Nasimxon rahmonov



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

qadimgi millatlar haqidagi 
rivoyatlar, o„tmish avlodlar to„g„risidagi xabarlarni bilishdir (ta‟kid bizniki 
– 
N.R.
)
, chunki bularning ko‗pchiligi u millatlar avlodidan va ularning rasmu rusum 
va qoidalaridan iboratdir. Aqliy [narsalardan] dalil keltirish, kuzatilgan 
[narsalarga] qiyos qilish yo‗li bilan u xabarlarni bilib bo‗lmaydi. Buni faqat ―kitob 
ahllari‖ (iudaizmga va xristianlikka e‘tiqod qiluvchilar – N.R.) va turli din 
arboblariga, shu [e‘tiqodlarga] amal qiluvchi har bir maslak va ishonch egalariga 
ergashish, ularning tushunchalarini hamisha asos tutish bilan bilinadi. So‗ngra buni 
ko‗pchilik kishilarning tabiatini pastkashlashtiradigan yomon axloqdan, haqiqatni 
ko‗rishga imkon bermaydigan omillardan o‗zni tozalagandan keyin, ularning isbot 
uchun keltirgan so‗z va e‘tiqodlarini bir–biriga solishtirish bilan bilinadi. Ana shu 
aytib o‗tganim haqiqiy maqsadga etkazuvchi eng yaxshi yo‗l va bunga dog‗ 
58
Áåðñìèé. Þқîðèäàãè àðàð, 105- áåò. 



tushiruvchi shak–shubhani yuvib tashlash uchun eng kuchli yordamchidir. Garchi 
qattiq urinib zo‗r mashaqqat cheksak ham, o‗shandan boshqa yo‗l bilan maqsadga 
erisholmaymiz‖
59

Darvoqe, Beruniy aytgan ―yomon axloq‖, ―haqiqatni ko‗rishga imkon 
bermaydigan‖ vositalar nimalardan iborat? Bular, shubhasiz, insonning xulq, 
kaltabinligi, faqat o‗z bilganlariga suyanib qolish, boshqalarning fikr-qarashlari, 
ayniqsa ishonchli manbalardan tamomila begonalikdir. 
Beruniy suyangan tamoyillardan biri manbadir. Beruniy bu o‗rinda islom 
manbalari bilan birga, ―kitob ahllari‖ning, turli din arboblarining so‗zlari, ular 
keltirgan rivoyatlarning ishonchliligini ta‘kidlamoqda. CHunki yozma manbalarda 
saqlangan rivoyatlar, qaysi diniy oqimga mansub bo‗lishidan qat‘iy nazar, 
ishonchli. Jumladan, Beruniy yana bir ―kitob ahllari‖ – zardushtiylar davridan 
davom etib kelgan mehrjon va Navro‗z bayramlari to‗g‗risida so‗z yuritganda, bu 
bayramlar bilan bog‗liq rivoyatlarning O‗rta Osiyodan tashqarida – arablarda joriy 
etilishiga oid qiziq rivoyatlarni bayon qiladi. Har ikkala bayramni tarixda 
podshohlar tomonidan o‗zgartirishga bo‗lgan urinishlarni Beruniy hikoya qilar 
ekan, bu prinsipni hukmdorlar o‗zgartirishga jur‘at qilmaganlari sababiga dalillar 
keltiradi. Azaldan davom etib kelgan odatlarni o‗zgartirish - xalqlarning 
o‗tmishdagi udumlariga qarshi borish ekanini Beruniy hukmdorlar tilidan bayon 
etadi. Bu haqdagi rivoyatlar orqali Beruniy hamma xalqlar yaratgan udumlar, 
inonchlar muqaddas va ularni hurmat qilish zarur ekanini uqtiradi. Beruniy bu 
rivoyatlarni ishonchli manbalardan keltiradi.
Abu Bakr as-Suliy
60
―Varaqlar kitobi‖da bayon etishicha va Hamza ibn al-Hasan 
al-Isfahoniyning
61
Navro‗z va Mehrgonga tegishli she‘rlar haqidagi risolasida 
tavsif etilishicha, bu tarixning barpo etilish sababi mana bunday bo‗lgan. Al-
Mutavakkil
62
o‗zining saydgohlaridan birini aylanib yurganda, hali etilmagan va 
o‗rib olinmagan ekinzorga ko‗zi tushdi va ―Ubaydulloh ibn YAhyo
63
xalqdan xiroj 
yig‗ishni boshlash uchun mendan ruxsat so‗rayapti; ko‗rib turibmanki, [hali] 
ekinlar ko‗karib yotibdi. Odamlar xirojni qayoqdan olib beradi?‖ dedi. Unga: ―Bu 
odamlarga zarar keltirdi, ular [xirojni vaqtidan oldin to‗lash uchun] qarz 
olmoqdalar, vatanlarini tashlab ketyaptilar, shikoyat va dodu faryodlari ko‗payib 
ketdi‖, deb javob berishdi. Al-Mutvakkil: ―Bu narsa mening davrimda paydo 
bo‗ldimi yoki ilgaridan shunday bo‗lganmi?‖ deb so‗ragandi: ―Yo‗q, balki Eron 
podshohlari Navro‗z vaqtida xiroj talab qilishni barpo etib, arab podshohlariga yo‗l 
ko‗rsatdilar. Ana shunga asoslanib bizda ham talab qilinadi‖, deb javob berishdi. 
Al-Mutavakkil mubadni
64
chaqirib, unga: ―Bu to‗g‗rida gap ko‗paydi, men 
eronliklar rasmu rusumidan nariga o‗tolmayman. Ular ehsonli, xalqparvar bo‗la 
turib, qanday qilib fuqarodan [bevaqt] xiroj olishga boshladilar? Nima uchun g‗alla 
va ekinlar etishmagan shunday vaqtda xiroj talab etishga ruxsat berganlar?‖ dedi. 
59
Áåðñìèé. Þқîðèäàãè àðàð, 40- áåò. 
60
Абу Бакр Му
ҳ
аммад ас
-Сулий (946 йили вафот этган) – машҳур араб тарихчиси. 
61
Ҳ
амза ал
-Исфахоний – тарихчи ва филолог (961 ѐки 976 йили вафот этган. 
62
Ал
-Мутаваккил – Аббосийлар халифаси (847-861 йиллар). 
63
Убайдулло
ҳ
ибн Я
ҳ
ё ибн Хо
қ
он 
- ал-Мутваккилнинг вазири.
64
Мубад 
– оташпарастлар ҳукмрони, коҳин, файласуф ва донишманди.


SHunda mubad: ―Ular talabni Navro‗z vaqtida boshlasalar ham, xiroj g‗allalar 
etilgan vaqtda kelar edi‖, deb javob berdi. Al-Mutavakkil: ―Bu qanday bo‗lar 
edi?‖ deb so‗radi. SHu vaqt mubad unga eron yillarining holini, miqdorini va 
qo‗shimchaga ehtyojini bayon etdi. Keyin voqeani tushuntirib, eronliklar yillariga 
qo‗shimcha qo‗shar edilar, islom [dini kirib] kelgach, bu bekor qilindi va bu xalqqa 
zarar keltirdi. Dehqonlar Hishom ibn Abdulmalik zamonida Xolid al-Qasriy
65
huzuriga yig‗ilib, bu voqeani bayon etdilar va undan Navro‗zni bir oy keyinga 
surishni so‗radilar. Xolid qabul etmadi va bu haqda Hishomga xat yozib, xatida: 
―Bu ish Xudoyi Taoloning ―Nasiy - [keyinga surish] kofirlikni orttirishdir‖, degan 
so‗zidan sanalmasa deb qo‗rqaman‖, dedi. Ar-Rashid davri kelgach, odamlar 
YAhyo ibn Xolid ibn Barmak
66
huzuriga yig‗ilishib, undan Navro‗zni ikki oy 
keyinga surishni so‗radilar. YAhyo shunday qilmoqchi bo‗ldi, lekin dushmanlari 
bu haqda gap ko‗tarib: ―U majusiylikka yopishyapti‖, dedilar. YAhyo o‗z 
qaroridan qaytdi va ish [eski] holicha qoldi.
67
Keltirilgan rivoyat islom dinining O‗rta Osiyoda ilk yoyila boshlagan davriga va 
hukmdorlar bu bayramlarning mohiyatini anglab olishga intilgan davrlarni aks 
ettiradi. Bu rivoyatni Beruniy birlamchi manbadan – milodiy 1X asrga oid tarixiy 
asardan olgan (asar muallifi Abu Bekr as-Suliy 946 yili vafot etgan). Xo‗sh, bu 
rivoyatni qaysi davrga oid deb qaraymiz? Bizningcha, X1 asrga oid rivoyat deb 
qarash kerak. CHunki Beruniy birlamchi manbadan olgan bo‗lsa ham, X asrdagi - 
G‗aznaviylar davridagi tarixiy voqealarga aniqlik kiritish uchun foydalangan.
Beruniy bu kabi tarixiy rivoyatlarni keltirar ekan, hujjatlilik, tarixiy voqealarga 
urg‗u berish asosiy o‗rin egallaydi. Agar diqqat bilan e‘tibor berilsa, yil hisobi 
munosabati bilan keltirilgan bu rivoyatlarda ma‘lum bir izchillik ko‗zga tashlanadi. 
Beruniy rivoyatlarni asariga olib kirishda, ulardan hujjat sifatida foydalanishda 
shunday yo‗l tutadiki, rivoyatlarning hududi, davri o‗z-o‗zidan guruhlarga bo‗linib 
qoladi.
Beruniy arab, eron, xorazm va boshqa sharq xalqlarining yil hisobini tadqiq etadi. 
U eronliklarning yil hisobi qanchalik aniqligini dalillash uchun ilk insonning paydo 
bo‗lishiga oid rivoyatlarni keltiradi. Jumladan, Qayumars haqidagi afsona bunga 
misoldir.
Beruniyning yozishicha, eronliklarning yil hisoblari Qayumarsdan boshlab uch 
qismga bo‗linadi. Qayumarsdan to Iskandar Doroni o‗ldirib, Eron podshohligini 
egallashi va ularning ilm-fan xazinalarini o‗z mamlakatiga olib ketgungacha 
bo‗lgan davr birinchi qismga kiradi (qolgan ikki qismning Qayumars afsonasiga 
aloqasi yo‗qligi uchun to‗xtalmaymiz). Garchi Beruniy Qayumars haqidagi 
rivoyatni eronliklarga nisbat bersa ham, O‗rta Osiyo xalqlarining hammasiga
jumladan, turkiy qavmlarga ham tegishlidir. Zotan, Qayurmas haqidagi rivoyat 
―Avesto‖ga borib taqaladi.
65
Холид ибн Абдулло
ҳ
ал
-Қасрий – уммавийлар халифаси Ҳишом (724-743) даврида халифотнинг кўзга 
кўринган кишиларидан бири.
66
Я
ҳ
ъё ибн Холид ибн Бармак 
– аббосий вазирлари хонадонидан бири. Абу Жаъфар ал-Мансурнинг 
халифалик даври ва ўз отасининг ҳаѐтлигида Озарбайжон ҳокоими бўлиб, халифа ал-Маҳдий замонида 
вазир бўлган. 187\802-803 йили қамоқхонада вафот этган. 
67
Беруний. Ю
қ
оридаги асар, 67
-68-бетлар. 


Beruniy Qayumars afsonasining mazmunini bayon qilganda, uning vazifasi 
Qayumarsdan boshlab islom dini paydo bo‗lgunga qadar bo‗lgan yil hisobini 
aniqlashdan iborat edi. Beruniy shunday hikoya qiladi: Tangri Axraman ishi 
xususida hayron bo‗lib peshonasi terladi, u terni sidirib tashlagan edi, undan 
Qayumars paydo bo‗ldi. Tangri uni Axramanga qarshi yubordi, u Axramanni engib 
minib oldi va uning [ustida] olamni aylantirishga tushdi. Nihoyat, Axraman 
Qayumarsdan eng yomon ko‗radigan va eng qo‗rqinchli narsasini so‗radi. 
Qayumars unga jahannam darvozasiga etganda qattiq qo‗rqishini aytdi. Axraman 
[jahannam darvozasiga] etgach, hiyla qilib o‗ynoqlay boshladi, oxir Qayumars 
uning ustidan yiqili tushdi. Axraman uning [ustiga] chiqib oldi va Qayumarsdan: 
―Qaysi tomoningdan eyishga boshlay?‖ deb so‗radi. Qayumars o‗zining aytganiga 
Axramanning muxolif bo‗lishini bilib: ―Oyoq tomonimdan eyishga boshlagin! 
Olam husnini tir muddat ko‗rib turay‖, dedi. Axraman uni bosh tomonidan eyishga 
boshlab, moyagiga va erlik urug‗i idishi [turadigan] joyga etganda, undan ikki 
tomchi erlik suvi erga tomdi-da, erdan ikki tup rovoch ko‗karib chiqdi, rovochlar 
o‗rtasidan Misha va Mishona tug‗ildi. Bu ikkisi [eronliklar nazdida] Odam va 
Momo o‗rnida bo‗lib, ularni Malhiy va Malhiyona ham deydilar. Xorazm 
otashmparastlari ularni Mard vaMardona deb ham ataydilar. 
Beruniy bu afsonani bayon qilib bo‗lgach, geometriya olimi Abul Hasan 
Ozarxurdan eshitganini aytadi va 

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish