asari asrlar davomida butun musulmon
dunyosida yuksak qadrlanib, necha bor nashr etilib, er
yuzi musulmonlari uchun dasturilamal qo`llanma bo`lib kelmoqda. Uning 1325 yilda
ko`chirilgan 8 jilddan iborat mukammal nusxasi hozirda Istanbul (Turkiya)da saqlanmoqda.
Uning asarlarida ifodalangan mehr-muhabbat, sahiyliq ochiq ko`ngilliq kattalarga hurmat, etim-
esirlarga muruvvat, beva-bechoralarga himmat, vatanga muhabbat, halolliq pokizalikka da`vat
etuvchi
yuksak insoniy fazilatlar, olijanob tuyg`ular hamisha insonlarga ma`naviy oziqa
bag`ishlab kelgan.
Imom al-Buxoriyning zamondoshi va shogirdi, o`z davrining mashhur allomasi - Abu Iso
Muhammad at-Termiziy (824-892) ham hadisshunoslik ilmini yuksak bosqichga ko`targan
yorqin siymolardandir. O`rta asrlar davrining yirik madaniy markazlaridan sanalgan Termiz
shahri atrofida (Bug` qishlog`i - hozirgi Sherobod tumani) tavallud topgan bo`lg`usi alloma o`z
ona yurtida dastlabki ma`lumot olganidan so`ng O`rta Osiyoning Urganch, Buxoro, Samarqand
kabi yirik shaharlarida bilimini takomillashtiradi. Bundan ham etarli qanoat hosil qilmagan,
hamisha ilmga chanqoq at-Termiziy Sharq mamlakatlariga sayohatga chiqadi. Shu tariqa, u uzoq
yillar Iroqda, Isfahon, Xuroson, Makka, Madina
singari shaharlarda yashab, ilm-fanning turli
sohalaridan-ilm al-qiroat, ilm al-bayon, fikh, tarix va ayniqsa hadis ilmidan o`sha zamonning
yirik ustozi buzruklaridan ta`lim oladi. Ayni paytda at-Termiziyning o`zi ham yuzlab
shogirdlarga mehribon ustoz bo`lib, ularning hadis ilmining bilimdonlari
sifatida shuhrat
topishlariga katta homiylik ko`rsatgan. At-Termiziydan bizgacha katta ilmiy meros etib kelgan.
Uning asosiy asarlari sirasiga «Al-Jomi`» («Jamlovchi»), «Al-ilal fi-l-hadiys» («Hadislardagi
og`ishmalar»), «Risola fi-l-xilof va-l-jadal» («Hadislardagi ixtilof va baxslar haqida risola»),
«At-tarix» («Tarix») kabilarni nisbat berish mumkin.
Biz tilga olayotgan tarixiy davrning yana bir muhim jihati shundaki, bunda islom dini va
uning asosiy tamoyillarini har tomonlama chuqur tadqiq etish hamda rivojlantirishga o`z
hissasini qo`shgan, tasavvuf va tariqat ilmida benazir bo`lgan vatandosh allomalarimiz
faoliyatiga ham bir nazar tashlab o`tmog`imiz joiz bo`ladi. Avvalo, tasavvuf – bu odamlarni
halollikka, poklikka undovchi barcha musulmonlarning o`z halol mehnati bilan kun ko`rishini,
boshqalar kuchidan foydalanmaslikni, ijtimoiy adolat qoidalariga rioya etishni targ`ib
etuvchi
ta`limotdir. Ulug` ajdodlarimiz – Xoja Ahmad Yassaviy, Abduholiq G`ijdivoniy, Najmiddin
Kubro, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiylar ana shu ruhdagi g`oyalarni ilgari surgan
edilar. Zero, «Yassaviya», «Kubraviya», «Naqshbandiya» tariqatlarida insonlar Alloh yo`lida,
haq yo`lida tinimsiz toat-ibodat, tavba-tazarru qilish barobarida ularning peshona terisini to`kib,
halolu pok mehnat qilish, doimiy sa`y-harakatlarda bo`lishlari kerakligi urg`ulanadi.
Jumladan,
«Yassaviya» ta`limotida pokliq halolliq to`g`riliq mehr-shafqat, o`z qo`l kuchi, halol mehnati
bilan hayot kechirish, Alloh visoliga etishish yo`lida insonni botinan va zohiran har tomonlama
takomillashtirish kabi ilg`or umuminsoniy qadriyatlarning ifodalanganini ko`ramiz. Bu hol
boshqa islomiy ta`limotlar uchun ham birdek xosdir.
Nazorat uchun savollar:
1. IX-XII asrlarda yurtimizda moddiy va ma`naviy madaniyatning yuksalishiga qanday tarixiy
shart-sharoitlar va omillar ta`sir ko`rsatgan?
2. Bizning zaminimizda ilm-fanning qaysi muhim yo`nalishlarining tamal toshi qo`yilgan?
3. Jahon fani va tsivilizatsiyasi ravnaqiga salmoqli hissa qo`shgan O`rta osiyolik allomalarni
tilga oling.
4. Turkiy (eski o`zbek) adabiyot rivojiga hissa qo`shgan buyuk adiblar ijodi to`g`risida nimalarni
bilasiz?
5. IX-XII asrlar badiiy adabiyotida fors-tojik adiblarining tutgan o`rni qanday?
6. Imom Buxoriy va Imom at-Termiziylarning hadis ilmini rivojldantirishdagi xizmatlarini
gapirib bering.
7. Tasavvuf ta`limoti haqida siz nimalarni bilasiz?