metallar korroziyasi
deb ataladi.
Metallar korroziyalanganda ularning fizikaviy va mexani-
kaviy xossalari susayib ketadi.
Korroziya turlari
Metallarning korroziyalanish tezligigina emas, balki
ularning sirtida korroziyalangan joylarning qanday taqsimlanishi
ham muhimdir. Agar metall sirti bir tekis korroziyalangan
bo‘lsa,
tekis korroziya,
ayrim joylari korroziyalangan bo‘lsa,
mahalliy korroziya
deyiladi. Korroziya qanchalik notekis bo‘lsa,
u shuncha xavflidir. Metall donlari chegarasi yemirilsa, bunday
korroziya
kristallitlararo korroziya
deyiladi. Bunday korroziya
o‘ta xavflidir, chunki metallning tashqi ko‘rinishi deyarli
o‘zgarmaydi, lekin uning mexanik xossalari kuchli darajada
pasayadi.
Metallarning korroziyalanish jarayoni tavsifiga ko‘ra,
barcha korroziya hodisalarini ikkita guruhga: kimyoviy korroziya
va elektrokimyoviy korroziyaga bo‘lish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |