176
bulardan tashqari raqamli innovatsion
jarayonga moliyaviy, information,
marketing, patent-litsenziya, lizing, frentsayzing,
sotuv va boshqa hizmatlar
ko’rsatadigan huquqiy va jismoniy shaxslarni ham qo’shishimiz mumkin. Yanada
aniqroq qilib aytganda, raqamli innovatsion faoliyat sub’ektlari quyidagilardir:
Raqamli innovatsion faoliyatning va innovatsion hizmatning alohida
ko’rinishlari bo’lgan ilmiy-ishlab chiqarish tashkilotlari va texnopolislar,
texnoparklar, innovatsion markazlar, innovatsion-investitsion
va biznes
markazlar ko’rinishidagi tuzilmalar;
Raqamli mahsulot yaratadigan ilmiy va ilmiy-tekshirish tashkilotlari
(
akademik va tarmoq ilmiy institutlari, konstruktorlik byurolari, laboratoriyalar,
tajriba maydonlari, oily ta’lim muassasalari
);
Raqamli mahsulot hosil qiladigan yirik va o’rtacha kattalikdagi korxona va
tashkilotlar;
Raqamli mahsulotlar yaratadigan kichik investitsion tashkilotlar va firmalar;
Raqamli iqtisodiyot muammolari bilan shug’ullanadigsn innovatsion, ilmiy-
tekshiruv va ishlab chiqarish yo’nalishidagi tashkilotlarning hizmatchilari;
Raqamli iqtisodiyot sohasida yuksak iqtidorga ega bo’lgan olim,
ixtirochi,
dasturchi va malakali mutaxassislar.
Huquqiy nuqtai-nazardan, raqamli innovatsion tadbrirkorlik faoliyati sub’ektlari
deb, ilmiy-texnik yo’nalishlarda huquqiy shaxs hosil qilmasdan tadbirkorlik
qilaoytgan shaxslar (
ya’ni individual tadbirkorlar
) ham tushunilib, ular bu faoliyat
turi bilan shug’ullanish uchun guvohnomalar olgan bo’lishlari lozim. Raqamli
innovatsion tadbirkorlik faoliyatining bunday sub’ektlariga iqtisodiyotning turli
sohalarida
yangiliklar yaratib, ularni amaliyotga tadbiq etadigan ixtirochilarni,
konstruktorlarni, ratsionalizatorlarni, komp’yuter dasturchilarini, frilanserlarni,
dizaynerlarni (
shu jumladan, web-dizaynerlarni
), arxitektorlarni, texnologlarni va
boshqa ijodiy soha sub’ektlarini kiritish mumkin. Raqamli innovatsion faoliyatning
yetakchi sub’ektlariga esa innovatsion g’oyalarni
konkret loyihalarga
aylantiradigan va buning natijasida foyda ko’rinishidagi moliyaviy natija oladigan
tijoriy tashkilotlarni kiritish mumkin. Shuning uchun raqamli innovatsion
177
tadbirkorlik faoliyatining sub’ektlariga mulk ko’rinishidan qat’iy nazar, ilmiy-
tekshirish va loyiha-konstruktorlik tashkilotlari, iqtisodiyotning
turli sohalaridagi
korxona va tashkilotlar hamda oliy o’quv yurtlari ham kiradi. Raqamli innovatsion
faoliyatga hizmat ko’rsatuvchi sub’ektlarni esa alohida guruhga ajratish mumkin.
Xuddi shular raqamliinnovatsion infratuzilmaning elementlari hisoblanadi.
Raqamli innovatsion faoliyat sub’ektlari o’zlarining xududiy ko’rsatgichlariga
ko’ra, asosiy funktsiyalariga ko’ra, tashkiliy elementlariga ko’ra, innovatsion
jarayonning tugallanganligiga ko’ra va bilimlar yaratish jarayoniga ko’ra
farqlanishlari mumkin. Yuqori darajada ilmiy bilimlar talab qiladigan va murakkab
innovatsion g’oyalarning amalga oshirilish jarayonida quyidagi turdagi tadbirkorlik
tashkilotlari birlashmalari muhim ahamiyat kasb etadi: konsortsiumlar, kontsernlar,
holding-kompaniyalar, moliya-ishlab chiqarish guruhlari, assotsiatsiyalar va
huquqiy shaxslar birlashlamalari. Bunday birlashmalar
ichida asosiy ahamiyatni
yirik raqamliinnovatsion loyihalarni amalga oshira oladigan
Do'stlaringiz bilan baham: