tushuncha) qadimgi xalqlar orasida va mamlakatlarda amalda bo’lgan yil hisobi va
xalqlardan qolgan yodgorliklar”) nomli asari turli taqvimlarni o’rganishga
bayon etamiz.
tarixiy manbalarni aniqlash, tanlash va nihoyat uni ilmiy tahlil qilish har qanday
15
Tanlangan mavzuning ilmiy hamda nazariy jihatdan to’g’ri hal etilishi ko’p
jihatdan har qanday tadqiqotning asosi, poydevorini tashkil etadigan manbaning
sifat va salmog’iga, ya’ni mukammalligiga va faktik materialga boyligiga
bog’liqdir.
Manbashunoslik talablaridan biri shuki, biror mavzuni tadqiq etishda bir
emas, balki bir necha manbalar turiga – rasmiy hujjatlar, solnomalar, geo-
kosmografik,
agiografik
va
biografik
asarlarga
asoslanib,
ulardagi
ma’lumotlarqiyosiy solishtirilib tahlil etilsa ilmiy tadqiqot saviyasi oshib, xulosa
va umumlashmalar ishonarli va asosli bo’lib, uning ilmiy ahamiyati ham katta
bo’lishi shubhasizdir.
Tadqiqot uchun yozma manbalarning qaysi biri asosiy va qaysilari
yordamchi rol o’ynashi tanlangan mavzuning xarakteriga bog’liqdir. Masalan,
iqtisodiy-ijtimoiy masalalarni o’rganishda rasmiy hujjatlar asosiy birlamchi manba
rolini o’taydigan bo’lsa, siyosiy hamda madaniy hayotni yoritib berishda
solnomalar – tarixiy asarlar va biografik tazkiralar hamda adabiy-badiiy asarlar
yetakchi o’rinda turadilar. Lekin shunga qaramay, ilmiy tadqiqot olib borishda
faqat asosiy hisoblangan birgina birlamchi manba bilan kifoyalanib qolmay, imkon
qadar boshqa ikkinchi darajali manbalarga murojaat etish, ularni ham tadqiqotga
jalb etish maqsadga muvofiqdir
1
.
Manbashunos olimlarning tajribasi shuni ko’rsatadiki, aksariyat tarixiy
asarlar ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda madaniy hayotga oid qimmatli
ma’lumotlarga boy bo’ladi. Rasmiy hujjatlarda va biografik asarlarda esa siyosiy
tarixga oid qimmatli faktlarni, tarixiy asarda yo’q ma’lumotlarni uchratish
mumkin.
Manbashunoslikdagi ilmiy ishda ko’p va turli tipdagi manbalarga asoslanib,
tadqiq etilmish mavzuga oid barcha manbalarni ishga jalb etish bo’dajak ilmiy
1
Munirov Q. Sharq qo`lyozmalari Т. 1962. 23- bet.
16
asarning qiymatini va ahamiyatini belgilovchi asosiy va hal qiluvchi omillardan
biridir.
Nazariy manbashunoslik yo’nalishi amaliy manbashunoslik tajribasini
umumlashtiradi, yozma manbalarni vujudga kelishi va ularning real tarixiy
sharoitni o’zida aks ettirish qonuniyatlari, manbalarni izlab topish, turkumlash,
tavsifga olish, tartibga solish asoslarini ishlab chiqadi va ularni ilmiy muomalaga
kiritishning, amaliy o’rganishning eng maqsadga muvofiq asosiy usul va yo’llarini
aniqlaydi va amaliyotga tavsiya etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: