Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


 Valyuta schyotlariga doir muomalalar sintetik hisobining to’g’riligi va



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/210
Sana27.01.2022
Hajmi2,15 Mb.
#412519
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   210
Bog'liq
@mustaqilishlar Audit 2014 (Sh.Fayziyev)

5. Valyuta schyotlariga doir muomalalar sintetik hisobining to’g’riligi va 

to’liqligini tekshirish 

  

Korxona va firmalar xorijiy valyutalardagi pul mablag’larining to’liq kirimga 

olinishini  aniqlash  va  valyuta  muomalalarining  hisobda  to’g’ri  aks  ettirilishini 

tekshirish muhim masala hisoblanadi.  

Korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish chog’ida mahsulot (ish, 

xizmat) eksportidan daromad oladilar, import tovarlar bo’yicha to’lovlarni amalga 

oshiradilar,  xorijga  xizmat  safarlari  bo’yicha  sarflarni  to’laydilar  va 

O’zbekistonda hamda chet ellardagi banklarda ochilgan valyuta schyotlari orqali 

boshqa  muomalalarni  amalga  oshiradilar.  Banklarda  valyuta  schyotlarini  ochish 



 

 

323 



tartibi  va  ular  bo’yicha  muomalalarni  amalga  oshirish  O’zbekiston  Respublikasi 

valyuta  qonunchiligi  hamda  Markaziy  Bankining  me’yoriy  hujjatlari  bilan 

tartibga solinadi.  

Shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  bank  hujjatlarida  xalqaro  hisob-kitoblar 

bo’yicha  qoldiqlar  va  muomalalar  milliy  valyuta  va  chet  el  valyutalari  turlari: 

AQSh dollari, nemis markasi, ingliz funt sterlingi va h. k. bo’yicha ko’rsatiladi.  

Amaldagi  qonunchilikka  muvofiq  yuridik  shaxs-rezidentlar  quyidagi  valyuta 

schyotlariga ega bo’lishlari mumkin: 

*

 

 tranzit  valyuta  schyoti  -  eksportdan  olingan  valyuta  tushumini  to’liq 



hajmda hisobga olish uchun mo’ljallangan; 

*

 



 maxsus  tranzit  valyuta  schyoti  -  O’zbekiston  Respublikasi  valyuta 

birjasida  chet  el  valyutasini  so’mga  sotib  olish  va  uni  yana  sotishga  doir 

muomalalarni hisobga olish uchun mo’ljallangan; 

Joriy  valyuta  schyoti  yuridik  shaxs  eksportdan  olingan  tushumning  bir 

qismini  majburiy  sotganidan  so’ng  uning  ixtiyorida  qoladigan  mablag’larni  va 

valyuta  qonunchiligiga  muvofiq  schyotga  doir  boshqa  muomalalarni  amalga 

oshirish uchun mo’ljallangan xorijdagi valyuta schyoti O’zbekiston Respublikasi 

Markaziy  Bankining  Maxsus  ruxsatnomasiga  muvofiq  xorijda  vakolatxonalariga 

ega tashkilotlar uchun ochiladi.  

Bankdagi  valyuta  schyotlari  bo’yicha  muomalalarni  tekshirish  chog’ida 

auditor quyidagilarga alohida e’tibor qaratishi lozim: 

*

 



 joriy  valyuta  muomalalari  va  kapitalning  harakati  bilan  bog’liq  valyuta 

muomalalari huquqiy rejimiga rioya qilinishi; 

*

 

 valyuta  muomalalarini  amalga  oshirish  uchun  O’zbekiston  Respublikasi 



Markaziy  Bankining  litsenziyasiga  ega  bo’lgan,  vakolatli  banklar  orqali  valyuta 

muomalalarini amalga oshirish; 

*

 

 vakolatli  banklarda  ayrim  valyuta  muomalalarini  amalga  oshirish  uchun 



O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  Banki  tomonidan  beriladigan  ruxsatnomalar 

va litsenziyalarning mavjudligi; 

*

 

 yuridik  shaxs-rezidentlar  tomonidan  ular  ixtiyorida  mavjud  bo’lgan,  legal 




 

 

324 



kelib  chiqishga  ega  valyuta  mablag’lari  chegarasida  chet  el  valyutasidagi  hisob-

kitoblarni amalga oshirish; 

*

 

 5210-«Mamlakatimizdagi  valyuta  schyotlari»  schyoti  bo’yicha  ochilgan 



«Tranzit valyuta schyotlari», «Maxsus tranzit valyuta schyotlari», «Joriy valyuta 

schyotlari», «Xorijdagi valyuta schetlari» subschyotlaridagi valyuta mablag’lariga 

doir muomalalar hisobi.  

Valyuta  schyotlari  bo’yicha  muomalalarni  auditorlik  tekshiruvidan  o’tkazish 

bankda  ochilgan,  shu  jumladan  chet  ellardagi  ham,  har  bir  valyuta  schyoti 

bo’yicha amalga oshiriladi.  

Bunda  shuni  e’tiborga  olish  kerakki,  agar  O’zbekiston  korxonasining  xorijiy 

bankda, O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki litsenziyasi bo’yicha ochilgan 

schyoti bo’lsa, bu litsenziya unga valyuta tushumini qabul qilish uchun asos bo’la 

olmaydi.  Shuning  uchun  O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  Bankida  xorijiy 

bankdagi  schyotga  valyutani  har  bir  kirimi  uchun  maxsus  ruxsatnoma  bo’lishi 

lozim.  


Rezident  bo’lib  hisoblangan,  eksport  qiluvchi  tashkilotlar  valyuta  tushumi 

qabul  qilinishining  to’liqligi  va  to’g’riligini  tekshirishda,  vakolatli  banklardagi 

ularning valyuta schyotlari bo’yicha quyidagilarni aniqlash kerak: 

*

 



 tashkilot  valyuta  tushumini  chet  ellik  hamkorining  reklamatsiyasini 

qoniqtirish hisobiga jarima to’lash yoki zararlarni qoplash, ya’ni o’zaro talablarni 

hisobga olish to’g’risidagi talablarni;  

*

 



 eksport  kontraktlari  kabi,  import  kontraktlarini  bajarish  chog’ida  ham 

o’zaro qarz surishish hollariga yo’l qo’yilmaganligi; 

*

 

 O’zbekiston  Respublikasiga  o’tkazilishi  lozim  bo’lgan  va  xorijdagi 



rezidentning  ixtiyoriga  yoki  mulki  qatoriga  o’tgan  tushumdan  to’lovlar  amalga 

oshirilmaganligi. Olingan daromad pul o’tkazish amalga oshirilgunga qadar faqat 

ushbu  daromad  olingan  tashqi  iqtisodiy  muomala  bilan  bevosita  bog’liq  bo’lgan 

bank komissiyalari va chiqimlarni to’lash uchun ishlatilishi mumkin.  

Valyuta  tushumining  to’liq  kirim  qilinishini  tekshirish  uchun  yil  davomida 

tushgan valyuta summasi eksport qilingan tovar qiymati bilan taqqoslanadi.  




 

 

325 



Valyuta  schyotiga  doir  muomalalarini  tekshirish  chog’ida  valyuta  sotish  va 

sotib  olishga  doir  muomalalarning  to’g’ri  aks  ettirilganligiga  alohida  e’tibor 

qaratish  lozim.  Chunki  korxonalar  buxgalterlari  ko’p  hollarda  hisobga  olish 

uslubiyotida  ham,  kurs  farqlarini  hisob-kitob  qilishda  ham  valyutani  so’mga 

hisoblab o’tkazishda ko’plab xatolarga yo’l qo’yadilar.  

Valyutani  sotib  olishga  doir  muomalalarning  valyuta  qonunchiligiga  va 

buxgalteriya  hisobida  aks  ettirish  tartibiga  muvofiqligini  tekshirish  quyidagi 

tartibda o’tkaziladi.  

 

Valyuta sotib olishga doir muomalalarni tekshirish tartibi. 



Tekshiriladigan masala

 

Qaysi me’yoriy 



hujjatga 

muvofiq


 

Valyuta qonunchiligiga rioya qilinishi. 

 

1. Valyutani sotib olish maqsadi:



 

 



joriy valyuta muomalalarini amalga oshirish uchun;

 



 

kapitalning  harakati  bilan  bog’liq  valyuta  muomalalarini  amalga 

oshirish uchun. 

 

 



2. Kapitalning harakati bilan bog’liq valyuta muomalasi O’zbekiston Respublikasi 

Markaziy Bankining maxsus ruxsati (litsenziyasini) talab qilmaydigan muomalalar 

qatoriga kiradimi

 

 



3. Kapitalning harkati bilan bog’liq muomalalarni amalga oshirish uchun Markaziy 

Bank ruxsatnomasi mavjudligi

 

 

4.  Sotib  olingan  valyutaning  sotib  olish  uchun  topshiriqda  ko’rsatilgan  asosga 



muvofiq maqsadli tayinlanishi bo’yicha ishlatilganligi

 

 



5.  Maxsus  tranzit  schyotdan  valyutani  maqsadli  tayinlanishi  bo’yicha  hisobdan 

o’chirish muddatlariga rioya qilinishi

 

 

6.  Sotib  olingan  chet  el  valyutasini  yana  sotish  bo’yicha  muomalalar  amalga 



oshirilganligi

 

 



7.  Import  tovarlar  qiymatini  bojxonada  rasmiylashtirilgunga  qadar  valyuta 

mablag’larini sotib olish shartlariga rioya qilinishi so’mdagi depozit ochish. 

 

 

Muomalalarning buxgalteriya hisobida aks ettirilishi. 



 

Tekshiriladigan masala

 

qaysi me’yoriy 



hujjatga 


 

 

326 



muvofiq

 

 1.  Valyutani  sotib  olishga  doir  muomalalarni  hisobga  olish  uchun 



foydalaniladigan, ishchi schyotlar rejasida keltirilgan schyotlar

 

 



2.  Pulini  to’lash  uchun  valyuta  sotib  olinadigan,  sotib  olingan  tovar-moddiy 

zahiralar qiymatiga bank komission mukofotining qo’shilishi

 

 

 



3. Bankka to’langan komission mukofotning 80 schyot debetiga olib borilishi 

 

 



4.  Soliqqa  tortiladigan  foydani  aniqlash  chog’ida  moliyaviy  natijaning  80-schyot 

debetiga  olib  borilgan,  komission  mukofotlar  va  kurs  tafovutlari  summasiga 

tuzatilganligi

 

 



5.  Valyuta  sotib  olishda  chet  el  valyutasini  so’mga  hisoblab  o’tkazish  sanasini 

belgilashning to’g’riligini tekshirish

 

 

6.  Valyutaning  so’mga  hisoblab  o’tkazish  chog’ida  qo’llanilgan  O’zbekiston 



Respublikasi Markaziy Banki kurslarining to’g’riligini tekshirish

 

 



7.  Valyuta  sotib  olishga  doir  muomalalarni  buxgalteriya  hisobi  schyotlarida  aks 

ettirish bo’yicha schyotlar boglanishini (korrespondentsiyasini) tekshirish

 

 

 



Valyuta  qonunchiligiga  muvofiq  valyuta  sotish  quyidagicha  turkumlanishi 

mumkin: 


1. Majburiy sotish; 

2. Qaytarib sotish; 

3. Erkin (ixtiyoriy) sotish.  

Valyutani  majburiy  sotish  rezidentlarning  tovarlar  (ish,  xizmat,  intellektual 

faoliyat)ni  eksport  qilishdan  olingan,  tranzit  valyuta  schyotiga  kirim  qilingan 

valyuta  tushumlarini,  hamda  bo’naklar  va  oldin  to’lovlar  sifatida  olingan 

kirimlarni o’z ichiga oladi.  

Valyutani  qaytarib  sotish  ichki  bozorda  sotib  olingan  va  maxsus  tranzit 

schyotga  qabul  qilingan  valyutalarni  sotishni  o’z  ichiga  oladi.  Bu  agar  sotib 

olingan  valyuta  hamda  maxsus  tranzit  schyotiga  qabul  qilingan  va  rezident 

tomonidan  xizmat  safari  xarajatlarini  to’lash  uchun  ishlatilmagan  valyutalar 

maxsus tranzit schyotdan maqsadli tayinlanishi bo’yicha belgilangan muddatlarda 

hisobdan o’chirilmagan hollarda.  

Valyutani  ixtiyoriy  sotish  valyuta  tushumining  majburiy  sotiladigan 




 

 

327 



summasidan  oshgan  summasini  va  joriy  valyuta  schyotidan  valyuta  sotishni  o’z 

ichiga oladi.  

Valyutani  majburiy  va  qaytarib  sotish  chog’ida  qonunchilikda  belgilangan, 

sotish tartibining majburiy shartlari kabi, bu muomalalarni buxgalteriya hisobida 

aks ettirish ham tekshirilishi lozim. Valyutani ixtiyoriy sotishda esa asosan ushbu 

muomalalarning buxgalteriya hisobida aks ettirishi tekshiriladi.  

Valyutani  sotishga  doir  muomalalarni  tekshirishni  quyidagi  tartibda  amalga 

oshirish mumkin.  

 

 

Tekshiriladigan masala 



Qaysi 

me’yoriy 

hujjatga 

muvofiq 


1. Sotish turini aniqlash:

 

tranzit valyuta schyotidan majburiy sotish;



 

maxsus tranzit schyotidan qaytarib sotish;

 

ixtiyoriy sotish. 



 

 

2. Tranzit valyuta schyotiga tushgan tushum majburiy sotiladimi?



 

 

3. Majburiy sotish hajmini aniqlashning to’g’riligini tekshirish:



 

valyuta tushumining 75%. 

 

valyuta tushumining 50%. 



 

 

4. Eksportdan olingan valyuta tushumini sotish muddatlariga rioya qilinishini tekshirish



 

 

5.  Majburiy  sotiladigan  eksport  daromadini  hisob-kitob  qiladigan  bazani  aniqlashni 



tekshirish

 

 



6.  Maxsus  tranzit  valyuta  schyotidan  valyutani  qaytarib  sotish  uchun  zarur  shart-

sharoitlar mavjudligini tekshirish

 

 

7. Valyutani qaytarib sotish muddatlariga rioya qilinishini tekshirish. 



 

 

8.  Korxona  o’zining  maxsus  tranzit  valyuta  schyotidan  boshqa  valyuta  schyotlariga 



valyutani o’tkazganligi

 

 



9. Valyutani sotishga doir muomalalarning hujjatlashtirilishini tekshirish

 

 



 

 

 




 

 

328 



 

Valyuta muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini tekshirish. 

Tekshiriladigan masala

 

Qaysi 



me’yoriy 

hujjatga 

muvofiq

 

1. Korxonada valyuta sotish muomalalarini aks ettirish uchun 9220-«Boshqa aktivlarning 



chiqimi» schetini  qo’llash. 

 

 



2. Valyuta sotish (ixtiyoriy va qaytarib sotish) bo’yicha bankka to’lanadigan komission 

to’lovni  9220-«Boshqa  aktivlarning  chiqimi»  schyotining  debetiga  olib  borishni 

tekshirish. 

 

 



3.  Valyutani  majburiy  sotish  bo’yicha  bankka  to’lanadigan  komission  to’lovning 

tannarxga qo’shilishi. 

 

 

4.  Valyuta  muomalasi  bo’yicha  zarar  ko’rilganida  soliqqa  tortiladigan  foydani  aniqlash 



chog’ida moliyaviy natija tuzatilganligi. 

 

 



 

5. Valyuta sotishni hisobga olishga doir muomalalar bo’yicha chet el valyutasini so’mga 

hisoblab o’tkazish sanasini belgilashning to’g’riligini tekshirish

 

 



6.  Chet  el  valyutasini  so’mga  hisoblab  o’tkazishda  O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy 

banki tomonidan o’rnatilgan valyuta kurslarini qo’llashning to’g’riligini tekshirish

 

 

7. 



Valyuta 

sotishni 

aks 

ettirishga 



doir 

schyotlarning 

o’zaro 

bog’lanishi 

(korrespondentsiyasi) to’g’riligini tekshirish. 

 

 



 

 


Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish