Tasviriy san`atda Shamsiddin Muhammad ibn Abdulhay, Shayx Turoniy, Abdulla Hiraviy,
Ustoz Gung, Ustoz Jahongir nomlari alohida ko`zga tashlanib turadi. Ular chizgan yorqin
tasvirlar, portretlar, tabiat manzaralari yohud jang tafsilotlari o`zining tabiiyligi, tiniqligi va
originalligi bilan kishini hayratga soladi.
Amir Temur nabirasi (Shohruh Mirzo o`g`li) Boysunqur Mirzo homiyligida bunyod topgan
o`ziga xos badiiy akademiya rolini o`ynagan uning Nigoristonida ijod qilgan ko`plab
mo`yqalam sohiblari tomonidan mukammal tarzda ishlangan son-sanoqsiz rangli tasvirlar,
miniatyura namunalari, kitob bezaklari, chunonchi, hind xalqi eposi «Kalila va Dimna»,
Sa`diyning «Guliston», Firdavsiyning «Shohnoma», Nizomiyning «Xamsa» va boshqa asarlarga
ishlangan tasviru bezaklar hanuzga qadar ham o`z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |