(xaqiqiy
tannarxi) bo’yicha ma’lumotlar
"Asosiy ishlab chiqarish", "Yordamchi ishlab chiqarish" hisobvaraqlarining
krediti bo’yicha aylanmalar bilan solishtiriladi. Bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan
xizmatlar tannarxi ushbu hieobvaraqlar bo’yicha kredit aylanmalari "Asosiy
(operatsion) faoliyatdan olingan daromadlar hisobi bo’yicha hisobvaraqlar"
hisobvarag’ining debet aylanmalari bilan solishtirib tekshiriladi.
Sotish tsiklini audit qilish vaqtida auditor mahsulotni sotishdan tushum
to’g’ri aniqlanganligi va hisobga olinganligini tekshirishi lozim. Barcha
korxonalar sotishdan tushum va hisobotni tayyorlash bo’yicha buxgalteriya
hisobini faqat hisoblash usulida yoki "jo’natish bo’yicha" amalga oshirishlari
kerak. Mahsulotni jo’natish (sotish) jarayoni "Tayyor mahsulotni sotishdan
olingan daromadlar" hisobvarag’ida hisobga olinadi. Jo’tilgan, lekin hali ham
xaridor tomonidan to’lanmagan mahsulot sotish narxlari bo’yicha "Xaridorlar va
buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar" hisobvarag’ida hisobga olinadi.
Auditor tegishli hisobvaraqlar bo’yicha hisob registrlari ma’lumotlariga
asosan qo’llanilayotgan hisobvaraqlar korrespon-dentlanishi to’g’riligi va
mahsulotni sotishdan tushum "jo’natish bo’yicha", me’yoriy hujjatlar talablariga
muvofiq hisobda to’g’ri aks etilganligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Mahsulotni (ish va xizmatlar)ni jo’natish va sotish bo’yicha operatsiyalarni
hisobga olish uchun 1b-sonli ro’yxatnoma (jo’natish) va 11-sonli jurnal-order
qo’llaniladi. 1b-sonli ro’yxatnoma jo’tilgan mahsulot sotilishidan tushgan
tushumni aniqlashda yuritiladi. 11-sonli jurnal-orderda oylik yakunlar va tegishli
hisobvaraqlar bo’yicha kredit aylanmalari aks etiladi.
Mahsulotlarni sotish bo’yicha operatsiyalarni o’rganish jarayonida auditor
mahsulot
etkazib
berish
uchun shartnomalar mavjudligi va to’g’ri
rasmiylashtirilganligi, yozib berilgan hisobvaraq-fakturalar
to’liq
ro’yxatga
olinganligi, etkazib berilgan mahsulot uchun xaridor to’lov muddatlariga rioya
qilayotganligini aniqlashi va tekshirishi lozim.
307
Sotilgan mahsulot tannarxi to’g’ri anshuganganligini auditor tegishli
ko’rsatkichlarni qaytadan sanab chiqish, shuningdek, mahsulotning alohida turlari
bo’yicha tovar balansini natural va qiymat ifodalarini solishtirish yo’li bilan
aniqlaydi.
Bunda tovar balansi ko’rsatkichlari boshqa hujjatlardagi shunga o’xshash
ko’rsatkichlar bilan solishtiriladi:
-
hisobot davrining boshiga va oxiriga tayyor mahsulotning
qoldig’i hisobot davrida ishlab chiqarilgani va jo’natilgani
(sotilgani) buxgalteriyadagm tayyor mahsulot harakati hisobi bo’yicha
tahliliy hisob ma’lumotlari va ishlab chiqarish-nozimlik
xizmatidagi tezkor ma’lumotlar bilan tasdiqlanadi;
-
hisobot davrining boshiga va ohiriga tayyor mahsulotning
haqiqiy
tannarxi
yoki
hisob
narxlari
(rejali,
me’yoriy)
tannarxi
bo’yicha qoldiqlari va boshqalar "Tayyor mahsulotning hisobi bo’yicha
hisobvaraqlar" hisobvarag’ining hisobot davrining boshlanishi va
oxiriga
qoldiq
bilan tasdiqlanadi. Ishlab chiqarishdan tayyor
mahsulotni haqiqiy tannarx bo’yicha chiqarilishi ishlab chik-arish
bo’yicha xarajatlarning umumlashtirilgan hisobi ma’lumotlari
bilan tasdiqlanadi;
-
haqiqiy tannarx bo’yicha yuklab jo’natish hisob narxlari
bo’yicha jo’natish va farqlarning algebraik summasi sifatida
aniqlanadi. Farqlar summasi farqlarning o’rtacha foiz
darajasidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Farqlarning
o’rtacha
foizi,
o’z
navbatida,
amaldagi
tannarx
bilan hisob narx o’rtasidagi farq hisob narxi bo’yicha davr boshiga
tayyor mahsulot va uning hisobot davrida ishlab chiqarilgan summasi
nisbati bilan aniqlanadi.
Tekshiruv yakunida auditor QQS va sotishdan olingan moliyaviy natijalar
to’g’ri hisoblanganligini tekshiradi.
308
Auditor o’z xulosalarinm tekshirilayotgan dastlabki hujjatlar va hisob
registrlari ma’lumotlari, amalga oshirilgan nazoratli arifmetik hisob-kitoblar
natijalari bilan asoslaydi. Audit davrida aniqlangan xato va kamchiliklarni auditor
o’z ish hujjatlarida qayd etadi.
Tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bo’yicha buxgalteriya
hisobini yuritishda odatda sodir etiladigan xatolar quyidagilar bo’lishi mumkin:
- mahsulotni sotish buxgalteriya hisobida "to’lov bo’yicha"
yuritilishi;
- sotilgan mahsulotning tannarxi noto’g’ri hisoblanishi;
-
hisobning ushbu bo’limi bo’yicha hujjatlar to’g’ri va o’z
vaqtida yuritilmasligi;
-
mahsulot sotilishini hisobda aks etishda hisobvaraqlar
noto’g’ri korrespondentlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |