1.2.2-jadval.
Jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimining rivojlanishi
1
.
Pensiya
ta’minotining
turi
Davr
Mamlakatlar
Jarayon
Jamg‘arib
boriladigan
pensiya tizimi
1851
Malaziya
Barcha ishchi qatlamini
qamrab oluvchi
jamg‘arma kassasi joriy
qilingan
1880
Chili
Majburiy jamg‘ariluvchi
pensiya tizimi joriy
qilingan
1885
Shvetsariya
1986
Buyuk Britaniya
1990
Daniya
1993
Kolombiya
1994
Argentina
1997
Meksika
1998
Vengriya
1999
Polsha
2000
Gonkong
2005
O‘zbekiston
Xorijiy mamlakatlardagi pensiya tizimi modellarida davlat pensiya fondlari,
jamg‘arib boriladigan xususiy pensiya tizimi, davlat ijtimoiy sug‘urta fondlari,
majburiy tibbiy sug‘urta fondlari, aholi bandligi fondlari ko‘rinishida ifodalanadi.
Xususiy pensiya tizimi hukumatning moliyaviy kafolatlaridan foydalanmaydi va
moliyaviy bozor ishtirokchilarining pensiyaga chiqqunga qadar bo‘lgan ish
haqidan to‘langan badallar miqdori hisobiga shakllanadi. Qayta taqsimlash
tomoyiliga asoslangan pensiya tizimidan farqli o‘laroq, xususiy pensiya
tizimida sug‘urta badallari nisbatan yuqori darajada belgilanadi va tegishli
zahira jamg‘armasi shakllantiriladi. Pensiya tiziminig bu ikki bir-biridan
prinsipial farq qiluvchi modellari o‘rtasida ko‘pgina oraliq variantlar mavjud
bo‘lib, ulardan har biri tizimdagi kamchiliklarni kamaytirishga yo‘naltirilgan.
Fransiyada davlat tomonidan tanlangan ijtimoiy pensiya sug‘urtasi modeli uch
darajadan iborat:
1
Mamadjanov I.T. Vektor razvitiya pensionnix sistem stran mira. Pensiya ta’minoti tizimini rivojlantirish
istiqbollari. Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami. Toshkent. 2014 yil. 21 noyabr. -B.25.
16
davlat tomonidan pensiyaning barcha turlari uchun qat’iy belgilangan
miqdordagi kafolatlangan eng kam pensiya to‘lovi;
shaxsiy tartibda hisobga olish tizimi joriy etilgunga qadar o‘rtacha ish haqi
va ish stajini hisobga oladigan to‘lov;
sug‘urtalangan shaxslarning shaxsiy hisobvaraqlarida to‘plangan sug‘urta
badallari summalaridan to‘lov.
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlarini ta’minlash usullari va
uning tarkibi respublikamizda avlodlar birdamligi pensiya tizimi saqlanib
qolayotganligi va rivojlanayotganligini bildiradi. O‘zbekistonda avlodlar
birdamligi tizimi aholining ayrim qatlamlari tomonidan adolatli tizim sifatida qabul
qilinmokda. Mazkur tizimda ishlayotgan avlod o‘z mehnati natijalarini qayta
taqsimlash hisobiga pensionerlarni ta’minlab turibdi. Hozirgi kunda birdamlik va
jamg‘arish tizimiga asoslangan pensiya tizimlari amal qilmoqda. Birdamlik
pensiya tizimining salbiy jihatlariga davlat pensiya tizimining monopol
holatga ega bo‘lishi, pensiya miqdorini tenglashtirish unsurlarinig kuchayishi,
ijtimoiy boqimandalikning ortishi va jamg‘armaga bo‘lgan aholi moyilligining
susayishini kiritish mumkin.
Jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston pensiya tizimining
samaradorligini oshirish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga
muvofiq bo‘ladi:
–
O‘zbekistonda pensiya tizimini bosqichma-bosqich isloh etishning va
xususiy jamg‘arib boriladigan pesniya fondlarini tashkil etish,
rivojlantirishning davlat dasturini ishlab chiqish.
–
Pensiya yoshini oshirish, hamda erkaklar va ayollar uchun pensiyaga
chiqish yoshlarini tenglashtirish kerak.
–
O‘zbekistonda pensiya tizimidagi turli imtiyozlarni va pensiyaga barvaqt
chiqishni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
–
Mamlakatimizda o‘rtacha pensiyaning o‘rtacha ish haqidagi ulushini
oshirishga, ya’ni qoplash koeffitsientini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni
amalga oshirish.
17
Do'stlaringiz bilan baham: |