tarixiy, milliy 
me`morchilik majmualari va yodgorliklarni ko`rib, ularda mujassamlashgan xalq ustalarining 
iste`dodi va yuksak badiiy mahoratiga qoyil qolib, ularga tahsinlar o`qimoqdalar. Muqaddas 
erimiz orqali o`tgan Buyuk ipak yo`li Osiyo va evropadagi xalqlar va mamlakatlarni bir-biriga 
bog`lab turgan, xalqaro hamkorlikka xizmat qilgan. 
O`zbekiston tarixi fanining predmeti xalqimizning eng qadimgi zamonlardan to hozirgi 
kunlargacha bosib o`tgan uzoq va murakkab tarixiy yo`lini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy 
va ma`naviy hayotini holisona o`rganishdan, tushuntirishdan iboratdir. 
O`zbekiston tarixi fani ajdodlarimiz hayoti bilan bog`liq holda sodir bo`lgan voqealar 


rivojining ichki mantiqini, sabablari va oqibatlarini, asrlar davomida to`plangan amaliy tajriba va 
saboqlarni o`rgatadi. 
Vatanimiz tarixi o`zbeklarning xalq, millat bo`lib shakllanish jarayonini, ajdodlarimiz 
qoldirgan boy ma`naviy merosni, davlatlarning tashkil topishi va ularning ichki va tashqi 
siyosatini o`rgatadi. 
O`zbekiston tarixi fani xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo`liga kirishi, mustaqillik 
yillarida milliy huquqiy davlatchilik qurilishi, demokratik fuqarolik jamiyatni shakllantirish,
erkin bozor iqtisodiyotini yaratish, jahon hamjamiyatiga integratsiyalashish jabhalaridagi 
faoliyatini o`rgatadi. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish