151
xablar yaratishga hizmat qilgan bo‘lar edi. Xatto AQSH da ham,
NDFU
direktori
Bendjamin Loski tomonidan taklif qilingan bit-litsenziya qabul qilinmaganiga
qaramay, chuqur fikrlaydigan qonun chiqaruvchilar kriptoolam sohasidagi
innovatsiyalar uchun imkon qoldirishgan. Shu bilan bir vaqtda, rivojlanayotgan
mamlakatlardagi kriptotexnologiyalar rivojlangan mamlakatlar bilan bu sohada
tenglashish ma’nosida juda ham sekin harakat qilishmoqda. Lekin u yerlarda ham
bitkoin bilan ishlashga intilish sezilarli darajadaligi OAV habarlari vositasida
ma’lum bo’lmoqda. Bitkoinlar depozitariysi va
elektron hamyonlar ijaraga
beruvchi
SEO
mutahassisi Xapo Venses Kasares bitkoin kelajagini u onlayn-savdo
uchun afzal ko‘riladigan ayirboshlash vositasiga aylanadigan «
internet tabiiy
valyutasi
» sifatida ko‘radi. Bitkoin narxini oshiradigan yagona omil bu –
cheklangan emissiya va talabning ortishi yoki kamayishi bo’lib, uni oltin yoki
kumush kabi foydali qazilmalar bilan taqqoslash mumkin – dunyoda uning miqdori
cheklangan va uni sun’iy raivshda ishlab chiqarib bo‘lmaydi. Kriptovalyutaning
asosiy ustunligi ham huddi mana shundan iborat – uni qalbakilashtirib bo‘lmaydi.
Biroqmoliyaviy ekspertlar bunday qo‘yilmalar riskli ekanligi haqida ta’kidlashni
davom ettirishmoqda, ko‘plab davlatlar esa avvalgidek, o‘z ramsiy bozorlarida
kriptovalyutalar bilan operatsiyalarni taqiqlamoqdalar.
Shuningdek, mahalliy
tartibga soluvchida kriptovalyutalarni nazorat qilish imkoniyati yo‘qligi ham
shubha uyg’otadi. Biroq zamonaviy iqtisodiyotdagi tendensiyalarhukumatni
raqamli elektron pullarni mahalliylashtirish ustida o‘ylanishga majbur qiladi.
Kriptovalyutalar olamida havfsizlik ham muhim rol o‘ynaydi – ko‘pincha
jinoyatchilar jinoiy yo‘l bilan topilgan pullarni kriptovalyuta yordamida «
yuvish
»
uchun undan foydalanadilar.
Endi kriptovalyutalar birjasi haqida ham bir fikrlab ko’ramiz. Agar siz nima
qilib bo‘lsada, bir necha bitkoin yoki efiriumga ega bo‘lish istagida bo‘lsangiz, va
bu orqali nimadir ishlab olishni istasangiz, siz to‘g‘ri birjaga yo‘l olishingiz lozim.
Kriptovalyutalar birjalari ko’pchlik hollarda oddiy birjalar bilan bir xil tartibda
ishlaydi. Bu savdo maydonchalardagi asosiy farq shundaki, agar oddiy birjaga
odamlar brokerlarsiz biror bir ish qila olishmasa, kriptovalyuta birjasida
savdolarda
152
boshqalarni jalb qilmasdan ham ishtirok etish mumkin. Birjadagi bundan boshqa
ishlar esa o‘xshash, ya’ni, ro‘yxatdan o‘tish, birjada kotirovka qilinadigan ma’lum
bir valyutada hisobraqami ochish, shundan keyin operatsiyalarni amalga oshirish
mumkin bo‘ladi. Asosiysi – kriptovalyuta birjalarining ikki xil turi mavjudligini
esdan chiqarmaslik kerak. Birinchi turdagi birjalarda kriptovalyuta «
tirik
» pulga –
dollar, yevro, funt va hatto rublga sotiladi. Ikkinchi turdagilarida esa –
kriptovalyutalar raqamli elektron pullarga sotiladi. Elektron pullar bitkoinni
efiriumga
(yoki boshqa kriptovalyutaga
) joriy kurs bo‘yicha
onlayn rejimida
almashtrish va bunda pul ishlab olish mumkin bo‘lgan kriptovalyuta ayirboshlash
shahobchasi rolida ishtirok etadi. Agar birja savdosi siz uchun murakkablik
qiladigan bo‘lsa, lekin siz bitkoinni rublga yoki rublni bitkoinga almashtirish
fikridan qaytmasangiz, kriptovalyuta ayirboshlash shahobchasiga murojaat
qilishingiz kerak bo’ladi. Bunday shahobchalar joriy kurs bo‘yicha kriptovalyutani
boshqa turdagi valyutaga ayirboshlashga imkon beradigan oddiy servislardir.
Kriptovalyuta ayirboshlash shahobchasini tanlashda shuni yodda tutish kerakki,
oxirgi paytlarda kriptovalyutaga ixtisoslashgan firibgarlar soni ancha ortgan. Shu
sababli, ayirboshlash uchun maydonchani tanlashga jiddiy yondashish kerak.
Internetda kriptovalyuta ayirboshlash shahobchalari reytinglari va ular haqidagi
fikrlarni osonlik bilan topishingiz mumkin. Endi esa kriptovalyutalar
kapitallashuvi
masalasini ko’rib chiqamiz. Kriptovalyutalar bilan bog‘liq masalalarda odamlar
yo‘l qo‘yadigan asosiy xatolik - bu atamalarning ma’no va mohiyatini
tushunmaslik yoki bilmaslikdir. Ko‘pchilik kapitallashuvni kurs bilan adashtiradi
bu esa qo‘pol xato hisoblanadi. Ha, kriptovalyutalar kapitallashuvi kriptovalyutalar
kursiga bog‘liq, lekin bularning ikkalasi bir xil narsa emas. Odatda, kurs qanchalik
baland ko‘tarilsa, kapitallashuv shunchalik tez o‘sadi. Biroq ayrim mutaxassislar
qaysidir kriptovalyutaning bozor qiymatini mavjud sxemalar bo‘yicha aniqlashning
imkoni yo‘q, chunki kriptovalyutalar kapitallashuvi – tortishuvli masala degan
fikrlarga qo‘shiladilar. Kriptovalyutalarning yo‘q bo‘lib ketish holatlari ekspertlar
orasida shubha uyg‘otadi. «
Do'stlaringiz bilan baham: