218
10.5.1. Neft uyumlarini ishlatish jarayonida mahsuldor qatlamni
suv bostirishini nazorat qilish
Neft uyumlarini qazib chiqarish jarayonida mahsuldor
qatlamlarni suv bostirishini o’rganish ularni qazib
chiqarishni nazorat
va tahlil qilishdagi eng muhim vazifalaridandir. Qatlamning
to’laligicha suv bilan qamralishi, demak, undan olinadigan zapasning
mukammalligi-
qatlamga
kiradigan
suvning
harakat
qilish
xususiyatlariga bog’liqdir. Qatlamdagi suvning harakati har omillarga
bog’liq bg’lib, shulardan eng muhimlari neftli uyumning tuzilishi,
qazib chiqarish sistemasi, hamda neftning hamda uning siqib
chiqaruvchi suvning xususiyatlariga bog’liqdir.
Uyumlarning turiga va unga ta’sir qilish xususiyatiga qarab
qatlamga suvning kirishi har hil omillarga borlik bo’lishi mumkin,
chunonchi dastlabki suv neft zonasidan suv neft chegarasining surilishi
hisobiga, ichki suv neft chegarasining surilishi hisobiga, bunda neftli
zona torayib, suv-neftli zona kengayadi (bunday hollar juda yotiq
uyumlarda sodir bo’lishi mumkin), hamda haydovchi quduqlarga suv
haydash natijasida sodir bo’ladi.
YUqorida keltirilganlardan ikki holatda suvning qatlamga
kirishi suv-neft chegarasining surilishi natijasida ro’y beradi. Bunday
holat yuz berishiga qatlamning tabiiy rejimi sababchi bo’lishi yoki
chegaradan tashqari yoki chegara yonidan suv haydash usullari
qo’llangan hollarda ro’y beradi.
Tabiiy sharoitlarning turli-tumanligi va
qatlamga ta’sir
kilishning turlari tufayli yuqorida keltirganimiz holatlar birgalikda o’zi
alohida namoyon bo’lishi mumkin. Neftning unga haydaladigan
suvning xususiyatlariga qarab hamda qatlamning notekisligi tufayli
suv-neft chizig’ining holati yoki suv-neft chegarasining holati har xil
shaklda namoyon bo’lishi mumkin.
Suv-neft yuzasining joriy shakli-suv bilan siqib chiqarilishi
jarayoni neft va suvlar o’rtasidagi qovushqoqlik-ning farqiga, qatlam
kollektorlik xususiyatlarining o’zgaruv-chanligiga bog’liq bo’lib, har
shaklga va holatga ega bo’lishlari mumkin.
Aksariyat ular holatiga
haydaladigan suv va olinadigan suyuqlik nisbatlari ham ta’sir qiladi.
Tabiiyki, monolit kollektorlarda suv va neftning qovushqoqligi bir-
biriga yaqin bo’lsa, neft suv chizig’i tekis suriladi, lekin tabiatda
220
neftli zonaning maydoni ortadi. CHunonchi buni Muxanova konidagi
S-1 qatlam misolida ko’rishimiz mumkin. Qatlam monolit holatda
bo’lib, unda
0
>3 hamda u tabiiy suv, siquvi rejimida ishlagan.
Monolit qatlamdagi suv-neft chegarasi tg’nkarilgan kosa shaklini
oladi.
Qatlamda o’tkazmaydigan qatlamchalar mavjudligida emas,
ularning ta’siri bilinib, chegara past-baland murakkab shaklini oladi.
Bunday hollarda neft-suv chizig’ining kg’tarilishi qiyinlashadi yoki
butunlay to’xtaydi.
SHunday hollarda neftning siqib chiqarilishi darajasi
kamayadi, neft-suvli zonalardan uning olinishi kamayadi, unday
hollarda ma’lum joylarda ko’shimcha quduqlar qazilishi taqozo etiladi.
Neft va suv qovushqoqligi nisbati (
0
>5) beshdan ortiq
bo’lgan hollarda suvning harakati ancha tezlashib, u aksariyat yaxshi
o’tkazuvchan qatlamchalardan sodir bo’ladi.
Bunday holatlarda suvning siqib chiqaruvchanlik qobiliyati
ancha pasayadi, qatlamda quduqlar suvsiz ozgina muddat ishlaydilar,
so’ngra ular suv va neft bilan ishlay boshlaydilar. Suvning
suyuqlikdagi miqdori orta boradi, lekin bunday quduqlar o’nlab yillar
davomida neft va suv bilan ishlayverishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: