97
Ta’lim metodlari tasnifi
34
:
1. An’anaviy (manbasiga ko‘ra) ta’lim metodlari (E.I.Golant, N.M.Verzilin va boSh.)
2. O‘quvchilarning biliSh faoliyati tavsifiga ko‘ra ta’lim metodlari tasnifi (I.YA.Lerner va
M.N.Skatkin).
3. Asosiy didaktik maqsadlariga ko‘ra ta’lim metodlari tasnifi (M.A.Danilov va B.P.Esipov).
4. Ta’limning binar metodlari (M.I.Maxmutov).
5. YAxlit yondaShuv bo‘yicha ta’lim metodlari tasnifi ( YU.K.Babanskiy).
6. Ta’limning interfaol metodlari.
HIKOYA
– bu o‘qituvchi tomonidan o‘quv materialini ketma-ket bayon qiliSh bo‘lib, u
odatda tasviriy vositalar yordamida ta’limning barcha bosqichlarida, ko‘proq boShlang‘ich sinflarda
qo‘llaniladi.
Bu metodning samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchining nuqt mahorati, so‘zlarni o‘z o‘rnida,
ifodali bayon qiliShi, Shuningdek, o‘quvchilarning yoShi, rivojlaniSh darajasini inobatga olgan
holda yondaShuviga bog‘liq. SHu bois hikoya mazmuni o‘quvchilarning mavjud bilimlariga
tayaniShi, ularni kengaytiriShga xizmat qiliShi zarur. Hikoyaning axborotlar bilan boyitiliShi
maqsadga muvofiqdir.
SUHBAT
– savollar va javoblar Shaklidagi dialogik ta’lim metodi bo‘lib, u fanga qadimdan
ma’lum, xatto undan o‘z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. Suhbat ta’lim jarayonida
ko‘p funksiyalar (aqliy fikrlaSh, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boShqa sifatlarni
Shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi o‘quvchida faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o‘qituvchi
fikriga mos harakat qiliSh, natijada yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallaShga imkon beradi.
YAkuniy
suhbat
o‘quvchilar
tomonidan
egallangan
bilimlarni
umumlaShtiriSh
va
tizimlaShtiriSh maqsadida amalga oShiriladi.
Katexizism (qisqa bayonli) suhbat – o‘quvchilarning boShlang‘ich bilim darajasi hamda
ularning yangi o‘quv metodikasini o‘zlaShtiriShga tayyorgarligini aniqlaSh uchun tajribali
o‘qituvchilar tomonidan dars avvalida yohud o‘rganilgan materialni mustahkamlaSh uchun dars
so‘nggida qo‘llaniladi.
Evristik suhbat yangi bilimlarni muammoli tarzda egallaShga yo‘naltiriladi. Bunda savollar
Shunday ketma-ketlikda beriliShi zarurki, natijada ularga «ha» yoki «yo‘q» tarzidagi javoblarni
oliSh emas, aksincha, o‘quvchilarni mustaqil fikrlaSh, ularda faollikning yuzaga keliShini
ta’minlaSh, ularni tahlil qiliShga undaSh, dalillarni ilgari suriShga eriShiSh imkoniyati yaratilsin.
Demak, evristik suhbat jarayonida o‘quvchilar bilimlarni o‘zlarining tiriShqoqliklari va
mustaqil fikr yuritiSh layoqatiga egaliklari bois o‘zlaShtira olsinlar.
TUSHUNTIRISH
o‘quv materialini isbot, tahlil, umumlaShma, taqqoslaSh asosida bayon
qiliShdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo‘llaniladi. Undan odatda nazariy
34
Педагогика
:
Учебник
/
Л
.
П
.
Крившенко
,
М
.
Е
.
Вайндорф
-
Сысоева
и
др
.;
Под
ред
.
Л
.
П
.
Крившенко
.
С
.278
Do'stlaringiz bilan baham: