Blokni uzib qo‘yish. Blokni bog‘lovchi liniyalardan uzib qo‘yish uchun
klavishasi
bosilgan holda
uni boshqa joyga suriladi.
Blokni burish. Boshlang‘ich holatda blok orqali signal chapdan o‘ngga o‘tadi, ya’ni chap
tomonda blokning kirishlari o‘ng tomonda esa chiqishlari joylashadi. Blokni burish uchun
quyidagi amallarni bajarish kerak:
burish kerak bo‘lgan blok ajratiladi;
blok sxema oynasining
Format (Format) menyusidagi quyidagi buyruqlardan biri
tanlanadi:
Flir Block (Blokni 180 gradusga burish) yoki
Rotate Block (Blokni soat
strelkasi yo‘nalishida 90 gradusga burish).
Blokning o‘lchamlarini o‘zgartirish . Blok ajratiladi va sichqonchaning ko‘rsatkichi blok
burchak belgilaridan birining ustiga olib kelinadi. Ko‘satkichning shakli ikki tomonga yo‘nalgan
strelka ko‘rinishiga o‘zgargan momentda sichqonchaning chap tugmasi bosilib kerakli tomonga
suriladi.