214
(anchagina yuqori mahsuldorlik imkoniyati mavjud holatda) ta’sirning
kamligidan dalolat. Ba’zan bunday quduqlarda gaz omili ham ortadi,
chunki g’sha joylarda bosim tushishi natijasida qatlamdagi neftda
erigan gaz ajrala boshlaydi. Haydovchi quduqlardaga past qabul
qiluvchanlik ham ta’sir doirasi kengaymaganligidan dalolat.
YUqorida kg’rsatilgan kg’rsatkichlarni birgalikda
tahlil qilish
natijasida 3 xil zonalarni ajratish imkoniga ega bg’lamiz:
1. Haydalgan suyuqlikning ta’siri yaxshi (aktiv) sezilgan
(yaxshi qamragan) zonalar. Bularda quduqlar debiti yaxshi, ular
qatlam mahsuldorligiga mutanosib ravishda, bosim ham yaxshi
olinishini ta’minlaydi.
2. Haydalgan suyuqlikning ta’sir kuchi etarli emas (kuchsiz).
Ma’lum sabablarga binoan haydalgan suv yaxshi etib kelmaydi,
natijada bosim va quduqlar debiti kamayadi. Quduqlar mahsuldorligi
qatlam mahsuldorligiga munosib emas.
3. Haydalgan suyuqlik ta’siri etib kelmaydi (qamralmagan
zona), natijada qatlamning bosimi pasaygan.
2) Kg’p qatlamli ob’ekt.
YUqorida qayd etganimizdek, kg’p qatlamli ob’ektlarda har xil
notekisliklar sabab, suv haydash jarayoni bir tekis kechmaydi va uning
ta’sir kuchi
ham juda notekis bg’ladi.
Suv haydash ta’sir kuchini miqdoriy jihatdan chamalash ham
og’ir yumushlardandir. SHu sababdan ham qatlamdan siqib chiqarish
bilan qamralganlik koeffitsienti (K
sq
) tushunchasi kiritiladi. Bu
jarayonni aniqlashda quduqlarning qabul qiluvchanligi, debiti, ulardagi
bosim holati va h.k.larni yaxshi g’rganishni va kuzatishni tashkil qilish
taqozo etiladi, chunki ular ma’lum qatlamlar ishini
kg’rsatadi, demak,
umumiy qatlamlar tg’g’risidagi ma’lumotlar ma’lum bg’lib qolishi
mumkin. SHuning uchun ham u kg’rsatkichlarni butun ob’ekt uchun
qabul qilish notg’g’ri bg’lardi.
SHu vaqtdan kg’p qatlamli ob’ekt g’rganilayotganda siqib
chiqarish ta’siri kg’lamini aniqlash uchun mavjud bg’lgan barcha
usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir va ularning natijalarini
birgalikda tahlil etish g’ylangan maqsadga erishishda yordam berishi
mumkin. Buning uchun ma’lumotlari olinadigan quduqlar ob’ekt
bg’yicha bir tekis joylashgan bo’lsa ayni muddao bo’ladi.
215
Buning uchun birinchi galda
ob’ekt buyicha ishlaydigan va o’z
kesimida bittagina qatlam mavjud bg’lgal quduqlarni (ular ob’ektda
uncha kg’p bg’lmaydi) tanlab, ulardagi holatni qazib chiqarishning
hamma bosqichlarida kuzatish taqozo etiladi.
Kesimida 2 va undan ortiq qatlamchalar mavjud bg’lgan
haydovchi va oluvchi quduqlar ham alohida hisobga olinishi lozim.
Asosan haydovchi quduqlardagi holat suvning qancha va qayoqqa
ketayotganidan va natijada ob’ektning qanday va qanchalik
qamrayotganidan dalolat berishi
Do'stlaringiz bilan baham: