3.5. Po‘latni toblash usullari
12-rasm.
Toblash usullari.
Bitta sovitgichda
toblash
Ikki muhitda
toblash
Izotermik
toblash
Bosqichli
toblash
Toblash
usullari
Toblashning eng maqbul usuli po‘latning tarkibi, detalning
shakli va o‘lchamlariga bog‘liq holda tanlanadi (12- rasm).
Po‘latda uglerod qancha ko‘p bo‘lsa, hajmiy o‘zgarishlar shu
qadar katta, austenitning martensitga aylanishi shuncha past
haroratda sodir bo‘ladi, darzlar hosil bo‘lish ehtimoli ancha
katta bo‘lib, sovitish usulini diqqat-e’tibor bilan tanlashga
to‘g‘ri keladi.
Detal qancha murakkab bo‘lsa, detalning kesimidagi
farqlar shuncha katta, sovitishda paydo bo‘ladigan ichki
zo‘riqishlar qiymati shu qadar katta bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |