118
asosida bozorni xedjirlash va qadriyatlarni sug‘urtalash amalga oshirilishi mumkin
va istiqbolda ular hatto optsionlar, foiz stavkasi svoplari va kredit defolti svoplari
kabi mistik moliyaviy vositalarni siqib chiqaradi. Albatta, bashorat bozori hamma
joyda ham kerak emas, albatta. U yetarli miqdorda odamlar qiziqib qolmagunga
qadar e’tiborni jalb qilish qilish uchun kerakli darajada likvidli bo‘lmaydi. Lekin
baribir uning salohiyati ulkan va hamma uchun ochiq hisoblanadi. Blokcheyn
texnologiyalarimoliya hizmatlari bozorining chakana banking va kapital bozoridan
tortib buxgalteriya hisobi va tartibga solishgacha bo‘lgan
barcha turlari va
funksiyalariga ta’sir etadi. Shuningdek, ular banklar va moliyaviy institutlarning
jamiyatdagi rolini qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Agar eski dunyo qattiq
ierarxiyaga ega, sust, yopiq va shaffof emas bo‘lsa, o‘zgarishlarga qarshilik
ko‘rsatsa va kuchli vositachilar
tomonidan nazorat qilinsa, yangi dunyo tekisroq,
piring qarorlari taklif qiladigan va ishonchli, shaffof, funktsiyalari bir-biriga
kiritilgan va innovatsion bo‘ladi. Albatta, o‘zgarishlar normal faoliyat
ko‘ratishning buzilishi
va beqarorlikka olib keladi, lekin tarmoq yetakchilari
bugunning o‘zidayoq bu borada qandaydir choralar ko‘rish imkoniyatiga ega
bo‘ladilar. Moliyaviy hizmatlar sohasini yaqin yillarda qisqarish ham, o‘sish ham
kutib turibdi: kamroq sonli vositachilar ancha kichik harajatlar bilan ko‘p sonli
kishilarga
ko‘proq
mahsulot va hizmatlar taklif qilishlari mumkin.
Nomarkazlashgan dunyoda ochiq va yopiq blokcheynlar o‘ziga joy topa oladimi,
yo‘qmi – bu tortishuvli masala. O‘ylaymizki, blokcheyn texnologiyasining bartaraf
qilib bo‘lmaydigan kuchi hozirgi kunda zamonaviy
moliyaning mustahkam
o‘rnashib olgan, tartibga solib tashlangan va rivojlanishdan to‘xtagan
infratuzilmasiga hujum qilmoqda. Ularning to‘qnashuvi moliya tizimi landshaftini
o‘n yilliklarga o‘zgartirib yuboradi. Umid qilamizki, u nihoyat industrial davrning
pul mashinasidan platformasiga aylanadi. Potensial foyda olish taklifi bilan jalb
qilinganbir nechta kompaniya blokcheynlar uchun qidiruv dasturlari yaratish
muammosi ustida ishlamoqda.
Google
dunyodagi barcha axborotlarni yig’ish va
tashkil qilish missiyasini o‘z zimmasiga olgan va bu masalani tadqiq etishga
kompaniya juda ko‘p mablag’ va inson resurslarini sarflaganiga ajablanmasa ham
119
bo‘ladi.Internetda qidirish va blokcheynda qidirish o‘rtasida uchta asosiy farq bor.
Birinchidan, bu foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari daxlsizligi. Shu bilan bir
vaqtda tranzaksiyalar shaffof, har biri o‘zining shaxsiy ma’lumotlari egasi bo‘lib,
ular bilan qanday muomala qilishni o‘zlari hal qiladilar. Jarayonda nomini ma’lum
qilmagan holda yoki taxallus ostida (
o‘ylab topilgan nom ostida - anonim
) yoki
soxta-anonim (
qisman anonim
) ravishda ishtirok etishi mumkin. Ko‘plab
kompaniyalar personal yollash jarayonini qayta ko‘rib
chiqishi va qayta tashkil
qilishiga to‘g‘ri keladi. Masalan, kadrlar bo‘yicha mutaxassis blokcheynga yopiq
savollar (
ha/yo‘q
) berishni o‘rganishi lozim:
«Siz odammisiz?», «Amaliy
matematika sohasida oliy ma’lumotingiz bormi?», «Scrypt, Python, Java, C++
dasturlarida dasturlashtirishni bilasizmi?»
Do'stlaringiz bilan baham: