birlamchi deb hisoblanadi. Dastlab ijtimoiy guruhlar paydo bo'iib, ularning
inavjudligi mehnat taqsimotiga sabab bo'ladi. Bandlik va
mehnat odamlami guruhlarga
bo'ladi va aksi, odam guruhlari o‘zaro mehnat va bandlikka bo‘linadi.
Ikkirichidan, iqtisodiy nuqtai nazardan xo'jalikning bitta tizirni
talab qilinadi,
lekin ma'lum guruh va guruhlararo munosabatlar psixologiyasi kasbiy-mehnat
yo‘nalish va ta'limda, kadrlaming mobillik va barqarorligida, bandlik tamoyili va
jarayonlarida zid, qarama-qarshi g‘oyalami vujudga keltiradi.
Uchinchidan, ijtimoiy guruhlarda o‘ziga xos inersiya mavjud. Iqtiso-diyotning
tuzilishini tubdan o‘zgartirishga harakat qilganlar «insoniy» qiyinchiliklarga duch
keladilar - bir qator odamlar guruhi odatdagi hayot tarzini, ijtimoiy aloqalami,
o‘z-o‘zini anglashini o'zgartirishni, bandlikda va ishda «yangi rollarni yodlash»ni,
o‘zlarini urintirishni xohlamaydilar.
2. Ishlab chiqarishda va iste'molda band bo'lgan paytda odamlar hap doim bir
nimalarni o‘zaro taqqoslaydi, taqsimlaydi, ya'ni rahbarlik organlari orqali o‘zlarining
munosabatlarini tartibga solib turishadi.
Shunday qilib, ijtimoiy guruhning mavjudligi - bir vaqt ichida ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlarni tartibga soluvchi mezonlami va asboblami vujudga kelishi (mezon -
predmetni, asbob - ta'sir o‘tkazish usulini ko‘rsatadi).
3. Ijtimoiy guruh - iqtisodiy hayotning asosiy subyekti. Unga odamlar ishlab
chiqarish va daromadda manfaatlarini himoya qilish, o‘zlarining maqsadlariga
yetishish uchun har xil tashkilotlarga, assotsiatsiyalarga, koфoratsiyalarga birlashadi.
Bularning hammasida o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik xulq mavjud.
4. Ayrim guruhlarda ijtimoiy-iqtisodiy tizim va holatni ta'riflovchi omillari bo‘ladi:
ular o‘zlarining xulqi bilan qandaydir muammolami tug‘diradilar yoki ularning
manfaati butun iqtisodiyotning rivojlanishini ko‘zda tutadi, yoki qobiliyatlari iqtisodiy
tadbirlarda va tendensiyalarda rahbarlik rolini bajarishga imkon beradi.
5. Ayrim guruhlar ijtimoiy-iqtisodiy tizim va holatning indikatorlari bo‘lishi
mumkin. Aynan shu guruhlarning fikr-mulohazalari va rahiy holatlari - muammolar,
xatolar, strategiya va siyosatning rivojlanishida o‘zgarishlaming zarurliginlng ishonchli
ko‘rsatkichi deb hisoblanadi.
6. Iqtisodiy hayotning har xil subyektlarining xulqi - bu ko‘pincha ijtimoiy
xulq. Iqtisodiyotda har xil muammolaming egalari quyidagicha harakat qilishini
doimo hisobga olish muhim:
• guruh shaklda, guruh sifatida;
• qandaydir guruhga nisbatan, uning mavjudligi va xarakterini hisobga oigan
holda;
® guruh sharoitida va uning ta'sirida;
• guruhning vakillari sifatida.
7.
Amaldor va menejerlar boshqamvda ijtimoiy guruh omilini beixtiyor
hisobga oladilar. Aynan har xil ijtimoiy-guruhiy holat (bir xil turdagi - har xil
turdagi, to‘qnashuvlik — jipslik, qoilab-quwatlash va
qarama-qarshilik kuchlar
nisbati, biron-bir narsaga qiziquvchanlik — qiziqmaslik) xulqni va boshqaruv organi
28
tom onidan qarorlar qabul qilishni belgilaydi, boshqaruv va tashkil etishni
murakkablashtiradi yoki engillashtiradi.
Iqtisodiyotning ijtimoiy tahlili masalalari, muammolari va bosh yoiialishlari
mavjud. Hamma odamlarda atrofdagilarni farqlash va toifalarga boiish xususiyati
bor. Bu sezish, idrok qonuni. Ijtimoiy-iqtisodiy stratifikatsiyada ko‘p, aniq va foydali
maqsadlarga yo'naltirilgan. Bu maqsadlar ijtimoiy gurulilami tushunish, ularning
muammolarini yechish, ichki munosabatlarni tartibga solish, ijtimoiy
fikrni hisobga
olish zaruriyati bilan bogiiq.
Do'stlaringiz bilan baham: