Foydali modelga talabnoma quyidagilarni o’z ichiga oladi:
•
foydali modelning muallifi (hammualliflari) va kimning nomiga patent berish so’ralayotgan bo’lsa, ana shu shaxs,
shuningdek ularning turar joyi yoki joylashgan manzili ko’rsatilgan patent berish haqidagi ariza;
• foydali modelning uni amalga oshirish uchun yetarli bo’lgan darajada to’liq ochib berilgan tavsifi;
• foydali modelning mohiyatini ifodalovchi hamda uning tavsifiga to’la muvofiq bo’lgan formulasi;
• agar foydali model mohiyatini tushunish uchun zarur bo’lsa, chizmalar va boshqa materiallar;
• foydali model referati.
Do'stlaringiz bilan baham: |