Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/210
Sana27.01.2022
Hajmi2,15 Mb.
#412519
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   210
Bog'liq
@mustaqilishlar Audit 2014 (Sh.Fayziyev)

 

3.

 

Auditorlik xulosasi va uni tuzish tartibi 

 

Auditorlik xulosasi

 buxgalterlik (moliyaviy) hisobotning tarkibiy qismi bo’lib, 

undan foydalanuvchilar uchun ushbu hisobot ishonchliligi axborot manbasi bo’lib 

xizmat  qiladi.  Buxgalteriya  hisobotidan  foydalanuvchilar  auditorlik  xulosasida 

bayon  qilingan  fikrga  tayanib,  auditorga  yoki  auditorlik  firmasiga  ishonch 

bildiradilar.  Ushbu  ishonch,  eng  avvalo,  auditor  tomonidan  bajarilgan  ishning 

sifati bilan qo’lga kiritiladi va oqlanadi.  

O’zbekiston  Respublikasi  «Auditorlik  faoliyati  to’g’risida»gi  qonunida 

belgilanishicha, 

auditorlik  xulosasi

  moliyaviy  hisobotning  to’g’riligi  va 

buxgalteriya  hisobi  yuritish  tartibining  qonun  hujjatlarida  belgilangan  talablarga 

muvofiqligi to’g’risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, 




 

 

159 



xo’jalik  yurituvchi  sub’ekt  moliyaviy  hisobotidan  foydalanuvchilar uchun ochiq 

bo’lgan hujjat.  

Auditorlik xulosasi auditorlik hisoboti asosida tuziladi.  

Auditorlik  xulosasi  auditor  (auditorlar),  auditorlik  tashkilotining  rahbari 

tomonidan imzolangan va auditorlik tashkiloti  muhri bilan tasdiqlangan bo’lishi 

kerak (19-modda).  

Auditorlik  tashkiloti  tomonidan  ishlab  chiqiladigan  auditorlik  xulosasini 

tayyorlash  ishlarida 



auditorlik  faoliyatining  milliy  standartlari

  (AFMS) 

qoidalarining  talablarini  inobatga  olish  zarur.  Auditorlik  xulosasini  tayyorlashda 

asosan  №  70  -  «Auditorlik  hisoboti  va  moliyaviy  hisobot  to’g’risida  auditorlik 

xulosasi» nomli auditorlik faoliyati milliy standartidan (AFMS) foydalaniladi.  

Audit  natijalari  korxonadagi  jarayonlar  va  moliya-xo’jalik  faoliyati 

natijalarini tashkil etish va hisobga olishni holisona aks ettirishi lozim.  

Boshqacha qilib aytanda, auditorlik tekshiruvi mumkin qadar ob’ektiv bo’lib, 

uning  xulosasi  ma’lum  ma’noda  xo’jalik  yurituvchi  sub’ekt  rahbariyati  ustidan 

chiqarilgan «hukm» hisoblanadi.  

Shuningdek,  davlat  organlari  topshirig’iga  binoan  o’tkazilgan  tekshiruv 

natijalari  bo’yicha  tuzilgan  auditorlik  xulosasi  O’zbekiston  Respublikasi 

protsessual 

qonunchiligiga 

muvofiq 

tayinlangan 

ekspertiza 

xulosasiga 

tenglashtiriladi.  

Auditorlik xulosasi uchta: kirish, ta’kidlovchi va yakunlovchi qismdan iborat 

bo’lishi lozim.  

 

auditorlik xulosasining kirish qismi

da quyidagilar ko’rsatiladi: 

 



auditorlik tashkilotining yuridik manzili va telefonlar; 

 



litsenziyasining tartib raqami; 

 



auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun litsenziya bergan organ nomi 

va berilgan vaqti, shuningdek, litsenziyaning amal qilish muddati; 

 

auditorlik 



tashkilotini 

davlat 


ro’yxatiga 

olish 


to’g’risidagi 

guvohnomasining raqami; 




 

 

160 



 

auditorlik tashkilotining hisob-kitob schyoti; 



 

tekshiruvda  ishtirok  etgan  barcha  auditorlar  hamda  auditorlik  tashkiloti 



rahbarining nasabi, ismi-sharifi.  

 



auditorlik  tekshiruvi  o’tkazish  uchun  asos  va  xo’jalik  yurituvchi 

sub’ektning umumiy tavsifi.  

Shu  bilan  birga  auditorlik  xulosasining  kirish  qismida  tekshiruvdan 

o’tkazilgan  moliyaviy  hisobotlar  ro’yxati,  sanasi  va  hisobot  davri  ko’rsatilgan 

holda  aks  ettirilishi  lozim.  Shuningdek,  kirish  qismida  auditorlik  tekshiruvidan 

o’tkaziladigan  hisobotning  tayyorlanishi  va  ishonchliligi  uchun  ma’suliyat 

xo’jalik  yurituvchi  sub’ekt  rahbariyatiga  yuklatilishi,  mazkur  moliyaviy  hisobot 

bo’yicha  berilgan  auditorlik  xulosasi  uchun  esa  auditorlik  tashkiloti  javobgar 

ekanligi ko’rsatilishi lozim.  

2.  Auditorlik xulosasining ta’kidlovchi qismida  auditorlik  xulosasi  AFMSga 

muvofiq o’tkazilganligi ta’kidlanishi lozim.  

Ta’kidlovchi  qism  moliyaviy  hisobot  va  boshqa  moliyaviy  axborotlarning 

ishonchliligini  va  qonunchilikka,  hamda  xo’jalik  yurituvchi  sub’ekt  moliya-

xo’jalik  faoliyatining  haqiqiy  ahvoliga  muvofiqligini  baholashini  ko’rsatishi 

lozim.  Shuningdek,  ta’kidlovchi  qismda  o’tkazilgan  auditorlik  tekshiruvi  fikr 

bildirish uchun etarli asos berishi to’g’risida auditorlik tashkilotining tasdig’i aks 

ettirilishi lozim.  

3. 


Auditorlik  xulosasining  yakunlovchi  qismi

da  õûæàëèê  þðèòuvchi 

sub’ektning  buxgalterlik  (moliyaviy)  hisoboti  ishonchliligi  va  qonunchilikka 

muvofiqligini tasdiqlash to’g’risida yozuv yoziladi.  

Tekshiruv auditorlik tashkiloti tomonidan o’tkazilganda, auditorlik xulosasini 

auditorlik  tashkilotining  rahbari  yoki  auditorlik  tashkilotining  u  vakolat  bergan 

boshqa xodimi imzolaydi va auditorlik firmasi muhri bilan tasdiqlaydi.  

Xo’jalik yurituvchi sub’ekt faqat auditorlik xulosasining yakuniy qisminigina 

manfaatdor  shaxslarga  taqdim  qilishi  lozim.  Shu  munosabat  bilan  auditorlik 

xulosasining tahliliy  qismi  va  yakuniy  qismi  alohida  imzolanishi va  muhrlanishi 




 

 

161 



mumkin. Auditorlik xulosasining ikkita turi mavjud: a) ijobiy auditorlik xulosasi; 

b) salbiy auditorlik xulosasi.  



Ijobiy  auditorlik  xulosasida 

buxgalterlik  balansi  va  moliyaviy  hisobot 

ko’rsatkichlarining  ishonchliligi  auditor  tomonidan  tasdiqlanadi.  Qoidaga  ko’ra 

ijobiy  auditorlik  xulosasi  auditorlik  tashkiloti  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektning 

moliyaviy  hisoboti  uning  moliyaviy  holati  va  sodir  etilgan  moliya-xo’jalik 

muomalalarining 

O’zbekiston 

Respublikasi 

qonunchiligi 

talablariga 

muvofiqligini ishonarli aks ettiradi degan fikrga kelingan vaqtda tuzilishi lozim.  

Salbiy auditorlik xulosasi 

moliyaviy hisobot korxonaning moliyaviy ahvoli 

to’g’risida  ishonarli  ma’lumot  bermagan  va  buxgalterlik  hisoboti  hamda  uning 

moliya-xo’jalik  faoliyati  hisobi  amaldagi  me’yoriy  qonunchilik  talablariga  mos 

kelmagan holda yuritilgan vaqtda tuziladi. Bunday xato-kamchiliklar o’z vaqtida 

tuzatilmasa moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni chalg’itishi mumkin.  

Auditorlik xulosasi kamida uch nusxada tuzilib, uning ikki nusxasi auditorlik 

tekshiruvi buyurtmachisi ya’ni korxona rahbariyatiga taqdim qilinadi.  

Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar auditorlik tekshiruvi yakunlanganidan so’ng 15 

kun  ichida  auditorlik  xulosasining  bir  nusxasini  o’zlari  joylashgan  hududdagi 

soliq organiga taqdim qiladilar.  

Auditorlik  xulosasi  moliyaviy  hisobotdan  foydalanuvchilar  uchun  tushunarli 

bo’lib,  unda  auditorning  ikkilanish  va(yoki)  noroziligidan  kelib  chiqqan 

cheklashlar  aniq  ko’rsatilishi  lozim.  Auditorlik  xulosasi  barcha  moliyaviy 

hisobotdan  foydalanuvchilar  olish  imkoniga  ega  bo’lgan  ochiq  axborot 

hisoblanadi.  Auditorlik  xulosasi  tegishli  moliyaviy  hisobotlar  bilan  birgalikda 

xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan chop ettirilishi mumkin.  

Auditorlik  hisoboti  va  auditorlik  xulosasi  uchun  javobgarlik.  «Auditorlik 

faoliyati  to’g’risida»gi  qonunga  muvofiq  auditorlik  tekshiruvini  o’tkazmay 

tuzilgan yoxud auditorlik tekshiruvi natijalari bo’yicha tuzilsada, lekin auditorlik 

tekshiruvi  davomida  auditor  (auditorlar)  tomonidan  olingan  va  o’rganilgan 

xo’jalik  yurituvchi  sub’ekt  hujjatlari  mazmuniga  muvofiq  bo’lmagan  auditorlik 

hisoboti va auditorlik xulosasi qasddan soxta tuzilgan hisoblanadi.  



 

 

162 



Auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi qasddan soxta tuzilganligi auditorlik 

faoliyatini  amalga  oshirishga  doir  litsenziyaning  amal  qilishini  belgilangan 

tartibda  tugatishga,  shuningdek  aybdor  shaxslar  qonunda  nazarda  tutilgan 

javobgarlikka tortilishiga sabab bo’ladi.  




Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish