topgan milliy qadriyatlarimiz, urf odatlarimiz rihda tarbiyalash, madaniy
merosimiz, ma`naviy boyligimizni har tomonlama o`rganib, ta`lim tarbiya
sohasida qo`llashga keng imkoniyatlar yaratildi. Aynigsa ajdodlarimizning
yaratgan ma`naviy boyliklarini chuqur o`rganish, milliy istoqbol g`oyasi asosida
qo`lyozma boyliklarimiz yangicha o`rganilmoqda va kitob holida chop
etilmoqda. Tariximizning o`qilmagan saifalari tiklanmoqda yoki yangi bilimlar
bilan to`ldirilmoqda. Ana shunday jarayonda manbashunoslik fanini ahamiyati
yanada oshmoqda. Hozirgacha 20 dan ortiq ajdodlarimizning asarlarini
yangicha mazmunda chop etilishi va 30 dan ziyod ilmiy tadqiqot ishlarini
I.A. Karimov. “Tarixdan saboq olib, zamon bilan ham qadam bo`lib yashash – bugungi
62
Shu o`rinda ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan tarixiy asarlar qayta
o`rganilmoqda va yangi tahrirda o`quvchilar ommasiga etkazilmoqda. Tarixiy
fakt va voqealar bayoni inson xarakteri, ma’lumot beruvchi shaxs, guruh, firqa,
sulola, mazhab va mamlakatlar manfaati yo’lida turlicha talqin qilinishi mumkin.
Jumladan, O’zbekiston yaqin tarixi mamlakatimizning XIX asr ikkinchi yarmi va
XX asr boshlaridagi siyosiy voqealar turli davrlarda, manbalarda va turli mualliflar
tomonidan turlicha talqin qilinmoqda. Bular o’z davrida yaratilgan yozma
yodgorliklar, tarixiy hujjatlar va solnomalarda qanday bayon qilingan? Sho’ro
davrida qanday tushuntirildi? Va nihoyat mustaqillik sharoitida tarixiy adolatni
tiklash, manbalar asosida xolis va ob’ektiv bo’lib o’tgan voqealarni bilishimiz
mumkin va kerak. Bu esa manbashunoslik fanisiz, manbalarga ilmiy yondoshuvsiz
mumkin emas. Chunki, o’sha davrdagi yozma yodgorliklar aksariyati arab alifbosi
asosidagi yozuvimizda, bir qismi rus tilida ham bitilgan va o’sha davrga xos tarixiy
xususiyatlarga ega. Demak, manbashunoslik fani yurtimiz tarixi to’g’risida xolis
va ob’ektiv bilim olishga, o’zligimizni anglashga, boy va qadimiy madaniyatimizni
bilishga xizmat qiluvchi tarix fanining muhim sohalaridan biridir
Biz bitiruv malakaviy ishimizda biografik va me`muar asarlarning
o`rganilishi va tasnifi haqida ayrim yangi tarixiy ma`lumotlarni berishga harakat
qildik. Ma`lumki, o`tmishda ajdodlarimiz tomonidan qator tarixiy asarlar
yaratilgan va ular bugunda tariximizni bilishda, voqea hodisalarni xolisona
o`rganishda muhim manba bo`lib xizmat qilmoqda. Jumladan, XV asrning
ko’zga ko’ringan adabiyotshunos olimi Davlatshoh Samarqandiyning
Do'stlaringiz bilan baham: