Bitta sovitgichda toblash
eng ko‘p qo‘llaniladi. Muayyan
haroratgacha qizdirilgan detal toblash muhitiga botiriladi, bu
yerda u to‘la soviguncha qoladi. Bu usul uglerodli va legirlangan
po‘latlardan yasalgan oddiy shaklli detallar uchun qo‘llaniladi.
Uglerodli po‘latdan yasalgan, diametri 5 mm dan katta detallar
suvda, kichiklari moyda sovitiladi. Legirlangan po‘latlar moyda
sovitiladi. Ichki zo‘riqishlarni kamaytirish maqsadida detallar
ba’zan toblash suyuqligiga botirishdan oldin ma’lum vaqt
havoda sovitiladi. Toblashning bu usuli
sovitib toblash
deyiladi.
Sovitishda detalning harorati konstruksion po‘latlar uchun A
t3
nuqtadan va asbobsozlik po‘latlari uchun A
t1
nuqtadan pastga
tushmasligi zarur. Bunday toblashdan maqsad detallarning,
ayniqsa, mustahkamlangan detallarning ichki zo‘riqishlarini va
tob tashlashini kamaytirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |