Tasavvuf, bir tomondan, din va shariat,
ikkinchi tomondan, falsafa va hikmat ilmi bilan bog‘liq holda rivojlanib kelgan
o‘ziga xos ta’limotdir”
.
2
Ilk o‘rta asr va keyingi davr mutafakkirlari diqqat-e’tiborini borliq,
tabiat, Ollohning tabiatga munosabati, olamning yaratilishi, shakl va
materiya, zamon va makon, vaqt, uning moddiy va ruhiy olamni bilishdagi
roli to‘g‘risidagi masalalalar band qilardi. Najmiddin Komilov
umumlashtirib yozganidek, «
Ko‘rinadiki, ahli kalomda ham, ahli hikmatda
ham aqliy-mantiqiy ilm, tajriba qilish, bilim yetakchilik qiladi»
3
. Borliq,
1
Komilov N. Najmiddin Kubro. Risola. – T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1995. 29-bet.
2
Najmiddin Komilov. Tasavvuf.T.:Movarounnahr. O’zbekiston, 2009, 245-6.
3
O’sha asar. 245-bet.
28
tabiat, inson to‘g‘risidagi ta’limot o‘rta asrlar donishmandlari falsafiy
tizimining o‘zagini tashkil etgan.
O‘rta asrlar g‘oyaviy-falsafiy hayotida, avval ta’kidlanganidek, ikkita
bir-birini inkor qiluvchi oqim mavjud edi, biri aqidaviy kalomga
asoslangan ortodoksal (izchil) islom, ikkinchisi aql imkoniyati va
qudratidan kelib chiqadigan dunyoviy bilimga suyanadigan falsafa. Ikkinchi
oqim ma’lum darajada tasavvufda rasmiy din me’yorlaridan chiqish
mumkinligini hisobga olgani uchun, hurfikrlilik manbai edi. Shu boisdan
g‘oyaviy falsafiy oqimlarning ontologik ildizlari har xil edi. Tasavvufdagi
ontologiyaning mohiyat-mazmuni, uning teologik xususiyatlari haqida
Najmiddin Komilovning quyidagi fikrlari masalani oydinlashtirib beradi.
«...
tasavvufdagi ontologiya, yani olam haqidagi qarashlar ham irfoniy
muhabbat tushunchasi bilan bog‘liq ekanligini sezish mumkin,
- deb yozadi
olim.
Unda tasavvufda keng tarqalgan vahdat ul- vujud ta’limotini olaylik. Bu
ta’limotga binoan, Xudovand olamlarni o‘z jamoli va kamolini namoyish etish
uchun yaratdi. U o‘z husnini tomosha qilish uchun o‘ziga ko‘zgu yaratdikim,
bu bizni o’ragan moddiy olamdir
»
1
.
Tasavvuf ilmining taniqli bilimdoni, professor Najmiddin Komilov
«
So‘fiylar zohirni emas, botinni rostlash, qalbning, ruhning sharaflanishi,
kamoloti uchun kurashardilar», - deb yozadi, — Jaloliddin Rumiyning ta’biri
bilan aytganda: «Insonning ichi hurriyat olamidir. Zero inson qalbi Ollohning
uyi, bu uy qancha toza, sarishta bo‘lsa, Olloh nuri, Olloh ilm-u hikmati
unda shuncha aks etadi. Ko‘ngil, bu - javhar, so‘z esa, araz (hodisa) deydi
Rumiy. Olov- Ollohning ishqi, olov- ma’no, olov -Haq ishqida yongan ko‘ngil
dardi. Demak, mohiyati ishqqa olib boradi. Shu bois Jaloliddin Rumiyning
«Ma’naviy masnaviy» asarini inson tafakkurini olovlantirgan, ilohiy
mohiyatini anglash sari olib boradigan Ishqning tafsiri desa bo‘ladi
»
2
.
1
O’sha asar. 247-bet.
2
Najmiddin Komilov. Rumiyni anglash ishtiyoqi. Jaloliddin Rumiy. Ma’naviy-masnaviyning birinchi jild,
birinchi kitobiga kirish so’zi. T.: Sharq, 1999, 10-bet.
29
Shu kabi ilohiyot ruhi bilan sug‘orilgan so‘fiylarning ta’limotida
zohiriy va botiniy olam uyg‘unlashib, Olloh, tabiat va insonning yagonaligi
haqidagi dunyoqarash yuzaga chiqadi.
Ahmad Yassaviy va uning ta’limotiga doir qarashlar Najmiddin
Komilovning bir qator maqola va ilmiy asarlarida o‘z talqini topgan. Professor
Najmiddin Komilov bu ulug‘ donishmand shoirning tasavvuf ta’limotidagi
insoniylik va Olloh visoliga intilish to‘g‘risidagi g‘oyalarni chuqur tahlil qilib
bergan. «
Do'stlaringiz bilan baham: |