Узбекстан тарийхы лекция



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/169
Sana27.01.2022
Hajmi1,54 Mb.
#414213
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   169
Bog'liq
ozbekiston tarixi fani predmeti vazifalari va uning organish manbalari

QO’SHIMCHA MANBA
Geografik jihatdan qulay, savdo-sotiq yo’llari kesishgan nuqtada joylashgan, qadimda 
sug’orma dehqonchilik madaniyati, shaharsozlik va hunarmandchilik rivojlanib kelgan Xorazm 
o’lkasi ko’p davrlar mobaynida turli hukmron sulolalar va ajnabiy davlatlarning diqqat-
etiborida bo’lib kelgan. Shu bois xam uni egallash uchun vaqti-vaqti bilan tasir kuchlar harakat 
qilganlar. Bu esa Xorazmning o’z mustaqilligidan maxrum bo’lishiga sabab bo’libgina qolmay, 
uning iqtisodiy-madaniy rivojiga xam salbiy tasir ko’rsatgan. Jumladan, 1017 yilda Xorazm 
yerlari Sulton Mahmud G’aznaviy tomonidan bosib olingan bo’lsa, 1044 yildan esa u Saljuqiylar 
davlati tobeligiga tushib qolgan. XII asr o’rtalariga kelib esa sharqiy hududlardan bostirib kelgan 
qoraxitoylar butun Movarounnahrni ishg’ol
etib, o’zlariga qaram qilgan bo’lsalar, bundan 
Xorazm ham mustasno qolmagan. Biroq, shunga qaramasdan, Xorazm va uning istedodli, 
erksevar xalqi mustaqillik sari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo’lidan ilgarilab borishda 
davom etdi. 
Xususan, saljuqiylar hukmdori Malikshox. davrida Xorazm mulkini mustaqil boshqarish 
xuquqini qo’lga kiritish turk o’g’loni Anushtagin va uning avlodlari Qutbiddin Muxammad 
(1097—1127) va Jaloliddin Otsiz (1127—1156) davrida Xorazmning siyosiy mustaqilligi 
kengaydi va uning ijtimoiy-iqtisodiy qudrati muttasil o’sib bordi. Bu hududdagi Gurganch
Qiyot, Kot, Xazorasp singari obod shaharlarning savdo-sotiq va hunarmandchilik markazlari 
sifatidagi mavqeyi to’xtovsiz ko’tarildi.Tashqi savdoda Rossiya,Yaqin Sharq mamlakatlari 
bilan aloqalar keng yo’lga qo’yilgan.Bu davrda Xorazm xunarmandchiligining 50 dan ortiq 
turlari xorijda yuqori baxolangan.Xorazmshoxlar davlati qudrati yanada yuksala borgan. 
Xorazmda anushtaginlar sulolasining mustahkamlanishi, o’lkaning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishida Qutbiddin Muxammad garchi muxim rol o’ynagan bo’lsada, biroq uning butun 
hukmronlik davri Saljuqiylar tasiri doirasida kechdi. Shuning uchun xam Xorazmning 
mustaqil davlat sifatidagi o’rni va mavqeyi ko’proq uning o’g’li Otsiz (1127—1156) xamda 
anushteginlarning keyingi avlodlari: El Arslon (1156—1172), Takash (1172-1200) va Alobuddin 
Muxammad (1200—1220) davrlarida har jixatdan ko’zga tashlandi. So’nggi xukmdorlar 
Takash va Muxammad Xorazmshoxlar davriga kelib esa Xorazm davlati o’rta asrlar davridagi 
eng qudratli saltanatga aylandi. Bir tomondan, buyuk Saljukiylar davlatiga tobelik va, 
ikkinchi tomondan, Sharqdan bostirib kelgan ko’p sonli qoraxitoylarga yiliga 30 ming dinor 
to’lab turish majburiyatini va shu barobarida Xorazmning mustaqilligini taminlashda 
Xorazmshox. Otsizning xizmatlari katta bo’ldi. 
Moxir diplomat yetuk davlat arbobi bo’lgan Otsiz o’z raqiblari orasidagi ziddiyatlardan 
ustamonlik bilan foydalandi, o’z davlati mustaqilligini saqlabgina qolmay uning hududlarini 
xam ancha kengaytirishga muvaffaq bo’ldi. 1141 yilda qoraxitoylar bilan Sulton Sanjar 
o’rtasida yuz bergan qonli to’qnashub va unda saljuqiylarning mag’lubiyatidan foydalangan 
Otsiz Xuroson yerlarini, Marv, Nishopur shaharlarini egalladi. 1152 yilda Jangga qo’shin 
tortib, uni Xorazm davlatiga qo’shib oldi. Otsizning vorisi El Arslon ham mamlakat 
mustaqilligini kuchaytirish yo’lida qoraxitoylar bilan janglar olib boradi. El Arslon vafotidan 


(1172) foydalangan qoraxitoylar Xorazm xududiga bostirib kirdilar va uni o’lpon to’lashga 
majbur etdilar. Ammo Xorazm taxtini egallagan Takash(1172— 1200) tez orada mohir davlat 
arbobi, tadbirkor va uddaburon hukmron sifatida o’z
davlati qudratini yuksaltirishga muvaffaq 
bo’ladi. 1187—1193 yillarda U Nishopur, Ray va Marv shaxarlarini bosib oladi. 1194 yilda esa 
saljuqiylar sultoni Tug’rulga kuchli zarba berib, Eronni egallaydi. Uning tasarrufida 150 ming 
harakatdagi va 200 ming kishidan ziyod zaxiradaga katta jangovar armiya mavjud bo’lgan. 
Uning katta va yirik davlati markazlashgan hokimiyat boshqaruviga ega bo’lgan. Unda oliy 
idora,— devon mavjud bo’lib, davlatning bugun ichki va tashqi siyosati vazir tomonidan 
amalga oshirilgan. hokimiyatning muxim Takashning xotini .— Turkon xotinga qarashli 
qabilalarni tasiri kuchli bo’lgan. 
Alouddin Muhammad — Xorazmshoxlar davlatining so’nggi xukmdori. Xorazm davlatining 
eng yuksalgan cho’qqisi xam, uning so’nggi Xorazmshoh nomi bilan boshqardi. Binobarin, 
uning xukmdorlik davrida murakkabliga, ziddiyatliligi; xamda fojealiligi boisi xam shundadir, 
Negaki, shuxratparastlik va jaxongirlikka nihoyatda o’ch
bo’lgan Sulton Muxammad o’zining
.2.0 yillik hukmronligi davrida, bir tomondan, to’xtovsiz jangu jadallarda bo’lib, ancha - muncha 
hududlarni bosib olishga erishgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, uning davrida so’gga saltanat 
turli ichki va tashqi sabablarga ko’ra yemirilish va chuqur tushkunlik holatini boshdan 
kechirdi. Bu esa oqibatda Xorazmshoxlar davlatining qulashi va mug’ul istilosiga duchor 
bo’lishiga olib.keldi. Dastlab muxammad Xorazmshox katta qo’shin tuzib, zafarli harbiy 
yurishlar qildi, o’z davlat hududlarini kengaytirdi. Janubda Xindikush tog’larigacha, janubi-
g’arbda Fors qo’ltig’i, xalifalik davlati chegaralarigacha, sharqda yettisuvga qadar bo’lgan 
sarxadlarni egallashga muvaffaq bo’ladi. 1210 yilda Talos vodiysida qoraxitoylar bilan bo’lgan 
xal qiluvchi jangda ularni xam yengib o’z
qudratini namoyon qildi. Ushbu g’alabalardan so’ng 
Xorazmshox o’ziga ortiqcha ;bino qo’ydi, o’zini«Iskandari soniy» («Ikkinchi Iskandar»), 
«Xudoning yerdagi soyasi» deb atashgacha borib etadi. Biroq aslida esa uning saltanati «usti 
yaltiroq ichi qaltiroq» edi. Buning asosiy sababi shundaki, birinchidan, oliy hokimyat chuqur 
ziddiyatga botgan edi. Xukmdor bilan uning katta siyosat mavqeiga ega bo’lgan onasi Turkon 
xotin va uning turkiy zodagonlardan iborat muxolifatchi kuchlari o’rtasydagi ixtiloflar 
kuchayadi. Ikkinchi tomondan, markaziy xokimyat tizimi bilan mahalliy xokimlar, beklar o’rtasidagi 
qarama-qarshiliklar, ularning o’zboshimcha xatti-harakatlarining kuchayib borayotganligi 
saltanatni inqirozga duchor etmoqda edi. Buning ustiga hukmron tizimdan norozi bo’lgan keng 
ommaning g’alayonlari tobora faollashib bordi. 1206—1207 yillarda Buxoroda yuz bergan 
Malik Sanjar boshchiligidagi, 1211 yilda Samarqandda ko’tarilgan kuchli xalq, qo’zg’olonlari 
Xorazmshoxlar davlatining kuchli bo’xronga yo’liqqanligidan dalolat beradi. 
Xorazmshox. Muhammadning kaltabin siyosati, bosqinchilik yurishlari xalqaro maydonda 
xam katta norozilikka sabab bo’ldi, u tobora yakkalanib bordi. Xatto bugun musulmon olamida 
ham bu davlatga nisbatan nafrat kuchaydi. Xalifalik davlati sharqdagi qudratli mug’ul davlati 
hukmdori Chingizxon bilan birlashib, Xorazmshoxga zarba berish turrisida diplomatik yo’l 
bilan muzokaralar olib bordi. 
Bularning xammasi oxir-oqibatda Xorazmshoxlar davlatining chuqur ijtimoiy-siyosiy va 
iqtisodiy inqirozga uchrashiga olib keldi. Bu esa Chingizxon boshchiligida mug’ul 
bosqinchilarining Movarounnahr sarxadlariga bostirib kirishi va uni ishg’ol
etishi uchun qo’lay 
shart-sharoitlarni yaratib berdi. 
Nazorat uchun savollar: 
1.
XI asrdan boshlab Xorazmning yangidan mustaqillikka erishuvi va yuksalib borishiga turtki 
bergan omillar nimalar bo`lgan? 
2.
Xorazmshohlar saltanatidagi davlat boshqaruvi tizimi haqidagi tushunchalaringiz? 
3.
Xorazm davlatidagi ichki ziddiyatlar, muxolifatchilik holatlarining kuchayib borishi qanday 
oqibatlarga sabab bo`ldi? 



Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish