Biznes-inkubator
- ko’p funktsiyali murakkab kompleks bo’lib, keng
ko’lamdagi raqamli innovatsion hizmatlar ko’rsatadi. Innovatsion firma o’z
texnologik yo’nalishiga bog’liq ravishda inkubatordan xonalari (
yoki uskunalarni
)
ijaraga olib, uning innovatsion hizmatlaridan foydalanadi. Mijoz firmaning
inkubatsion davri 2 yildan 5 yilgacha bo’lishi mumkin. Shundan so’ng u
inkubatorni tark etib, mustaqil faoliyat ko’rsata boshlaydi.
Texnopolis
alohida shahar asosida tashkil qilingan bir butun ilmiy ishlab
chiqarish tuzilmasi bo’lib, uning iqtisodiyotida texnopark va inkubatorlar sezilarli
o’rin egallaydi. Ilmiy markazlarda ishlab chiqilgan yangi mahsulot va
texnologiyalar shaharning iqtisodiy-ijtimoiy muammolarini hal qilish uchun
ishlatiladi. Texnopolislar rivojlangan raqamli innovatsion tuzilmalar bolgan yangi
yoki qaytadan qurilayotgan shaharlarda tashkil qilinishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |