Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/210
Sana27.01.2022
Hajmi2,15 Mb.
#412519
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   210
Bog'liq
@mustaqilishlar Audit 2014 (Sh.Fayziyev)

3. 

 

Mahsulot tannarxini hisoblashni tekshirish 

 

Kalkulyatsiya

  -  bu  ayrim  turdagi  mahsulotlar  birligining  yoki  butun  tovar 

mahsulotlarning  tannarxini  aniqlash  usulidir.  Kalkulyatsiya  muayyan  turdagi 

mahsulotga  nisbatan  xarajatlarni  guruhlash  usuli  sifatida,  ishlab  chiqarish 

jarayonining  istalgan  bosqichida  mahsulot  (ish,  xizmat)lar  tannarxining  har  bir 

tarkibiy  elementini  kuzatib  borish  imkonini  beradi.  Shu  boisdan,  mahsulot  (ish, 

xizmat)lar birligining tannarxini hisoblashni tekshirish ishlab chiqarish xarajatlari 

auditining muhim bo’lagi hisoblanadi.  

Auditor  xarajatlarning  sarf-xarajat  moddalari  bo’yicha  ularning  maqsadi  va 

vujudga kelish joylariga qarab guruhlanishini hamda bevosita yoki bilvosita yo’l 

bilan  mahsulot  (ish,  xizmat)larning  har  bir  turiga  olib  borilishini  bilishi  zarur. 

Iqtisodiyot  tarmoqlarida  sarf-xarajatlar  tarkibi  turlicha  va  tegishli  tarmoq  (yoki 

tarmoqlararo) yo’riqnomalar va uslubiy tavsiyalar bilan belgilanadi.  

Mahsulot  (ish,  xizmat)lar  tannarxini  hisoblashni  tekshirishda  auditor 

quyidagilarning to’g’riligini aniqlaydi: 

*

 



 mahsulot  ishlab  chiqarish  (ish,  xizmat)  uchun  qilinadigan  xarajatlarning 

turkumlanishini; 

*

 

 xarajatlarni  kalkulyatsiya  moddalari  bo’yicha  hisobga  olish  va  hisobdan 



chiqarish (taqsimlash); 

*

 



 yaroqsizlik (brak) dan va bekor turib qolishdan ko’rilgan yo’qotishlar; 

*

 



 tugallanmagan ishlab chiqarishni aniqlash; 

*

 



 bilvosita sarflarni taqsimlash; 

*

 



 xarajatlarni hisobga olish va mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini hisoblash 

usullarini qo’llash; 

*

 

 ishlab  chiqarish  xarajatlarini  hisobga  olishga  doir  schyotlarning  o’zaro 



bog’lanishi (korrespondentsiyasi)ni tuzish; 


 

 

298 



*

 

 ishlab  chiqarish  xarajatlarining  yig’ma,  analitik  va  sintetik  hisobini 



yuritishni; 

*

 



 xarajat  schyotlari  bo’yicha  analitik  va  sintetik  hisob  yozuvlarining  bosh 

daftar hamda balansdagi yozuvlarga mos kelishi.  

Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini hisoblashda har xil usullar qo’llaniladi.  

Sanoat  ishlab  chiqarishida  tannarx  hisoblash  quyidagi  usullarda  amalga 

oshiriladi: oddiy usul, normativ usul, buyurtmalar usuli, bosqichlar usuli.  

Auditorlik  tekshiruvining  vazifalaridan  biri  -  tanlangan  kalkulyatsiyalash 

usulining asosliligini tasdiqlashdan iborat.  

Xarajatlar  mahsulot  (ish,  xizmat)lar  tannarxiga  olib  borilish  xususiyatiga 

ko’ra  muayyan  mahsulot  (ish,  xizmat)  tannarxiga  to’g’ridan-to’g’ri  olib 

boriladigan bevosita va bilvosita xarajatlarga bo’linadi.  

Bilvosita xarajatlar ko’p elementli bo’lib, hisob yuritish siyosati to’g’risidagi 

buyruqda  belgilangan  qaysidir  ko’rsatkichga  mutanosib  ravishda  alohida 

mahsulot  turlari  o’rtasida  taqsimlanadi.  Qanday  ko’rsatkichga  mutanosib 

taqsimlash  usulini  har  bir  korxona  tarmoq  xususiyatidan  kelib  chiqib  mustaqil 

aniqlaydi.  Masalan,  sanoatda  mutanosib  taqsimlash  ko’rsatkichi  sifatida 

quyidagilar qo’llaniladi: 

*

 

 asosiy ish haqi; 



*

 

 qurilmalarni  saqlash  va  ishlatish  uchun  qilinadigan  smeta  (normativ) 



xarajatlar; 

*

 



 mahsulot massasi va hajmi; 

*

 



 ishchilar tomonidan ishlangan kishi-soatlar; 

*

 



 qurilmalarning mashina-soatlar soni.  

Auditorning  vazifasi  korxona  hisob  siyosatida  qabul  qilingan  va  amalda 

qo’llanilayotgan 

bilvosita 

sarflarni 

taqsimlash 

usulining 

to’g’riligini 

tasdiqlashdan iborat.  

Bir  necha  turdagi  faoliyat  bilan  shug’ullanuvchi  (har  xil  mahsulot  ishlab 

chiqaruvchi)  korxonalar  bilvosita  xarajatlarini  ular  o’rtasida  taqsimlamaydigan 

holatlar  auditorlik  amaliyotida  tez-tez  uchrab  turadi.  Bunday  hollarda  har  xil 




 

 

299 



mahsulotlar  tannarxlarining  buzib  ko’rsatilish  hollari  sodir  bo’ladi,  haqiqiy 

moliyaviy natijalar yashiriladi.  

 


Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish