183
Ma’lumki pedagogik faoliyat tug‘ma talant emas, yoki nasldan-naslga o‘tuvchi xususiyat
emas, balki uning asosida izlaniSh, ijodiy mehnat yotadi.
Ta’lim-tarbiya jarayonidagi innovatsiyalar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar, yangiliklar, dars
o‘tiShning interfaol usullari o‘z-o‘zidan yoki yuqoridan buyruq, kursatma bilan ta’lim jarayoniga
kirib kelmaydi, bu o‘qituvchi faoliyati va uning motivatsiyasiga bog‘liq bo‘lgan jarayondir.
«Innovatsion faoliyat» bu –ma’lum doiradagi muammolarni echiSh uchun yangilikni
kiritiShga yo‘naltirilgan harakatgina emas, balki har qanday vaziyatdagi muammolarni echiSh
uchun motivatsion tayyorgarlikka ega bo‘liSh hamdir”.
“Motivatsiyaning turli xil qo‘Shimcha mukammalligida Skot Barmen 4 ta asosiy kategoriyani
aniqlaydi:
1. Faoliyatning o‘zidagi qiziqiShdan kelib chiqadigan xolat– ichki motivatsiya.
2. BoShqa odamlarni hursand qiladigan xolat yoki vazifa – ijtimoiy motivatsiya.
3. YUtuq motivatsiyasi – bunda boShqalar bilan raqobatlaShiSh maqsadida vazifalarni
yaxShi bajariSh.
4. Ko‘makchi motivatsiya – bunda motivatsiya rag‘batlantiriSh yoki jazolaSh orqali paydo
qilinadi”
62
.
O‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlaSh bir necha bosqichda, uzluksiz malaka
oShiriSh orqali amalga oShiriladi.
Dastlab o‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga psixologik jihatdan tayyorligini ShakllantiriSh
kerak. Bunda o‘qituvchi etakchi didaktik prinsiplardan quyidagilarni biliShi kerak: pedagogik
ko‘nikmalarni egallaShga ehtiyoj
bilan
o‘z
faoliyatini o‘zgartiriShga ehtiyoj
o‘rtasidagi
mutanosiblik, pedagogik jarayonda sub’ek va ob’ektning birgalikdagi ijodiyoti, yangi, Shu
davrgacha ma’lum bo‘lmagan vaziyatlardan chiqib keta oliShlik prinsiplari.
Ikkinchi bosqichda psixologik-pedagogik bilimlar va pedagogik mahorat Shakllantiriladi.
Demak, ilm-fan, texnika, iShlab chiqariSh va texnologiyaning rivojlaniShi ta’lim tizimida
ham tub o‘zgariShlar sodir bo‘liShiga olib keladi. Ta’lim tizimining modernizatsiyasi davlat va
jamiyat malakali kadrlarga, Shaxsning esa sifatli ta’lim oliShga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib
chiqqan holda ro‘y beradi.
Ta’lim
amaliyotida
pedagogik
texnologiyalarning
qo‘llaniliShi
ta’lim
tizimi
modernizatsiyasining
tarkibiy
elementi
hisoblanadi.
Zamonaviy
Sharoitda
ta’lim-tarbiya
jarayonlarini texnologiyalaShtiriSh kam kuch va vaqt sarflagan holda kutilayotgan natijani qo‘lga
kiritiShga imkon beradi, o‘qitiSh sifatini yaxShilab, samaradorligini oShiradi.
Pedagogik innovatsiyalar pedagogik faoliyatga yangiliklarning izchil olib kiriliShini
tavsiflaydi. Pedagogik innovatsiyalarning didaktik imkoniyatlariga ko‘ra ta’lim tizimi va jarayoni
rivojlanib boradi. O‘qituvchining innovatsion faoliyati pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi,
olg‘a undovchi, bunyodkorlikka rag‘batlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘lib, ta’lim
jarayonining sifatini kafolatlaydi. SHu sababli har bir o‘qituvchi innovatsiyalarning mohiyatini to‘la
tuShungan holda o‘z faoliyatiga izchil tatbiq eta oliShi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: