III. TAJRIBA QISMI
3. TABIIY VA OQAVA SUVLAR TARKIBIDAGI AMMONIY IONLARI
MIQDORINI FOTOELEKTROKOLORIMETRIK USUL BILAN
ANIQLASH.
3.1. FOTOELEKTROKOLORIMETRNING ASOSIY QISMLARI
VA ULARNING VAZIFALARI
Analizning fotoelktrokolorimetrik metodlari juda ko`p kimyoviy elementlar
va ularning birikmalarining miqdorini aniqlashda qo`llaniladi. Bu metodlar
yordamida tog` jinslari, rudalar, nikellar, neft, tibbiy, biologik, ekologik ob’yektlar,
sanoat mahsulotlari va boshqa ob’yektlar namunalari tarkibini aniqlashda
foydalanish mumkin. Fotoelktrokolorimetrik analiz sanoatining turli tarmoqlarida,
qishloq xo`jaligida, tibbiyotda, farmaseftikada, atrof-muhitni muhofaza qilishda va
boshqa sohalarda keng qo`llaniladi.
Hozirgi paytda fotoelektrokolorimetriya katta muvaffaqiyatlar bilan
rivojlanib, takomillashib bormoqda. Fotoelktrokolorimetrik analizning yangi
aniqlash usullari ishlab chiqilmoqda, qo`llanish sohalari kengaymoqda, yangi
takomillashgan, kompyuterlashtirilgan fotoelektrokolorimetrlar yaratilmoqda.
Fotoelktrokolorimetrik analiz yetarli darajada sezgir, selektivligi ancha
yuqori va aniq metodlardan hisoblanadi. Bu metod yordamida juda oz va juda ko`p
moddani ham aniqlash mumkin. Aniqlash energiyasi 10
-5
–10
-6
%, xatosi ±5% ni
tashkil etadi. Lekin usulni qayta ishlab, mukammallashtirib xatoni ±1% gacha
kamaytirish mumkin. Analizda ikki nurli prinsipial sxema bilan ishlovchi eski
FEK–56,
FEK–56M,
FEK–M
va
yangi
KFK–2,
KFK–3
rusumli
fotoelektrokolorimetrlardan foydalanish mumkin.
Har qanday absorbsion spekreoskopik asbob (qurilma) quyidagi asosiy
qismlardan tashkil topgan bo`ladi:
1.
Nur manbai – cho`g`lanma (ksenon, vodorod, volfram, nernet) va turli
rusumdagi spektral lampalar ishlatiladi.
79
2.
Monoxromatorlar – kerakli to`lqin uzunligidagi nurni ajratuvchi
asbob. (yorug`lik filtrlari, kvars prizmalar, difraksion to`r va boshqalar).
3.
Kyuveta – nurlar yutishi lozim bo`lgan eritmani quyish uchun
ishlatiladigan kvars shishasidan yasalgan (turli hajmdagi) prizmasimon (asbob)
idishlar.
4.
Signal qabul qiluvchi detektorlar – yorug`lik energiyasini elektr
energiyasiga aylantiruvchi asboblar (fotoelementlar, fotorezestorlar, fotoelektron
kuchaytirgichlar-FEU va boshqalar ishlatiladi).
5.
Fototokni kuchaytirib signalni qayt qiluvchi asboblarga uzatuvchi
asboblar.
6.
Signalni qabul qiluvchi asboblar sifatida mikro, milliampermetrlar,
otsellograflar, o`zi yozuvchi potensiometrlar (KEP-3), sifirli o`lchagichlar,
mikroprotsessorlar va boshqalar qo`llaniladi.
Absorbsion spetrofotometrlar, shu jumladan fotoelektrokolorimetrlar
aniqlanayotgan eritma bilan taqqoslovchi eritmalardan (control, standart eritmalar,
etolon eritmalar va boshqalar) hosil bo`lgan signallarni solishtirilganda “optik
zichliklarni” o`lchaydigan asboblar. Ularni, o`lchash usuli va tuzilishiga qarab bir
va ikki nurli spektrofotometrlarga ajratiladi. Fotoelektrokolorimetrik rangli
birikmali eritmalarning optik zichliklarini o`lchaydi.
Fotoelektrokolorimetriyada rangli birikmalar olish uchun rangli birikmalar
hosil qilish reaksiyalaridan fotometrik reaksiyalardan foydalaniladi. Fotometrik
reaksiyalar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
1.
Reaksiya natijasida rangli mahsulotlar hosil bo`lishi kerak: buning
uchun kompleks hosil bo`lish reaksiyalari, xromator guruhchalarini kiritish, oralab
keluvchi (ketma-ket emas) π-bog`lar miqdorini oshirish va boshqa usullardan
foydalaniladi.
2.
Fotometrik reaksiyalar maxsulotini tartibi o`zgarmas bo`lishi kerak.
Kompleks birikmalar tarkibini barqaror etish uchun pH, mol reagent, reaksiya
o`tkazishning optimal sharoitlari tanlanadi.
80
3.
Fotometrik reaksiyalari maxsulotlarining rangi juda intensiv bo`lishi
lozim. Maxsulotning molyar yutish koeffitsentining (∑) qiymati katta (5000-
10000) bo`lsa, reaksiya sezgir bo`ladi.
4.
Barcha fotometrik o`lchashlar mutlaqo bir xil sharoitlarda o`tkaziladi.
(salt eritmalar, pH, t
0
C, eritmalar hajmi, kyuveta qalinligi, svetofiltrlar va
boshqalar bir xil bo`lishi lozim).
5.
Fotometrik reaksiyalar kerakli yo`nalishda va oxirigacha bir xil
bo`lishi lozim.
6.
Fotometrik reaksiyalar selektiv (tanlanuvchi) bo`lishi va muayyan
komponentlar bilangina sodir bo`lishi kerak. [37-38]
Fotometrik reaksiyalar noorganik va organik moddalar analizida keng
qo`llaniladi.
82
Do'stlaringiz bilan baham: |