Elektron darsliklarning quyidagi belgilariga ko’ra o’zaro farqlash mumkin:
Foydalanish maqsadlariga ko’ra
: jamoa bo’lib va individual foydalaniladigan elektron
darsliklar.
Jamoa bo’lib foydalaniladigan elektron darsliklar
kompyuterning katta tizim resurslarini
talab qilmaydigan bo’lishi maqsadga muvofiq bo’lib, ular server kompyuterga joylashtiriladi va
ulardan kompyuter tarmoqlari (Internet yoki Intranet) orqali foydalanish mumkin.
Individual foydalaniladigan elektron darsliklar
o’quv materiallarini o’qituvchining
ishtirokisiz o’rganishga mo’ljallangan bo’ladi.
Elektron darsliklarning bu ikki turidan auditoriya mashg’ulotlarida ham foydalanish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |