Kompaniya mahsulotining yoki (va) uning texnologiyasining platformasi
(
ichki platforma
) kompaniyaga tegishli bo’lgan aktivlarning, shu jumladan,
umumiy bazaviy texnologiya (
masalan, IT-texnologiya yoki dizayn
), loyihaviy
yechimlar, tashkil etuvchi komponentlar va boshqalarning majmui bo’lib, ularning
asosida kompaniya turli xildagi mahsulotlar ishlab chiqarishi yoki hizmatlar
ko’rsatishi mumkin. Yuqori texnologiyali biznesda ko’pchilik mahsulotlar bazaviy
arxitektura (
mahsulot platformasi
) asosida ishlab chiqilgan yoki tashkil etilgan. Bu
holat
kompaniyaga
differentsiyatsiya
strategiyasidan
foydalangan
holda
mahsulotlarning keng spektrdagi turlarini ishlab chiqarishga imkon beradi.
Kompaniyada o’ziga tegishli (
proprietary
) yoki himoyalangan (
defensible
)
platformalarining mavjudligi yuqori texnologik kompaniyaga raqobatbardoshlilik
afzalliklarini taqdim etadi va bu qandaydir bir vaqtga kelib, kompaniya
rivojlanishiga to’siq bo’lib qolishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |