243
Internetning runet qismida insonning binaural ritmiga ta’sir qiluvchi
«
tovushli
»
narkotiklar
xaqidagi
ma’lumotlar
tarqala
boshladi.
Audionarkotiklarning reklamasi foydalanuvchilarning elektron pochta manzillariga
ommaviy xatlar jo’natish va boshqa turdagi tezkor ma’lumot
almashinish usullari
orqali amalga oshirilmoqda. Audio-fayllarni tinglash maxsus raqamli kodni
kiritgandan so’ng mumkin bo’ladi. Bunday kodni olish uchun esa pul to’lab, SMS-
ma’lumot jo’natish talab etiladi. Bunday alomat mahsulot taklif qiladigan resurslar
fiktiv anketa ma’lumotlari bilan qayd qilingan chet
el provayderlari tarkibida
mavjud. Mutaxassislarning fikricha, tovush tebranishlari
orqali reklama
qilinayotgan effektga erishish mumkin emas. Ularning ta’kidlashlaricha, tovush
narkotiklarini qabul qilish oqibatida qattiq bosh og’rig’i kuzatilib, xotira susayishi
va miya faolligi susayishi kuzatiladi xolos.
Shunday qilib, «
raqamli narkotiklar
»
xaqidagi ma’lumotlar pul ishlash uchun o’ylab topilgan
firibgarlarning yana bir
antiqa xiylasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: